• ESGA OLING Parij xalqining qoʻzgʻolon koʻtarishi 18
  • Kommunani taʼsis qildi va unda oʻzlarining azaliy orzulari – ijtimoiy respub- lika tamoyillarini oʻrnatmoqchi boʻldilar. FRANSIYA




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/150
    Sana17.11.2023
    Hajmi13,23 Mb.
    #100154
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   150
    Bog'liq
    Jahon tarixi 10 uzb 2022

    Kommunani taʼsis qildi va unda oʻzlarining azaliy orzulari – ijtimoiy respub-
    lika tamoyillarini oʻrnatmoqchi boʻldilar.
    FRANSIYA
    Yangi davrda 
    Gʻarbiy Yevro­
    pada Fransiya 
    va Germaniya 
    munosabatlari 
    keskinlashuviga 
    nima sabab 
    boʻlgan?
    ESGA OLING
    Parij xalqining qoʻzgʻolon koʻtarishi


    18
    Kommuna doimiy armiyani bekor 
    qildi. Burjua sudi ham bekor qilindi. 
    Cherkov davlatdan ajratildi. Rahbar 
    organlarning saylab qoʻyilishi haqidagi 
    dekret qabul qilindi. Kommunani tan 
    olmagan eski amaldorlarning hammasi 
    lavozimlaridan ozod qilindi.
    Kommuna Fransiyaning davlat tuzi-
    lishini qayta qurish rejasini ishlab chiq-
    di va eʼlon qildi. Rejaga koʻra, Fransiya 
    Parij kommunasi tipidagi erkin kommu-
    nalarni birlashtirgan respublika boʻlishi 
    lozim, shaharlar va eng kichik qishloq-
    lar ham oʻz­oʻzini boshqarishning toʻla 
    huquqiga ega boʻlishi va bu huquqlar 
    qoʻshni kommunalarning shunday 
    huquqlari va mamlakat manfaatlari 
    bilangina chegaralanishi mumkin edi. 
    Barcha urinishlarga qaramasdan
    fransuz va pruss armiyalari tomonidan 
    qurshab olingan Parij kommunasi 
    72 kunlik qizgʻin faoliyatidan soʻng
    28­may kuni quladi. Oʻn minglab ki­
    shilar oʻldirildi, qamaldi, surgun qilindi. 
    Umumiy hisobda Parij oʻzining 100 
    ming oʻgʻil­qizidan ayrildi.
    Parij kommunasidan keyin Fransiyada respublika 
    tuzumi uzil­kesil oʻrnatildi. Monarxiyaga qaytish endi 
    mumkin emasdi: xalq va burjuaziyaning katta qismi 
    biron-bir shakldagi monarxiyani boshqa xohlamasdi. 
    Shu sababli Fransiyada 1870­yil 4­sentyabrda eʼlon qi-
    lingan Uchinchi respublika Ikkinchi jahon urushigacha 
    mavjud boʻldi.
    1875-yilgi Fransiya konstitutsiyasining xarakteri 
    oxir-oqibatda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy 
    hayotida yuz bergan oʻzgarishlar bilan belgilandi. Bu 
    oʻzgarishlar orasida yirik mashina sanoatiga oʻtishning 
    yakunlanganligi alohida ahamiyat kasb etib, u yangi 
    tarixiy davrning kirib kelayotganligidan darak berardi.
    Fransiya imperatori 
    Napoleon III
    Fransiya-Prussiya 
    urushi hamda Parij 
    kommunasining 72 
    kunlik faoliyati Yev­
    ropa tarixida qanday 
    oʻrin tutadi?

    Download 13,23 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   150




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kommunani taʼsis qildi va unda oʻzlarining azaliy orzulari – ijtimoiy respub- lika tamoyillarini oʻrnatmoqchi boʻldilar. FRANSIYA

    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish