|
“VA”, “YOKI”, “Man etish”Bog'liq RAQAMLI TEXNIKAGA“VA”, “YOKI”, “Man etish” mantiqiy funksiyalarini ishorasi bo`yicha
solishtirish sxemasi 1- rasmda berilgan bo`lib, bu erda har bir elementning
kirish va chiqish signallari orasidagi bog‘lanish ham jadvalda ko`rsatilgan.
“Xotira” elementining kirish qismiga X signali berilsa klapan ochiladi va
chiqish signali U paydo bo`ladi. Uzatilayotgan X signali to`htaganda ham bu
signal zanjirda qayta bog‘lanishli aloqa bo`lgani uchun ma’lum vaqtga
saqlanadi.
Agar kirishga X
o`ch
– o`chirish signali berilsa, klapan yopiladi va chiqish
kanaliga keluvchi suv to`xtaydi.
Q
1
va Q
2
uzluksiz o`zgaruvchi sarfga ega bo`lganbelgisi bo`yicha
taqqoslash sxemasi beltirilgan. Bu erda ko`rsatilgan idishlarning yon
tomonida kesilgan joylari mavjud bo`lib, ularning qaysi biri ko`proq
to`ldirilgan bo`lsa, u
1
va u
2
chiqish qismida suyuqlik oqimi hosil bo`ladi; sarf
tenglashsa ikkala kanalda hosil bo`ladi. Gravitatsion gidravlik elementlarning
ba’zilarini membranali klapanlar bilan ishlatish mumkin.
Katta vaqt oralig‘idagi kechikishlarga ega bo`lgan axborot signallarini
olish, sug‘orish davri orasidagi vaqtni o`lchash va boshqa shunga o`hshash
vazifalar uchun yuqorida berilgan element bazasi asosida taymerlar, gidravlik
impulslar generatorlari ishlab chiqilgan. Ular kichik o`lchamlarga ega bo`lib
turli vaqt oralig‘idagi gidravlik signallarni o`lchash, ularni bir necha
sekunddan boshlab sutka davomida qayta imkoniyatiga ega.
30
2.4. Diodlar. Diodlarning parametrlari va asosiy xarakteristikasi
Diodlarning tarqalishi XIX asrning uchinchi choragida birdaniga ikki
yo`nalishda: ingliz olimi Fredrik Gutri 1873 yil yaratgan termion (to`g‘ri
cho`g‘lanmali vakuum lampalari) diodlarining ishlash prinsipi, nemis olimi
Karl Ferdinand Braun 1874 yil yaratgan kristalli (qattiqjinsli) diodlarining
ishlash prinsipi asosida rivojlangan.
Termion diodlarning ishlash prinsipi 1880 yil 13 fevralida Tomas Edison
tomonidan qayta yaratilib, 1883 yili patent olingan (AQSH patent
№ 307031). Ammo Edisonning keyingi ishlarida bu g‘oya rivojlantirilmadi.
1899 yili Karl Ferdinand Braun kristalli to`g‘rilagichga (выпрямители на
кристалле) patent oldi. Djedish Chandra Bous esa Brounni ixtirosini, radio
detektirlash uchun ishlatiladigan qurilmada qo`lladi. Grinlif Pikard 1900
yilda kristal diodli birinchi diodli radioni yaratdi. Birinchi termion diod
Angliyada Djon Ambroz Fleming (Markoni kampaniyasini ilmiy xodim iva
Edisonning sobiq xodimi) 1904 16 noyabrda (AQSH potent № 803684 1905
yil noyabrda) tomonidan patent olingan. 1906 yil 20 noyabrda esa Pikard
kremnieli kristalli detektorga (AQSH patent № 836531) oldi. XIX asrning
oxirlarida bu turdagi qurilmalar – to`g‘rilagichlar (vыpryamitel) nomi bilan
mashhur bo`lgan, faqatgina 1919 yildan Vilyam Genri Ikls tomonidan «diod»
so`zi ishlatila boshlagan (ya’ni yunon tilidagi di – ikki, odos – yo`l).
Diod – (qadimgi yunon tilidagi di – ikki va elektrod so`zining od –
qo`shimchasidan; negiz od – qadimgi yunon tilidagi yo`l ma’nosini bildiradi)
elektron element bo`lib, elektr tokini yo`nalishiga bog‘liq holda turli xil
o`tkazuvchanlikga egadir.
Diodning elektrodlari anod va katod deb ataladi. Agar diodga to`g‘ri
kuchlanish berilgan bo`lsa (ya’ni anodga nisbatan musbat potensialga ega
bo`lsa), diod ochiq bo`ladi (ya’ni undan kichik qarshilikga ega bo`lgan
to`g‘ri tok o`tadi). Aksincha bo`lsa, ya’ni diodga teskari kuchlanish berilgan
bo`lsa (katod anodga nisbatan teskari potensialga ega bo`lsa) u holda diod
berk bo`ladi (uning qarshiligi juda katta bo`lib, teskari tok juda kichik
bo`lgani uchun ko`p hollarda nolga teng deb hisoblanadi). Diodlarning
umumiy ko`rinishlari va to`rtta diod hamda ko`prik diodi quyidagi 1-rasmda
keltirilgan.
31
2.7- rasm. Gidravlik mantiqiy elementlar
32
2.8-rasm. To`rtta diod va ko`prik diodi.
|
| |