|
Qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish institutiBog'liq Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYmTayanch iboralar: omborxonalar, omborxonalar ishi, shaharlararo yuk tashish,
transport ekspeditsiya xizmatini ko‘rsatish, hisob-kitob ishlari, omborxonalar ishi.
Yuk toifa(marka)lari.
Omborxonalar ishi. Omborlarning tasnifi va vazifasi.
Yuklarna saqlash, qabul qilish, jo‘natish, ortish-tushirish, saralash, yo‘na-
lishlarga ajratish uchun turli xil omborxonalar vujudga keladi.
Omborxonalar yuk ishlab chiqaruvchi va tayyorlov punktlarida (tayyorlov
omborxonalari, ishlab-chiqarish, jo‘natish omborxonalari) yuklarni bir transport
vositasidan ikkinchisiga ortilayotgan joylarda (temir yo‘l, bandargoh omborxonalari
va boshqalar) joylashtiriladi.
Mahsulotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan tashkilotlar omborxonalari ham
mavjud.(tashkilotlarni moddiy-texnik ta’minlash omborxonalari).
Omborxonalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
Vazifasiga va yuk turiga ko‘ra :
Universal ( turli xil yuklarni saqlash uchun )
Ixtisoslashtirilgan (ma’lum bir tirdagi yuklarni saqlash uchun )
Tuzilishiga qarab :
Ochiq - (havo yog‘inlari va harorati ta’sir qilmaydigan yklar uchun
mo‘ljallangan maydonchalar va patformalar)
Yarim ochiq , yoki, ayvonli – (havo yog‘inlaridan himoya talab qiluvchi, lekin
harorat o‘zgarishidan xavfsiramaydigan yuklar uchun )
Yopiq ( shuningdek qavatli)-
Bunkerli,silos uchun, shuningdek sochiluvchan yuklar uchun elevatorli -
Rezervuar - (yer osti va yer usti ;quyo‘luvchi,suyuq yuklar uchun)
Muzlatgichlar – ( tez buzuluvchi yuklar uchun )
Yuklarni saqlash muddatiga qarab:
Qisqa muddatli omborxonalar
Uzoq muddatli omborxonalar
Tegishligiga qarab:
Idora – (tashkilot, korxonalarga tegishli)
Umumfoydalanish – (barcha yuk jo‘natuvchi va qabul qiluvchilarning yuklarini
qabul qilish va jo‘natish )
|
| |