• 5.3. Bojxona rasmiylashtiruvlari
  • Xalqaro tashuvlarda ishtirok etuvchi avtotransport vositalari
  • Qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet396/416
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,3 Mb.
    #123984
    1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   416
    Bog'liq
    Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

     
    11-jadval 
    O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan tovarlarni olib O‘tishning 
    prosedura klassifikatori 
     
    № 
    Bojxona rejimi nomi 
    Kod 
    1. 
    Eksport 
    10 
    2. 
    Reeksport 
    11 
    3. 
    Vaqtinchalik kiritish(chiqarish) 
    31 
    4. 
    Erkin aylanish uchun chiqarish 
    40 
    5. 
    Reimport 
    41 
    6. 
    Bojxona hududida qayta ishlash 
    51 
    7. 
    Bojxona nazorati ostida qayta ishlash 
    52 
    8. 
    Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash 
    61 
    9. 
    Erkin bojxona zonasi 
    71 
    10. 
    Bojsiz savdo do‘koni 
    72 
    11. 
    Erkin omborxona 
    73 
    12. 
    Bojxona omborxonasi 
    74 
    13. 
    Davlat foydasiga rad qilish 
    75 
    14. 
    Yo‘q qilish 
    76 
    15. 
    Tranzit 
    80 
    16. 
    Vaqtinchalik saqlash 
    70 
    Vaqtinchalik kiritish (chiqarish) – konteyner, jixozlar, transport vositalariga 
    nisbatan , ularni qayta olib kirish (chiqish) majburiyati bilanqo‘llaniladi. Bunda 
    bojxona to‘lovlari va soliqlardanto‘liq yoki qisman ozod bo‘lish mumkin. 
    Vaqtinchalik kirish(chiqish) muddatlari 2 yildan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
     5.3. Bojxona rasmiylashtiruvlari 


    722
    Tovarni jo‘natuvchi yoki qabul qiluvchi joylashgan yerdagi bojxona 
    rasmiylashtiruvi joyini bojxona organi aniqlaydi, uO‘zbekiston Respublikasi davlat 
    bojxona komiteti belgilagan bojxona organi ishi paytida amalga oshiriladi. 
    Zarur 
    hollarda 
    bojxona 
    rasmiylashtiriluvikiritilayotgan 
    yuk 
    bo‘yichaveterinariya, 
    ekologiya, 
    sanitariya 
    yokiboshqa 
    davlat 
    nazoratlariO‘tkazilgandan keyin amalga oshiriladi. 
    Bojxona rasmiylashtiruvi tugamasdan oldin qonunda ko‘rsatilgan holatlardan 
    tashqari tovarlarbo‘yicha farmoyishni hyech kimbera olmaydi. 
    Baxtsiz hodisa, tabiiy ofat yoki avariyalar bilan bog‘liq bo‘lgan 
    holatlardaxayvonlar, tez buziladigan tovarlar, radioaktiv materiallar va yuklarni 
    kiritish yoki chiqarishdagi bojxona rasmiylashtiruvi soddalashtirilgan turda 
    yokiustuvorlik tartibida qilinadi. 
    Bojxona rasmiylashtiriluvi amalga oshirilayotgan tovarlar bilan bog‘liq barcha 
    zarurtexnik operasiyalarni, bojxona organi talabi bo‘yichachegaradan tovarlarni olib 
    O‘tayotgan 
    shaxs 
    bajaradi. 
    Bu 
    operasiyalarga 
    quyidagilar 
    kiradi: 
    transportirovka,O‘lchash yoki boshqa usulda sonini aniqlash, yuklash-tushirish 
    ishlari, tovarlar qadog‘ini ochib ko‘rish, tovarlar bo‘lishi mumkin bo‘lganjoy va 
    transport vositalarini, idishlarni va boshqa joylarni ochib ko‘rish. 
    Bojxona organlari tekshirish uchun namuna va tovarlar nusxasini olishi 
    mumkin. 
    Bojxona rasmiylashtiruvi paytida O‘tkazilayotgan tovar yoki transport 
    vositasiga aloqasi bo‘lgan shaxs qatnashish huquqiga ega. Bojxona organi talabi 
    bo‘yicha ularning qatnashishi shart bo‘lishi mumkin. 
    Tovar va transport vositalarini bojxona organiga ko‘rsatayotgan vaqtdabarcha 
    mavjud hujjatlar, jumladan qisqa bojxona deklarasiyasi ham taqdim etiladi. Bojxona 
    organi ruxsati bilan uning O‘rniga barcha zaruriy ma’lumotlarni O‘z ichiga olgan 
    (O‘zbek yuk qabul qiluvchisi yoki jo‘natuvchi va tashuvchi nomi,transport 
    vositasining raqami, nomi, turi; tovarning to‘liq nomi va uning soni) transport yoki 
    boshqa tijorat xujjatlari (konosamentlar, nakladnoylar, schyot-fakturalar va x.k.) 
    Ishlatilishi mumkin. 
    Bojxona organiga tovarlar berilganvaqtdan va chiqarish vaqtigacha tovar va 
    transport vositalari bojxona nazoratida bojxona va bo‘sh omborlarda vaqtinchalik 
    saqlanib turiladi. 
    Bojxona va bo‘sh omborlar – bojxona nazorati ostida tovarlarni saqlash uchun 
    mo‘ljallanib, maxsus ajratilgan vaqurilgan xona yoki boshqa joylardir. 
    Tovarlarningvaqtinchaliksaqlash rejimda bo‘lishi 2 oydan oshmasligi kerak. 
    Vaqtinchalik saqlash ombori yukni xalqaro yo‘llarda tashib yetkazadigan transport 
    vositasi uchun oxirgi yetib kelish punkti bo‘lib hisoblanadi. 
    Tovar va transport vositalariningbojxona rasmiylashtiruvi bojxona organi 
    tomonidan bojxona yuk deklarasiyasini qabul qilganva O‘zbekiston Respublikasi 


