Bog'liq Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm
26-mavzu:Transport vositasining marshrutdagiharakati tashkil etish va uning sxemasi Reja 1. Transport vositasining marshrutdagiharakati tashkil etish va uning
sxemasi
2. Marshrutda ishlash grafiklari
3. Haydovchilarniig ish rejimlari
Yuk avtomobillari harakati sxemasi mayatnikli (2 nuqta orasida qatnov),
halqasimon, radial va sirtmoqsimon marshrutlardan iborat bo‘lishi mumkin. Ish
marshrutini tanlash yuk jo‘natuvchilar va qabulqiluvchilar j oylash uvi hamda
transport vositasinin unumli ishlashi bilan boglikdir. Bunda tash iladigan yukturi,
kuzovkonstruktsiyasi, tash ish ning sh osh ilinchligikabilarni e’tiborga olish lozim.
Ba’zi hollarda ikki va undan ortiq marshrutlarni birgalikda qo‘llash maqsadga
muvofiq
bo‘lishi
mumkin.
Masalan,
halqasimon
marshrutda
ishlayotgan
avtomobilning ishdagi vaqti bir oz bajarilmay qolsa, avtomobilni o‘sha qisqa vaqt
ichida mayatnikli marshrutda ishlatish va h.k.
Mayatnikli marshrut deyilganda ikki o‘zgarmas ortishtushirish punkti orasida qaytariluvchi qatnashlar tushuniladi. Bunda qatnovlarning yukli yoki yuksiz, yoki
orqaga
Qaytishda ayrim qism yukli, yoki yuksiz bo‘lishining ahamiyati yo‘q. Ortish va tushirish punktlari orasidagi masofamarshrut yelkasi deyiladi. Mayatnikli yuk tash
ish tizimi to‘rt xil bo‘ladi: ikki tomonlama yukli qatnov, orqasiga yuksiz qatnov;
orqaga qatnovda marshrut yelkasining birqismida yukli qatnov, orqaga qaytishda
asosiy marshrutdan chiqib, yo‘lakay yuk tashish. Oxirgi keltirilgan qatnov turi
umumiy yukli qatnov masofasi, yuksiz qatnov masofasidan ortiq bo‘lgandagina
ishlatiladi.
Asosiy marshrutdan chiqib ishlash transportning aylanish vaqtini oshirgani
uchun har doim ham bunday tashishlar o‘zini oqlayolmasligini nazarda tutish kerak.
Halqasimon marshrutda avtomobil bir yo‘nalishda o‘zaro birlash uvchi chizikda
bir necha ortish-tush irish joylaridagi yuklarni tashish bilan shug‘ullanadi. Ko‘pincha
bunday tashishlar mayda yuklarni yigib tashish yoki, aksincha, tarqatib tashishda
qo‘llaniladi. Bunda tashish asosiy talablarga javob berishilozim. Masalan, yuk
tashishning shoshilinchligi, yuklar turi kabilar. Agar turli xil juda ko‘p yuklar
halqasimon marshrutda tashilsa, ajratiladigan avtomobillar ularni tashishga mos
bo‘lishi zarur.
Radial marshrutda avtomobil bir yuk jo‘natish joyidan barcha qabul etuvchilar
yoki barcha jo‘natuvchilardan bir joyga yuk tash iydi.
568
Masalan, temir yo‘l bekatlariga xizmat etish , donlarni elevator ga tash ish va
h.k. Radial yoki mayatnikli marshrutda tashishni tashkil etish avtomobillar ish
unumdorligini taqqoslab tahlil qilish bilan tanlanadi. Sirtmoqsimon marshrutda,
avtomobillar bir necha tur marshrutlarda aralash ishlatiladi.