102
kirish miqdori, motorning aylanish chastotasi chiqish (rostlanadigan)
miqdori, uning validagi yuklama esa g‘alayon bo`ladi.
G‘alayonlar asosiy va ikkinchi darajali bo`ladi. Asosiy g‘alayonlarga
rostlanuvchi miqdor
u(t) ga eng ko`p ta’sir ko`rsatuvchi g‘alayonlar kiradi.
Agar tashqi g‘alayonlarning rostlanuvchi miqdor
u(t) ga ta’siri oz bo`lsa, ular
ikkinchi darajali deb ham hisoblanadi. Masalan, o`zgarmas tok bilan
qo`zg‘atiladigan o`zgarmas tok motori uchun motorning validagi yuklama
asosiy g‘alayon, motor aylanish chastotasining juda oz o`zgarishiga sabab
bo`ladigan g‘alayonlar (xususan, qo`zg‘atish chulg‘amining va yakor
chulg‘amining qarshiligini, binobarin, toklarni ham o`zgartiruvchi tashqi
muhit
haroratining
o`zgarishi;
motorning
qo`zg‘atish
chulg‘amini
ta’minlovchi elektrik tarmoq kuchlanishning o`zgarishi; cho`tkali kontaktlar
qarshiligini o`zgarishi va boshqalar) ikkinchi darajali bo`ladi. Agar tizimda
bir chiqish miqdori (koordinata) rostlansa, bunday tizim bir konturli, agar
tizimda bir necha miqdor (koordinata) rostlansa, shuningdek, bir chiqish
koordinatasining o`zgarishi boshqa koordinataning o`zgarishiga ta’sir etsa,
bunday tizim ko`p konturli deb ataladi. Keyinchalik biz asosan
avtomatikaning bir konturli tizimlarini ko`rib chiqamiz.