• Haydovchilarniig ish rejimlari
  • Marshrutda ishlash grafiklari




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet317/416
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,3 Mb.
    #123984
    1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   416
    Bog'liq
    Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

    Marshrutda ishlash grafiklari 
    Ma’lum vaqt yoki butun smena davomida transport vositalari aniq ishlashi 
    uchun marshrugda ishlash grafigi tuziladi. Buning uchun avtomobillarning eng kulay 
    yurish marshro‘tda aniqdanadi, transport vositalari samarali ishlashini va marshrut 
    ishini tashkil etishni nazarda tutib yuk tashish uchun zarur bo‘lgan vaqt hisoblab 
    chiqiladi. 
    Grafikni tuzishda harakat tezligi me’yori, ortish -tushirish ishlarida bo‘lish, agar 
    zaruratga ko‘ra yo‘llarda to‘xtalsa, unga sarflanuvchi vaqtlar hisobga olinishi kerak. 
    Puxta ishlab chiqilgan grafiklar yuklarni tez va o‘z vaqtida yetkazib berish, transport 
    vositalari ishining ma’lum ritmda bo‘lishi va mijozlardan oqilona foydalanish 
    imkonini yaratadi. Eng asosiysi, transport jarayonidagi barcha qatnashchilar 
    (transport xodimlari, ortish-tushirish punktlari ishchilari va mijozlar)ning intizomli 
    bo‘lishini ta’minlaydi. 
    Shahar sharoitlarida yuk avtomobillarining harakat grafigini tuzish ancha 
    murakkab, chunki ko‘pincha ortish-tushirish punktlari bir va ikki smena davomida bir 
    yoki bir necha qatnovlarnigina amalga oshiradi.
    Odatda, aksariyat mijozlar uchun yuk tash ish grafiklari oldindan ishlab 
    chiqilgan bo‘lishi kerak. Bunday grafiklarning tashkiliy-tezkor ahamiyati katta. 
    Aniq ishlab chiqilgan harakat graf igi avtomobillarning yuk oqimi o‘zgarmas 
    tash ish larda ortish -tush irish punktlariaro qatnov jadvali tuzish uchun asos bo‘ladi. 
    Grafikka nisbatan jadvalning farqi shundaki, jadvalda har bir transport 
    vositasining aniq harakat vaqtlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ayni marshrutda ish lovchi 
    keyingi avtomobillar uchun ish grafigi, undan oldingisiday bo‘lib, faqat boshlanish 
    vaqti avtomobillarni ishga chiqarish interval miqdorida suriladi. 
    Haydovchilarniig ish rejimlari 
    Haydovchining ish vaqti uning avtomobilni bosh qarish , ishga chiqishga 
    tayyorgarlik ko‘rish va ish nihoyasidagi operatsiyalarga sarf qilingan (avtomobilni 
    qabul etish va topsh irish , yonilg‘i quyish , hujjatlarni rasmiylashtirish va bosh qa), 
    sog‘lyqni tibbiy teksh irish vaqtlari yig‘indisidan iborat. Avtomobilni bosh qarish dan 
    tashqari keltirilgan vaqt sarflari ularning marshrutda bo‘lish vaqtni qisqartirish i 
    sababli, ayni ish larni bajarish ga sarflanuvchi vaqtlarni iloji boricha qisqartirish yoki 
    minimumga keltirish zarur. 
    Haydovchi marshrutda smena davomida bir o‘zi yoki boshqa haydovchilar bilan 
    almash ib ish lash i mumkin. Haydovchilar almashuvi usulida ular belgilangan grafik 
    bo‘yicha kun davomida almash ish ib ish laydilar. Haydovchilar almashuvi marshrut 
    ichida yoki avtomobil saroyida amalga oshirilishi mumkin. Keyingi holda nolinchi 
    qatnov masofasi oshadi.


    569
    Transport ishi xafta davomida uzluksiz bo‘lish ini hisobga olganda 5 kunlik ish 
    rejimiga binoan har 5 avtomobilga 7 haydovchi, agar avtomobil ikki smena 
    ishlaydigan bo‘lsa 14 nafar haydovchi zarur bo‘ladi. Bunda haydovchilar almashib 
    ishlashlari sababli avtomobillar holatiga qarovga javobgarlik hissi pasayadi. Lekin, 
    aytilganga qaramay, ishni uzluksiz almashuvchi haydovchilar bilan tashkil etish 
    ilg‘or (prof yessiv) bo‘lib, avtomobillardan uzluksiz (haftaning 7 kunida) foydalanish 
    imkoni yaratiladi. Aytilgan (haydovchilar almashuvi usuli) usul bo‘yicha temir yo‘l, 
    suv va havo transportlarida qo‘llaniladi. 
    Nazorat savollari 
    1. Yuk avtomobillari harakati sxemasi 
    2. 
    Mayatnikli marshrut qanday mashrut
     
    3. Marshrut yelkasi nima ekanligini tushuntirib bering 
    4. Radial marshrutda qanday mashrut hisoblanadi 
    5. Yo‘nalish tavsifini izohlab bering. 
    6. Mayatnik yo‘nalishlar nechta turga bo‘linadi 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   416




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish