• FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Afrika mamlakatlarining hududi asosan qaysi qishloq xoʻjaligi mah­ sulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan
  • 3. Yangi davr boshlarida Afrika mamlakatlari taraqqiyotining orqada qo­ lish sabablarini sanab oʻting.
  • bo‘ldi? SAVOL VA TOPSHIRIQLAR




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/150
    Sana17.11.2023
    Hajmi13,23 Mb.
    #100154
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   150
    Bog'liq
    Jahon tarixi 10 uzb 2022

    bo‘ldi?
    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
    Xaritadan XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi Turkiya va Eron hududlarini 
    toping.
    MUSTAQIL ISH


    43
     8-
     
    mavzu
    Afrika mamlakatlarida 
    mustamlakachilik va 
    taraqqiyot muammolari
    FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
    1. Afrika mamlakatlarining hududi asosan qaysi qishloq xoʻjaligi mah­
    sulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan?
    2. Oʻrta asrlar Afrika mamlakatlari rivojlanishining oʻziga xos xususiyat­
    lari nimalardan iborat edi?
    3. Yangi davr boshlarida Afrika mamlakatlari taraqqiyotining orqada qo­
    lish sabablarini sanab oʻting.


    44
    Y
    angi davrning eng sharmandali hodisalaridan biri qul-
    chilik va qul savdosi boʻldi. Qul savdosi Buyuk Britaniya, 
    Fransiya, AQSH kabi davlatlarda rasman XIX asrning birinchi 
    yarmidayoq taqiqlangan edi. 1889–1890-yillardagi Bryussel 
    konferensiyasi qul savdosini taqiqladi va Afrikadan qullarni 
    maxfiy olib ketishga qarshi kurash boshlandi. 
    Qul savdosi u bilan shugʻullanuvchilar va savdogarlarga 
    juda katta foyda keltirardi. Yevropa va Amerikadagi shaharlar – 
    Bristol, Liverpul, Manchester, London, Nant, Ruan, Amsterdam, 
    Nyu York, Yangi Orlean, Rio de Janeyro va boshqalarning jadal 
    rivojlanishi va gullab­yashnashi qul savdosi bilan bogʻliq edi. 
    Qariyb toʻrt asr ichida yevropaliklar Amerikaga 15–16 million qul 
    olib kelishdi. Atlantika okeani orqali amalga oshirilgan qul sav-
    dosi jarayonlarida taxminan 60–70 million kishi halok boʻldi. Qul 
    savdosi Afrikaning sillasini quritish evaziga Yevropa va Amerika 
    mamlakatlarining iqtisodiy gullab-yashnashiga xizmat qildi.
    XIX asrning 70­yillarigacha davom etgan qul savdosining Afrika uchun eng ogʻir 
    oqibatlaridan biri psixologik holat boʻldi: inson hayoti qadrsizlandi, quldorlar va qullarning 
    degradatsiyasi (tanazzulga uchrashi) yuz berdi. Qulchilikning eng gʻayriinsoniy koʻrini­
    shi – 
    rasizm (irqchilik) mafkurasi shakllandi. Toʻrt asr davomida koʻpchilikning, avvalo 
    yevropaliklarning tasavvurida qul deganda afrikalik, yaʼni qora tanli odam aks etadigan 
    boʻlib qoldi. Koʻplab avlod Gana, Songay, Benin, Monomotapa kabi oʻziga xos sivilizatsi-
    yalar haqida maʼlumotga ega ham boʻlmasdan, Afrikani faqat qul savdosi va qul tushun-
    chalari orqaligina tasavvur qildi. Qul savdosi Afrika xalqlarining notarixiyligi, yuqori aqliy 
    qobiliyatga ega emasligi toʻgʻrisidagi gʻayriilmiy konsepsiyalarni keltirib chiqardi. Yevro-
    paliklar Afrikani zabt etish va mustamlakalarga boʻlib olishdagi oʻzlarining gʻayriinsoniy 
    va axloqsiz harakatlarini oqlash uchun bu konsepsiyalardan ustalik bilan foydalandilar.
    1884
    –1885-yillardagi Ber lin kon-
    fe rensiyasi Af ri ka ni mus tam-
    lakaga aylantirish davridagi muhim voqea-
    lardan biri boʻldi. Konferensiya Yevropa 
    davlatlari ishtirokida “Qora qitʼa” taqdirini 
    muhokama qilishga bagʻishlangan birinchi 
    maxsus yigʻilish boʻldi. Yigʻilish Germaniya 
    va Fransiya tashabbusi bilan chaqirilib, 
    unda 12 ta Yevropa davlati hamda AQSH 
    va Turkiya qatnashdi. Konferensiyada Afri-
    kaga Yevropa davlatlari mustamlakachilik 
    Berlin konferensiyasi
    Sizningcha, qul savdosining 
    Afrika uchun eng ogʻir oqibatlari 
    qaysi jihatlarda koʻrinadi?

    Download 13,23 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   150




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish