26
Chizmada ko`rsatilgan trigger 2 ta YOKI - YO`Q mantiqiy elementlar
bazasida tayyorlanib, shunday ulanganki xar birining chiqishi boshqasining
kirishiga bog‘langan. Elementlarning bunday ulanishi triggerning 2 ta
turg‘un holatda bo`lishini ta’minlaydi.
Quyida bu to`g‘rida izoh beramiz: deylik,
RS kirishlarda YOKI - YO`Q
uchun passiv bo`lgan va trigger holatiga ta’sir qilmaydigan 0 mantiqiy signal
berilgan bo`lsin. Bunda A element chiqishda signal
Q = 0 ga teng va u
V element kirishiga uzatilgan. V ning xar ikkala kirishida signallar 0, chiqishda
esa
Q
= 1. V elementning chiqishdagi 1 A elementning kirishiga berilgan,
shuning uchun A chikishda xam 0 bo`ladi. Bu triggerning bitta turg‘un holati
xisoblanadi. Triggerga 1 signali berilganda
Q =0,
Q
= 1 bo`ladi va trigger
ikkinchi holatga o`tadi.
Shunday qilib, agar trigger 0 holatda turgan bo`lsa, R = 1 signali
berilguncha uning holati o`zgarmaydi. Agar trigger 1 holatida bo`lsa,
R=1
signali berilganda
A - elementning ag‘darilishi yuz beradi va chiqishda
Q
=
0 bo`ladi. 0 signali A elementning chiqishdan V elementning kirishiga
berilgani bois V ning chiqishda
Q = 1 bo`ladi. Shundan keyin trigger 0
holatga o`tadi. Trigger bir holatdan ikkinchisiga o`tganda undagi elementlar
ketma-ket qayta ulanib, zarur holatni yuzaga keltiradi.
Bir vaqtning o`zida R va S kanallariga aktiv 1 signalini yuborib
bo`lmaydi, chunki bunaqada trigger mavhum holatga o`tib, 0 va 1 ni qaysi
birida bo`lishi aniq chiqmaydi.
Xuddi shu prinsipda - invers kirishli RS - trigger ham ishlaydi. Ularning
elementlari yuqoridagi triggerdan farqli VA – YO`Q mantiqiy elementlardan
tuzilgan bo`ladi.