13
Ammo XX asr boshlarida ham Angliya dunyoning eng boy mamlakati boʻlib qola-
yotgan edi. Bu davrda sanoati rivojlangan boshqa mamlakatlar Angliya singari yirik
kapitalga ega emasdi.
Birinchi jahon urushi arafasida beshta yirik
bank moliya bozorida yetakchilik qilardi, ular
Londonning markaziy dahasi – Sitida joylashgan
bo‘lib, butun dunyo boʻylab filiallariga ega edi.
Bu banklar oʻz kapitallarini butun dunyo boʻylab
foydali sohalarga joylashtirdi va bu jarayon