23
XIX
asr oxirida Sharqiy Yevropaga Bolqon
mamlakatlari, shuningdek, Avstriya-
Vengriya va Rossiya imperiyalarining bir qismi
kirardi.
XIV–XV asrlarda Bolqon mamlakatlarida oʻrnatil-
gan Usmoniylar imperiyasi hukmronligi XIX asrga-
cha, baʼzi hududlarda XX asrgacha saqlanib qoldi.
1878-yili Rossiya yordamiga tayangan
Serbiya oʻz
mustaqilligini eʼlon qildi. Shundan soʻng Serbiya jadal
rivojlandi va Rossiyaga yanada yaqinlashib bordi. Ammo aholisi serblardan iborat
va Serbiya bilan birlashish azaliy orzusi boʻlgan ikkita yirik viloyatlar –
Bosniya va
Gersegovina 1908-yili Avstriya tomonidan anneksiya qilindi.
Avstriya-Vengriya imperiyasi 1867-yili ikki davlat – Avstriya va Vengriya hukmron
doiralarining kelishuvi asosida tashkil topgan edi. Ungacha
Chexiya,
Moraviya,
Galitsiya va
Bukovina Avstriya tarkibiga,
Slovakiya,
Xorvatiya va
Transilvaniya
Vengriya davlati tarkibiga kirar edi.
Shu yili imperiya konstitutsiyasi qabul qilinib, unga binoan Avstriya imperatori bir-
lashgan imperiya hukmdori boʻldi. Gabsburglar sulolasi 1918yilgacha taxtda oʻtirdi.
XIX asrning oxirgi choragida Avstriya-Vengriya imperiyasi Yevropaning eng qoloq
mamlakatlaridan biri boʻlib, saqlanib qolgan feodal munosabatlar sanoat taraqqi-
yotiga toʻsiq boʻlayotgan edi. Asr oxiriga kelib aholisining faqat uchdan bir qismi
shaharlarda yashardi.
Rossiya imperiyasi
qachon tashkil topgan?