• 6.4. Bezak choklari va qo’llanish sohasi.
  • Mustaqil ish topshiriqlari: 1.
  • 7 – Ma’ruza Mavzu: Tikuv buyum detallarini yelimlab va payvandlab biriktirish usullari. Dars maqsadi
  • Tayanch iboralar
  • 7.1. Yelim va yelimlash materiallari xususiyatlari. Yelimlarga qo’yiladigan talablar.
  • 7.2. Yelimli materiallarning turlari
  • 7.3. Turli gazlamalarda yelimlab chok hosil qilish parametrlari
  • 7.4. Termoplastik materiallarni payvandlash xillari.
  • 7.5. Payvand chok turlari va ularning xususiyatlari.
  • Mustaqil ish topshiriqlari
  • Tavsiya etiladigan adabiyotlar
  • 8 – Ma’ruza Mavzu: Tikuv buyumlarini namlab-isitib ishlash. Dars maqsadi
  • 8.1. Namlab-isitib ishlov berishning vazifasi va mohiyati.
  • 8.2. Namlab-isitib ishlash usullari. Tikuvchilikda uch xil namlab-isitib ishlash bor:dazmollash, presslash va buglash. Dazmollash.
  • 8.3. Gazlamalarning issiqlikka chidamliligi.
  • 8.4. Namlab-isitib ishlash operatsiyalari.
  • Qarshi davlat universiteti




    Download 2,52 Mb.
    bet4/141
    Sana24.03.2017
    Hajmi2,52 Mb.
    #1968
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141

    Mag’iz chok ochiq qirqimli va tasmali bo’ladi. Ochiq qirqimli mag’iz chok adip ichki qirqimlariga, kiyim etaklariga, mag’iz qo’yish, kiyimlarni bezash, astarsiz kiyimlar qirqimlarini mag’izlash uchun ishlatiladi. Ochiq qirqimli mag’iz chok tikilayotganda, mag’izga ishlatiladigan gazlamadan o’rish ipiga yoki arqoq ipiga nisbatan 45gradus burchak hosil qilib, qirqib olingan parchaning o’ng tomoni asosiy detalning o’ngiga qaratib qo’yiladi, detal qirqimidan 0,3-0,4 sm kenglikdagi chok bilan ulanadi. Yopiq qirqimli mag’iz chok ayollar kuylaklari va ich kiiymlar detallariga, yoqa o’mizlariga mag’iz qo’yish uchun ishlatiladi.




    15 - rasm. Mag’iz chok turlari

    Ag’darma chok kantli, ramkali, qaytarma kantli bo’ladi. Ag’darma chok biriktirma chokning bir turi bo’lib cho’ntak qopqoqlarini, yoqalarni, bortni izma kabi detal chetini tikishda ishlatiladi. Kantli ag’darma chokda (16 rasm a-b) detallarning biri ikkinchisidan 0,1-0,3 sm ochibroq bukilgan bo’ladi. Ramkali ag’darma chok (16-в rasm) pidjak cho’ntaklari, kuylakning tugmalanadigan joylari kabilarni tikishda ishlatiladi.



    16 - rasm. Ag’darma chok turlari.
    Qaytarma kantli ag’darma chok yoqalarini, kuylak bortlarini bezashda va muayyan xizmatdagi formalarni tikishda ishlatiladi. Qaytarma kantli ag’darma chok tikilayotganda qaytarma gazlamani, ya‘ni eni 2,5-3 sm gazlama parchasini ikki bukib detallardan birining o’ngiga ulanadi.
    6.4. Bezak choklari va qo’llanish sohasi.
    Bezak choklar kiyim detallarini bezashda ishlatiladigan taxlamalar va burtma choklardan iborat bo’ladi.

    Taxlamalar birlashtiruvchi yoki faqat bezatuvchi bo’lishi mumkin. Birlashtiruvchi taxlamalar birinchi detalni o’zida birlashitirb, taxlama hosil qiladi, bu taxlamalar bir tomonga, bir - biriga qaragan va ikki tomonga qaragan bo’lishi mumkin.

    Bezak taxlama tikayotganda detal belgilangan chiziq bo’ylab bukiladi va taxlama kengligida baxyaqator yuritiladi. Bir –biriga yoki ikki tomonga qaragan taxlamalar yorib dazmollanadi. Ayrim hollarda detalning o’ngiga baxyaqator bostirib tikiladi
    Bezak taxlamalar bostirma taxlama shaklida ham bo’lishi mumkin. Bunda detal belgilangan chiziq bo’ylab ko’klanadi. So’ngra hosil bo’lgan taxlamanni bostirib yoki yorib dazmollanib, baxyaqator bostirib bezaladi.

    Bo’rtma choklar detal o’ngi tomonga mayda – mayda taxlangan, detal orasiga maxsus shnur qo’yib bo’rttirilgan, detalning ham teskari, ham o’ngi tomondan baxyaqator bo’rttirilgan bo’lishi mumkin.



    Nazorat savollari:
    1. Baxya va baxyaqator nima ?

    2. Qanday mashina choklari mavjud ?

    3. Birlashtiruvchi choklarning ishlatilish sohasi.

    4. Ziy choklarining qanday turlari mavjud ?

    5. Bezak choklari nima maqsadda ishlatiladi ?
    Mustaqil ish topshiriqlari:

    1. Mustaqil ishlash uchun ma‘ruzadagi keyingi mavzuni uchta rejasini o’qib kelish.

    Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
    1. M.Sh.Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi" T.O’qituvchi n. 1994 y.

    2. M.Sh. Jabborova “Tikuvchilik texnologiyasi” Toshkent. “O’zbekiston” 1994 y.

    3. A.T.Truxanova “Tikuvchilik texnologiyasi asoslari” T. “O’qituvchi” 1997 yil

    4. Y.X.Melikov “Laboratorniy praktikum po texnologii shveynix izdeliy” M. “Leg prom bit izdat” 1982



    7 – Ma’ruza

    Mavzu: Tikuv buyum detallarini yelimlab va

    payvandlab biriktirish usullari.

    Dars maqsadi: Tikuv buyum detallarini yelimlab va payvandlab biriktirish usullari mazmuni bilan tanishish ,zarur nazariy bilimlarni egallash va amaliy ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
    Tayanch iboralar: Sintetik smola, termoplastik, termoreaktiv, yelim plyonka, o'rgimchak uya, yelim ip, yelim uqa, adip, payvand chok.
    Reja:
    7.11. Yelim va yelimlash materiallari xusuiyatlari. Yelimlarga qo’yiladigan talablar.

    7.2. Yelimli materiallarning turlari.

    7.3. Turli gazlamalarda yelimlab chok hosil qilish parametrlari.

    7.4. Termoplastik materiallarni payvandlash xillari.

    7.5. Payvand chok turlari va ularning xususiyatlari.
    7.1. Yelim va yelimlash materiallari xususiyatlari. Yelimlarga qo’yiladigan talablar.

    Sintetik smolalar paydo bo'lgandan buyon yelimlab ulash tikuv sanoatida keng tarqalgan. Ko'p texnologik jarayonlarda yelimlab ulashning afzalliklari detallarni boshqa usulda ulashga nisbatan katta.

    Yelimning asosiy tarkibiy qismlari bog'lovchi, erituvchi va qo'shimcha moddalardir. Fizikaviy holati jihatidan yelim suyuq, quyuq, yuqori elastik, qattiq va dag'al bo'ladi.

    Yelimlar termoplastik va termoreaktiv bo'ladi.

    Tikuvchilik sanoatida termoplastik yelimlar qo'llaniladi. Asosi qizdirilganda suyuqlanib, soviganda yana qotadigan yelim termoplastik yelim deyiladi.

    Yelimlarga quyidagi talablar qo'yiladi:

    1. Gazlamalarga nisbatan adgeziya yuqori bo'lib, chok pishiq chiqishi.

    2. Yuqori elastik.

    3. Mayinlik.

    4. Suvga va kiyimni kimyoviy tozalashda ishlatiladigan moddalarga chidamliligi.

    5. Ob - havo o'zgarishlariga va yorug’likka chidamliligi.

    6. Fizika - mexanikaviy xossalarning kiyim kiyiladigan sharoitdagi temperaturaga chidamliligi.

    7. Qimmat va taxchil bo'lmaslik.
    7.2. Yelimli materiallarning turlari
    Tikuvchilik sanoatida yelimli materiallar kiyim detallariga uqa qo'yish, yoqa, manjet, yeng uchiga qotirma yopishtirish, cho'ntakqopqoq va shu kabilarni yelimlab yig'ishda ishlatiladi.

    Uqa va qotirmalarga ishlatiladigan materiallarni bir tomoniga П-54, П-548, П-12(6/66) surkab yopishtiriladi.

    Yuviladigam kiyimlarga (erkaklar va ayollar kuylagi, bluzkalar) yuqori bosim ostida olingan polietilen ishlatiladi.Yelimli materiallarga quyidagilar kiradi: yelim ip, o'rgimchak uya tipidagi noto'qima yelim materiallar, yelim plyonka, bunda quyidagi parametrlarga e'tibor beriladi: harorat, vaqt, bosim.

    Harorat (Temperatura) (lot. temperatura - kerakli aralashma, o'rtacha holat) - moddaning holatini issiq-sovuqligini tavsiflaydigan fizik kattalik.



    Yelim ip 0,3 - 0,5 mm qalinlikda yakka ip bo'lib, П-548, П-12 (6/66) poliamid smolasidan olinadi. Yuviladigan kiyimlarda ishlatiladigan ip yuqori bosimda olinadigan polietilendan tayyorlanadi. Yelim ip bortlar, yoqa chetlari, cho'ntak qopqoq chetlari, kiyim etagini ko'rinmaydigan qilib puxtalashda ishlatiladi.

    O'rgimchak uya tipidagi noto'qima yelim materiallar П-548, П-12 (6/66) poliamid yelimining eritmasidan olingan tolalar bir - biri bilan tartibsiz chalishganidan hosil bo'lgan noto'qima materialdir. Bu yelim material kiyim yeng uchini bukib yopishtirishda ishlatiladi.

    Yelim plyonka termoplastik polietilen yelimidan tayyorlangan materialdir. Bu materialni maxsus mashinada 3-6 mm kenglikda kesib olinadi, keyin ulanadigan detallar chetiga maxsus MПП - 1 yoki ППТ - 2 mashinasida yopishtiriladi.

    Kiyim detallariga qotirma yopishtirmasdan shakl berish mumkin. Bu usulda suyuqlik fazasidagi polimer aralashma kiyim detallarining teskari tomoniga sepiladi. Yelim aralashmasi bir necha sekund issiqlik ta'sir etish natijasida qotadi. To'g'ridan - to'g'ri turg'unlashtirish texnologiyasini qo'llash tikuvchilik korxonasidagi qo'shimcha qotirmalarni detallarga yopishtirish operatsiyalariga hojat qolmaydi. Yelimlab ulash usuli detallar va umuman kiyimlarni tikishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishga imkon beradi.

    Yelim hozirgi vaqtda kiyim detallariga ishlov berishda yangi yelimli materiallardan foydalanilmoqda. Bunday materiallar qatoriga yelim uqa, yelim uya, polietilen tur va yelimli qotirma materiallar misol bo’la oladi.
    7.3. Turli gazlamalarda yelimlab chok hosil qilish parametrlari
    Turli gazlamar uchun yelimlab chok hosil qilish parametrlari turlicha bo’ladi. Bu parametrlarga asosan presslovchi yuzaning haraorati, solishtirma bosimi, presslash davomiyligi hamda yelim plyonkaning qalinligi kiradi.

    Yelimlab chok hosil qilish parametrlari quyidagi jadvalda keltirilgan. Jadval № 1

    Yelimli gazlamalardan tayyorlanib, yoqa, manjet va cho’ntak qapqoqlarga qo’yiladigan qotirmalar va detallar shaklida, chok uchun qo’yim qoldirmay, ag’darma choklash paytida qotirma qirqimlari 0,1 – 0,2 sm kenglikda baxyaqator ostida qoladigan qilib bichiladi. Detallar qirqimini ag’darma choklashdan oldin qotirmalik yelimli tomoni detalning teskari romoniga (ostki yoqa, qapqoq tagiga, belbog’ tagiga, manjet tagiga) qaratib qo’yiladi, hamda dazmollab, presslab yopishtiriladi.





    Gazlama turlari

    Presslovchi yuzaning temperaturasi0C

    Solishtirma bosimi

    kg/sm­­­­­­­­­­­­­­­­2



    Presslash davomiyligi sekund

    Yelim plyonkaning qalinligi

    1.

    Ip va zig’ir tolali yengil gazlama

    150 - 160

    0.1 – 0.2

    15 - 20

    0.06 – 0.09

    2.

    Yengil jun gazlamalar va jun tolali o’rtacha og’ir gazlamalar

    165 180

    0.4 – 0.5

    30 – 40

    0.07 – 0.15

    3.

    Ip va zig’ir tolalai og’ir gazlamalar

    165 - 180

    0.4 – 0.5

    30 – 40

    0.1 – 0.2

    4.

    Og’ir jun gazlamalar

    165 - 180

    0.4 – 0.5

    60 – 90

    0.15 – 0.2

    Yelimlab ulanayotganda jarayonning bir qismi ketma – ket boshqa qism parallel bajariladi. Masalan, bort qotirmasi tayyorlanayotganda, adip qotirma qotirmasiz bichiladi. Adip qotirma va yelka tangliklari bir tomoniga yelim kukun qoplangan gazlamalardan bichiladi.


    7.4. Termoplastik materiallarni payvandlash xillari.
    Tikuvchilik korxonalarida kiyim tikishda polivinxlorid qoplangan materiallar ko'p ishlatilmoqda. Bu materiallarning asosi ip gazlama, sun'iy va sintetik tolali material yoki trikotaj polotno bo'lib, uning ustiga polivinxlorid qoplangan bo'ladi. Bundan tashqari, plyonka shaklidagi materiallar ham ishlatiladi. Bu materiallarni ip bilan ulashda choklar uncha pishiq chiqmaydi va suv o'tkazuvchan bo'ladi. Ularni yelimlab ulab bo'lmaydi, chunki issiq pressda presslash mumkin emas. Bundan tashqari yelimning hojati yo'q, chunki termoplastik plyonkalar va polivinilxlorid qoplangan materiallarning o'zi termoplastik xususiyatga ega. Shuning uchun bu materiallardan kiyimlar tayyorlashda payvandlab ulash usulidan foydalaniladi. Payvandlash yo'li bilan pishiq choklar hosil qilish, ayrim detallarni esa bezash ham mumkin. Payvand chok hosil qilishda hech qanday begona modda aralashtirilmaydi.

    Termoplastik material ma'lum temperaturagacha qizdirilganda yuksak elastik holatdan yopishqoq cho'ziluvchan holatga o'tadi, shunda ma'lum kuch bilan ta'sir etib, keyin sovitilsa, pishiq payvand chok hosil bo'ladi. Tikuvchilik sanoatida elektrda qizdirib payvandlash, yuqori chastotali tok va ultratovush bilan payvandlash usullari bor.

    Elektrda qizdirib payvandlash usulida termoplastik materialning ulanadigan joyini kontakt yo'li bilan qizdiruvchi asbobda qizdirib yumshartiladi. Sovitilgandan keyin yumshatilgan joyda payvand chok hosil bo'ladi. Qizitgich har xil o'lchamli va shaklli elektr asbob bo'ilb, o'lchami va shakli detal shakliga va payvandlanadigan materialga bog'liq bo'ladi. Plyonkalarni payvandlashda plyonka qizigan metal yuziga yopishib qolmasligi uchun payvandlanayotgan detal ustiga qalqa qog'oz yoki yupqa ftorplast yopib qo'yiladi.

    Elektrda qizdirib payvandlashda rolikli qizdirgichdan foydalaniladi yoki "Пфафф" firmasining 8300 кл mashinasi qo'llaniladi.

    Yuqori chastotali tok bilan payvandlashda termoplastik material yuqori chastotali o'zgaruvchan elektr tok bilan qiziydigan ikkita plastinka orasiga joylashtiriladi. Plastinkalar orasida issiqlik ajralishiga yuqori chastotali tok elektr maydonida polimerlardagi dipol (bir - biridan muayyan masofada joylashgan qarama-qarshi ishorali elektr zaryadli) molekullar siljib, muayyan ish bajarishi sabab bo'ladi. Issiqlik ta'sirida material yumshab, payvandlanadi.

    Termoplastik material yuqori chastotali maydonda juda tez payvandlanadi. Masalan, qalinligi 0,15-0,2 mm bo'lgan plashlik polivinilxlorid plyonka 2-3 sekundda payvandlanadi.

    Ultratovush bilan payvandlash usulida termoplastik materialga ultratovush tebranish va bosim ta'sir etadi. Tebranayotgan jism shu tebranish energiyasini yutib, uni issiqlikka aylantiradi. Ultratovush chastotali tebranishlar bir-biriga tegib turgan detallar orqali o'tayotganda bu tebranishlarning mexanik ta'siri va to'lqinlanishi ta'sirida material payvandlanadi.
    7.5. Payvand chok turlari va ularning xususiyatlari.
    Payvandlash yo'li bilan biriktirma, qo'yma, bukma, tutashtirma choklar hosil qilish mumkin.

    Biriktirma payvand chok suv o'tkazmaydigan bo'lib, boshqa payvand choklarga qaraganda oddiyroq. Bu chok pishiqlikni talab qilmaydigan va suv o'tkazmaydigan joylarda qo'llaniladi.

    Ochiq qirqimli bukma payvand chok bort cheti, yoqa chetiga ishlov berishda, kiyim etagini va yeng uchini bukib payvandlashda ishlatiladi.

    Ochiq qirqimli qo’yma payvand chok suv o'tkazmaydigan kiyimlarning yelka, yon, yeng va boshqa qirqimlarini biriktirish uchun ishlatiladi.

    Bir qirqimi yopiq qo’yma payvand chok ochiq qirqimli qo’yma payvand chokdan birmuncha pishiqroq va chiroyliroq bo'lgani uchun uni termoplastik qoplamali hamma materiallarning asosiy detallarini biriktirib payvandlashda ishlatish tavsiya etiladi.

    Tutashtirma payvand chok ostki yoqa, adip bo'laklarini biriktirib payvandlashda ishlatiladi.



    Mustaqil ish topshiriqlari:

    1.Yelimli chok hosil qilish parametrlarini mustaqil o’qing.

    2. Yelimlab ulanadigan detallarga qanday tartibda ishlov berilishini o’rganing.

    Nazorat savollari:
    1. Kiyim detallarining yelimlab ulashning qanday afzalliklari bor ?

    2. Yelimli materiallarning qanday turlari mavjud ?

    3. Yelim va uning hususiyatlari.

    4. Yelim ip nima maqsadda ishlatiladi.

    5. Uqabob qotirmalik gazlamalar qanday yelimlardan tayyorlanadi ?

    6. Yelim uqadan qanday maqsadda foydalaniladi ?

    7. Ultratovush bilan payvandlash usulining mazmuni.

    8. Biriktirma payvand chok qayerda qo’llaniladi ?

    9. Tustashtirma payvand chok qanday maqsadda ishlatiladi ?
    Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
    1. M.Sh.Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi" T.O’qituvchi n. 1977 yil. 148 – 159 betlar

    2. M.Sh. Jabborova “Tikuvchilik texnologiyasi” Toshkent. “O’zbekiston” 1994 y. 148 – 149 betlar

    3. A.T.Truxanova “Tikuvchilik texnologiyasi asoslari” T. “O’qituvchi” 1996 yil 185 – 189 betlar.

    4. I.N.Litvonova, Ya.A.Shaxova “Ayollar ustki kiymini tikish” Toshkent “O’qituvchi 1997 yil” 286 – 287 betlar


    8 – Ma’ruza

    Mavzu: Tikuv buyumlarini namlab-isitib ishlash.
    Dars maqsadi: Tikuv buyumlarini namlab-isitib ishlashning maqsadi, usullari mazmuni bilan tanishish ,zarur nazariy bilimlarni egallash va amaliy ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
    Tayanch iboralar: namlab-isitib ishlash, ust kiyim, dazmollash, presslash, bug'lash, issiqbardoshlig.

    Reja:

    8.1. Namlab-isitib ishlov berishning vazifasi va mohiyati.

    8.2. Namlab-isitib ishlash usullari.

    8.3. Gazlamalarning issiqlikka chidamliligi.

    8.4. Namlab-isitib ishlash operatsiyalari.
    8.1. Namlab-isitib ishlov berishning vazifasi va mohiyati.
    Kiyim tikish texnologiyasi jarayonida namlab-isitib ishlash anchagina o'rin oladi. U tikuvchilik buyumlarini sifatiga qarab, ta'sir ko'rsatadi. Bunday ishlash yordamida kiyimga ma'lum beriladi va uning ko'rinishi yaxshilanadi.

    Namlab-isitib ishlash yordamida tikuvchilik buyumlarini ma'lum shaklga kiritish va bezash kiyim tikishga ketadigan vaqtning anchagina qismini oladi. Masalan, ust kiyim tikish ketadigam umumiy vaqtning 20-25 foizini namlab-isitib ishlash operatsiyalariga sarflanadi.

    Ma'lumki, gazlamadagi iplar unda bo'yiga va ko'ndalanggiga joylashgan o'zaro har xil chalishgan bo'lib, gazlamaning turli qatlamlarida bo'lishi mumkin. Gazlamaning tuzilishi shunday bo'lganidan tolalar uning yuzida yoki ichkarisida bo'lib, ularda cho'zilish va qisilish kuchlanishlari bo'ladi (bu kuchlanishlarga tolalarning siyratilganligi va iplarning bir-biriga chalishganligi sabab bo'ladi).

    Gazlama biror shaklga kiritilayotganda ipdagi tolalar o'simliklardan yoki hayvonlardan olingan, sun'iy yoki sintetik ekanligini hisobga olish lozim. Namlab-isitib ishlashda gazlamadagi tolalarning molekulyar bog'lanishlarini bo'shashtirib yuboradigan sharoit sun'iy yo'l bilan yaratiladi. Shunda yetarli darajada turg'un deformatsiya bo'lishiga erishish ehtimoli va imkoniyati keskin ortib ketadi. Ishlab chiqarishda bu maqsadga erishish uchun issiqlik va namlikdan foydalanadilar. Har qanday jism qizdirilsa, undagi molekulalarning kinetik energiyasi kuchayib, natijada molekulyar bog'lanish bo'shashadi.

    Tikuvchilikdagi amorf (shaklsiz) polimer tolalar uch xil fizikaviy holatda bo'ladi. Bo’lar shishasimon, yuqori elastik va yopishqoq-cho'ziluvchan holatlardir. Bu holatlarning har biriga muayyan fizik xossalar kompleksi mos keladi.

    Past haroratdagi (tikuvchilik materiallari uchun harorat odam badanining va atrofdagi havoning haroratidir) shishasimon holatda deformatsiya kam va yo'qoladigan bo'ladi. Yuqori haroratdagi yopishqoq-cho'ziluvchan holatda deformatsiya katta, yo'qolmaydigan bo'ladi. Buning sababi polimerning yumshab oqishidir. Polimerlarga xos yuqori elastiklik holati shishasimon va yopishqoq cho'ziluvchan holatlar orasidagi birorta harorat oralig'iga to'g'ri keladi.

    Qizdirilganda polimer shishasimon holatdan yuqori elastiklik holatiga o'tayotganda deformatsiya asta-sekin orta borsa ham, lekin u bari bir yo'qoladi. Yuqori molekulyar polimer materiallar deformatsiyasining haroratga qanday bog'liq ekani quyidagi rasmda ko'rsatilgan.

    Yuqori elastiklik holatida (Тш va Тч orasida) harorat yopishqoq cho'ziluvchan holat paydo bo'ladigan darajaga yetguncha, harorat ko'tarilishi natijasida deformatsiya kam o'zgaradi. Demak, namlab-isitib ishlash jarayonida materialni qizdirish Тш dan Т1 gacha bo'lgan haroratlar oralig'ida bo'lishi kerak. T1 dan ortiq qizdirish esa tamomila foydasiz, chunki bunda deformatsiya ortmay turib, vaqt va energiya sarf bo'ladi.


    8.2. Namlab-isitib ishlash usullari.
    Tikuvchilikda uch xil namlab-isitib ishlash bor:dazmollash, presslash va bug'lash.

    Dazmollash. Dazmolning qizigan sathini gazlamaga bir oz bosib, namlangan detal bo'ylab surib namlab-isitib ishlash dazmollash deb ataladi. Qo'lda dazmollashdagi mehnat unumi past, dazmollovchilarning mehnat sharoiti esa og'ir.

    Qo'l dazmolida ishlashdagi harakatlar nihoyatda murakkab va dazmollanayotgan detalning shakliga bog'liq. Bunday ish jarayonini mexanizatsiyalashtirish juda qiyin. Shunday bo'lsa ham ,mexanizatsiyalashgan dazmollar bor. Bu dazmollarning ish organlari qo'l dazmollari organlari bilan bir xil bo'lib, faqat bosim kuchigina pedal yordamida o'zgarishi mumkin. Dazmollar elektr bilan yoki bug' bilan ishlaydi, shuningdek bug' elektr dazmollar ham bo'ladi.