    723
    bojxona chegarasini kesib O‘tayotgandazarur bo‘lgan barcha hujjatlar va 
    ma’lumotlarni ko‘rsatgan vaqtdan boshlab 10 kun ichidaamalga oshiriladi: 

    Baxtsiz hodisalar, avariya va tabiiy ofatlar sodir bo‘lgandazarur 
    bo‘ladigan tovarlar; 

    Xayvonlar, tez buziladigan tovarlar, radioaktiv materiallar; 

    Ommaviy informasiyalarmaqsadida qilinadigan xabarlar va boshqa 
    materiallar; 

    O‘zbekiston Respublikasining ijrochi va sud hokimiyati, qonunchilik 
    oliy organlari nomiga yuborilgan tovarlar; 
    - gumanitaryordam va boshqa shunga O‘xshash tovarlar sifatida qabul 
    qilingan tovarlar. 
    Yuqorida tilga olingan bojxona rasmiylashtiruvi 3 kun ichida , ya’ni 
    soddalashtirilgan tartibda qilinishi kerak. 
    Yukning bojxona deklarasiyasi, barcha tovarga hamroxlik qiluvchi 
    hujjaatlar singaritashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha tovarlarnomenklaturasi 
    asosida to‘ldiriladi. Tovar nomenklaturasigabinoan har bitta tovar uni 
    identifikasiya qiluvchi , O‘zining 9-belgili kodiga egadir. 
    Yukning bojxona deklarasiyasi 6 –nusxada tayyorlanadi va u td1 
    shakldagi6betli broshyuradan tashkil topib,unga raqam qo‘yiladi.U O‘zbekiston 
    Respublikasiningdbk tasdiqlagan, “bojxona yuk deklarasiyasini to‘ldirish tartibi 
    haqidagi yo‘riqnoma” asosida to‘ldiriladi. 
    Deklarasiya, agar barcha tovarlarga bitta bojxona rejimi belgilangan bo‘lsa, 
    bitta nomdagi tovarlarning har bir partiyasiga to‘ldiriladi. QO‘shimcha varaqlar 
    (td2shakl) yana 3 ta nomdagi tovarlarni deklarasiya qilishga imkon beradi. Bitta 
    bojxona yuk deklarasiyasiga 33 ta qo‘shimchavaraqlarni qo‘yish mumkin, ya’ni 
    bitta deklarasiyada 100 tadan ko‘p bo‘lmagan tovarlar nomlari ko‘rsatiladi. 
    Bojxona yuk deklarasiyasining nusxalari quyidagicha taqsimlanadi: 

    1- nchisibojxona organida qoladi; 

    2 - nchisiO‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona komiteti statistik 
    hisoboti uchun qoldiriladi; 

    3-nchisideklarantga qaytariladi; 

    4-nchisibojxona to‘lovlarini hisoblab boruvchi bojxona organiga; 

    5-nchisi tovarlarni chiqarishda tovar-transport hujjatlari bilan birga 
    ko‘zda tutilgan davlatga, yuklarning kirishida esa tovar oluvchiga qaytariladi; 

    6-nchisi tovarlar eksportyori va importyori uchun. 
    Deklarasiya xatolarsiz, yozuv mashinasida yoki prda to‘ldiriladi. Ba’zi 
    holatlarda qo‘lda bosma harflar bilan to‘ldirish mumkin. 
    Tuzatish zarurbo‘lgan hollarda noto‘g‘ri ma’lumotlar usti chiziladi va ustidan 
    yoziladi yoki to‘g‘ri qilib qo‘shimcha yoziladi. Har bitta to‘g‘rilash deklarantning 
    imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. 


    724
    Aytilgan ma’lumotlar yuqori qatorlarda takrorlanish holatlarida matnga ilova 
    qilish mumkin. Ilova quyidagicha bo‘ladi: “qarang...” Va bu yillarga nisbatan 
    qo‘llanilmaydi. 
    Birorta qatorda joy yetishmagan hollarda bojxona yuk deklarasiyasi orqa 
    tomonida zarur ma’lumotlar keltirilishi va u deklarantningimzo va muhri bilan 
    tasdiqlanishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda tegishli qatorda belgi qo‘yiladi “orqa tomoniga 
    qarang”. 
    Agar tovarlarga iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmasa va to‘lov va soliqlar 
    solinmasa, undaqo‘shimcha varaq O‘rniga spesifikasiya ko‘rinishida tovarlar 
    ro‘yxati, qadoqlash varag‘i va x.k.lar, tovarning nomi, va tashqi iqtisodiy faoliyat 
    bo‘yicha tovarlar nomenklaturasi kodlari, soni, og‘irligi va bojxona narxi 
    qo‘yiladi.Ba’zi holatlarda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro 
    shartnomalarga mos ravishdabojxona nazoratidan ozod etilishi mumkin.
    O‘zbekiston Respublikasi oliy majlis depo‘tatlari va O‘zbekiston Respublikasi 
    vazirlar mahkamasi a’zolarining shaxsiy yuklari, ular hizmat vazifalarini bajarish 
    bilan 
    bog‘liq 
    ravishda 
    O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan 
    O‘tgandabojxona nazoratidan O‘tkazilmaydi. 
    Hukumatlararo kelishuvga asosan chet el xavo kemalari, harbiy va harbiy 
    transportxavo kemalari, shuningdek O‘zi yurib ketayotgan harbiy texnikalar bojxona 
    nazoratidan ozod qilinadi. 
    Bojxona organlari qonunga mos ravishda bojxona nazoratini O‘tkazish uchun 
    yordam berishga mo‘taxassis va ekspertlarni jalb qilishi mumkin.
    Bojxona nazorati O‘tkazish uchun ajratilgan hudud va xonaga, bojxona organi 
    xodimlari,ularning mansabdor shaxslari hizmat guvohnomasi asosida va bojxona 
    organi rahbarining buyrug‘i asosida ruxsat berilgan shaxslar (talaba-amaliyotchilar) 
    kirishi mumkin. 
    6. Xalqaro tashuvlarda ishtirok etuvchi avtotransport vositalari 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   416




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti

    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish