• Antanta
  • 1-avgust
  • UCHLAR ITTIFOQI VA ANTANTANING VUJUDGA KELISHI




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/150
    Sana17.11.2023
    Hajmi13,23 Mb.
    #100154
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   150
    Bog'liq
    Jahon tarixi 10 uzb 2022

    UCHLAR ITTIFOQI VA ANTANTANING VUJUDGA KELISHI
     
    1882-yili Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya 
    Uch-
    lar ittifoqi harbiy-siyosiy blokini tashkil qildi.
    1904–1907-yillari Uchlar ittifoqiga qarshi Buyuk Brita­
    niya, Fransiya va Rossiya oʻrtasida harbiy-siyosiy blok 
    shakllandi va u 
    Antanta nomi bilan tarixga kirdi.
    YODDA TUTING


    52
    1914
    -yil 28-iyunda Avstriya-Vengriya taxtining vorisi – shahzoda Frans 
    Ferdinand va uning xotini Bosniyaning Sarayevo shahrida “Mlada 
    Bosna” (“Yosh Bosniya”) tashkilotining aʼzosi Gavrilo Prinsip tomonidan otib oʻldirildi. 
    Gavrilo Prinsipning bu qilmishi mudhish oqibatlarga olib keldi. Avstriya-Vengriya 
    imperatori Vilgelm II oʻz hukumatidan bu qotillikka javoban urush eʼlon qilishni talab 
    qildi. 23­iyulda Avstriya­Vengriya Serbiyaga ultimatum eʼlon qildi, uni qabul qilish 
    Serbiya uchun oʻz mustaqilligini yoʻqotish bilan barobar edi. Shunga qaramas-
    dan, Serbiya deyarli barcha talablarni qondirishga rozi boʻldi, ammo 
    28-iyul kuni
    Avstriya­Vengriya Serbiyaga urush eʼlon qildi.
    Serbiyani aniq halokat holatiga tashlab qoʻyish Rossiyaning imperiyachilik man-
    faatlariga zarar yetkazardi hamda slavyan va pravoslav birdamligi anʼanalariga xilof 
    edi. Shu sababli Rossiyada umumiy safarbarlik eʼlon qilindi. Germaniya hukumati 
    Rossiyaga ultimatum eʼlon qilib, safarbarlikni toʻxtatishni talab qildi. Rossiya bu 
    ultimatumga javob bermadi. Shundan soʻng Germaniya 
    1-avgust kuni Rossiyaga, 
    3-avgust kuni esa Fransiyaga urush eʼlon qildi. 4-avgust kuni Angliya Germaniyaga 
    urush eʼlon qildi.
    Urush umumyevropa xarakteriga ega boʻlib, tezda Yevropa chegaralaridan chiqib 
    ketdi. Yaponiya urushdan Xitoyni boʻysundirishda, Tinch okeandagi Germaniya 
    mustamlakalarini egallab olishda hamda Uzoq Sharqda oʻz hukmronligini oʻrnatishda 
    foydalanmoqchi boʻldi. 

    Download 13,23 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   150




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    UCHLAR ITTIFOQI VA ANTANTANING VUJUDGA KELISHI

    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish