103
11.3,a -rasm. Ochiq (a) sikl buyicha rostlash sxemaci
11.3,b-rasm. Berk sikl buyicha rostlash sxemasi:
T - topshirgich; R– rostlagich; RO – rostlovchi organ; BO- rostlash ob’ekti;
x(t) - topshiruvchi ta’sir; Z
1
(t) va Z
2
(t) – ichki rostlovchi ta’sir; y(t) –
rostlanadigan miqdor; F(t) - g‘alayonlantiruvchi ta’sir.
11.3. Avtomatik rostlash tizimlarida teskari aloqalar
Rostlanuvchi kattalikning yo`l qo`yilgan qiymatidan oshib ketishi,
odatda, rostlash jarayonini oraliq davrda stabillashga mo`ljallangan teskari
aloqa qurilmalari yordamida bartaraf qilinadi.
Teskari aloqa tizimdagi keyingi bo`g‘inning chiqish signali undan oldin
keladigan bo`g‘inning kirishiga uzatadigan qurilma hisoblanadi. Avtomatik
tizim tarkibiga kirgan elementlar detektorlash qobiliyatiga ega, ya’ni ularning
harakati muayyan yo`nalishga ega: bo`g‘inning
kirishiga keladigan signal
bo`g‘indan faqat bir yo`nalishda kirishdan chiqish tomonga o`tadi. Agar
bo`g‘inning chiqishidagi signal o`zgarsa, bu bo`g‘inning kirishiga kelgan
signal tizimiga ta’sir qiladi. Bo`g‘inlardan birining kirishiga kelgan signal
tizimning
barcha
bo`g‘inlaridan
o`tib
boshlang‘ich
kirishga
tranformatsiyalangan holda kelgan yopiq tizim teskari aloqa tizimi deyiladi.
Teskari aloqaning vazifasini va ishlash prinsipini o`zgarmas tok motori-
ning aylanish chastotasini boshqarish tizimi misolida qo`rib chiqamiz. Bu
yerda motor rostlash ob’ekti, motorning aylanish chastotasi esa rostlanuvchi
miqdor bo`ladi. Rostlanuvchi miqdorni topshiriqdagi chegarada saqlash
uchun ob’ektga beriladigan rostlovchi ta’sir rostlanuvchi miqdorning
qiymatini hisobga olgan holda shakllanadi. Motorning valiga o`rnatilgan
taxogenerator rostlanuvchi miqdorning elektrik
signalga-taxogeneratorning
e.yu.k. ga aylantiradi; ushbu kattalik (e.yu.k) ta’sir zanjiri bo`ylab
rostlanuvchi ob’ektga uzatiladi.
104
11.4- rasm. Elastik teskari bog‘lanish sxemalari;
a, b, v - differensiallovchi; g, d – integrallovchi
Bu tizim taxogenerator - motorning aylanish chastotasini avtomatik
rostlash tizimida chiqish bilan kirish orasida aloqa o`rnatadi. Bunday aloqa
teskari aloqa deb ataladi. “Teskari aloqa” terminining kelib
chiqishiga sabab shuki, bu aloqaning ta’siri rostlovchi ta’sir yo`nalishiga
teskari yo`nalgan. Rostlovchi ta’sir tizimning
elementlari orqali rostlash
ob’ektiga to`g‘ri yo`nalishda yuboriladi. Agar tizimning kirishiga
yuborilayotgan teskari aloqaning ta’siri o`zining ishorasi jihatidan
topshiruvchi ta’sirning ishorasiga mos kelmasa, u holda bunday aloqa manfiy
teskari aloqa deb ataladi.
Agar tizimning kirishiga yuborilayotgan teskari aloqaning ta’siri
ishorasi jihatidan topshiruvchi ta’sirning ishorasiga mos kelsa, u holda
bunday aloqa musbat teskari aloqa deb ataladi.
ART ning
ishiga barqaror rejimda ham, o`tkinchi rejimda ham ta’sir
ko`rsatuvchi teskari aloqa bikr qattiq teskari aloqa deyiladi. Bu bog‘lanish ish
rejimini tanlamaydi, balki tizimga har vaqt ta’sir etadi.
ART ning ishiga fakat o`tkinchi jarayonda ta’sir ko`rsatuvchi teskari
bog‘lanish elastik teskari aloqa deb ataladi. Elastik teskari aloqalar ularning
kirishiga uzatilgan ta’sirlarning orttirmasiga javob beradi (rejimni tanlaydi).
Eng ko`p ishlatiladigan elastik teskari aloqalarning sxemalari 11.4-rasmda
keltirilgan. Ta’sirlarning hosilalariga javob beruvchi elastik bog‘lanishlar
105
differensiallovchi, ta’sirlardan olingan integrallarga javob beruvchilari esa
integrallovchi elastik aloqalar deyiladi.
11.5- rasm. Avtomatik rostlashni eng oddiy tizimining sxemasi:
1-rostlash ob’ekti; 2 - asosiy teskari bog‘lanish elementi, 3- taqqoslash
elementi; 4- kuchaytirgich; 5- ijro mexanizmi; 6- mahalliy teskari bog‘lanish
elementi (korrektlovchi element).
Agar avtomatik rostlash tizimida tizimning chiqishi uning kirishi bilan
biriksa, u holda bunday teskari aloqa asosiy teskari aloka deb ataladi. Asosiy
teskari
alokalardan tashqari, mahalliy teskari aloqalar xam keng ko`lamda
qo`llaniladi; bular xam bikr va elastik bo`ladi va ayrim elementlarning chiqishi
bilan kirishini birlashtirib, ayrim elementlarning rostlanish xususiyatlarini
yaxshilash uchun xizmat qiladi.
Ko`pincha, bunday aloqalar korrektlovchi deb ham ataladi, chunki ular
alohida elementlarning yoki elementlar guruhining ishini to`g‘irlaydi. Ko`pchilik
rostlash tizimlari uchun tipik bo`lgan elementlar
bilan jihozlangan avtomatik
rostlash tizimining sxemasi 11.5-rasmda keltirilgan.
Ba’zi rostlash tizimlarida elementlarning bir qismi (masalan, bevosita
rostlash tizimlarida kuchaytirgichlar yoki to`g‘rilovchi elementlar) yo
bo`lmasligi, yohud bir elementning o`zida konstruktiv birlashtirilgan bo`lishi
mumkin.