    Presslash. Presslash-gazlama surilmaydigan qizdirilgan ikki sath orasida siqib namlab-isitib ishlash demakdir. Pressning ishlash printsipi juda oddiy. Hozirgi vaqtda vakum press ishlatilmoqda. Texnologik jihatdan presslar dazmollovchi, buklovchi va bug'lovchi turlarga bo'linadi. Presslar pnevmatik, gidravlik yoki elektromexanikaviy usulda ishlaydi. Texnologik konstruktsiya va ishlash osonligi jihatidan ham pnevmatik presslar qulay.

    Bug'lash. Bug'lash-gazlamani qizdirilgan sathlar ta'sirida emas, balki bug' bosimi ta'sirida namlab-isitib ishlashdir. Bug'lash gazlama tolalaridagi kuchlanishni yo'qotadi, ya'ni tolalarni yaltillamaydigan qiladi. Gazlamalarni tikuv fabrikalarida ishlatishdan oldin bug'lash-dekotirofka qilinadi. Bug'langanda gazlamaga nam bug' purkaladi. Nam bug' gazlamani namlaydi, ham isitadi. Tolalar namdan shishadi va qiziydi. Gaz zarralarining kinetik energiyasi tolalarga mexanikaviy ta'sir etadi.

    Tayyor kiyimni bug'li-havo manikenida ham dazmollash, ham bug'lash mumkin.



    8.3. Gazlamalarning issiqlikka chidamliligi.
    Tikuvchilik buyumlarini namlab – isitish vaqtida, ularga mexanikaviy ta’sir ko’rsatib kerakli deformatsiyaga erishish mumkin. Gazlamalarning yuqori harorat ta’siriga chidamliligi gazlamaning issiqbardoshligi deb ataladi. Polimerlarning kimyoviy tuzilishi, molekulalar orasidagi ta’sir intensivligi gazlama qizdirilayotgan muhit uning issiq- bardoshligiga ta’sir ko’rsatadigan omillardan hisoblanadi.

    Kimyoviy tolalar ko’pchiligining issiq bardoshliligi katta bo’lmaydi. Masalan, viskoza tolalaridan tikilgan buyumlar 100 0 C bo’lgan haroratlarga qisqa vaqt chiday oladi.

    Lavsan ko’proq qo’shilgan gazlamalar o’z xossalari jixatidan boshqa materiallardan farq qiladi. Lavsan termoplastik tola bo’lgani uchun 235 – 245 0 C yumshaydi, 260 –265 0 C da esa eriydi, ya’ni suyuqlanadi. Shuning uchun ,lavsan aralashgan gazlamarni namlab – isitib ishlashda hosil qilingan yangi shakllarini saqlab qolish uchun optimal harorat bug’ bilan stabillashda 126 0 C va quruq stabillashda havo harorati 200 – 235 0 C hisoblanadi. Namlab – isitib ishlash sifatiga namlik va bug’ning ta’siri ahamiyatlidir. Namlik ko’proq bo’lsa, bug’ o’tish tezligi o’rtishi bilan bir vaqtda, namlikni yo’qotish davri ham ortadi. Bu namlikning miqdori qancha bo’lishi kerakligi gazlama tuzilishiga, tola tarkibi va qalinligiga, gazlama tolalarining fizika – mexanikaviy xususiyatlariga qarab aniqlanadi.

    8.4. Namlab-isitib ishlash operatsiyalari.
    Yuqorida aytilgan uch xil namlab-isitib ishlash natijasida tikuvchilik sanoatida quyidagi namlab-isitib ishlash operatsiyalaridan foydalaniladi:

    1. Yorib dazmollash.

    2. Bir tomonga yotqizib dazmollash.

    3. Detallar chetini buklash.

    4. Dazmollab yupqalashtirish.

    5. Kirishtirib dazmollash.

    6. Cho'zib dazmollash.

    7. Bo'rttirib dazmollash.

    8. Bug'lash.
    Nazorat savollari:
    1. Tikuv buyumlarini namlab-isitib ishlash ahamiyati.

    2. Namlab-isitib ishlashning gazlama turiga bog'liqligi.

    3. Polimer tollarning fizikaviy holati.

    4. Polimer materiallar deformatsiyasining haroratiga bog'liqligi.

    5. Namlab-isitib ishlash usullari: dazmollash, presslash, bug'lash.

    6. Namlab-isitib ishlash operatsiyalari.


    Mustaqil ish topshiriqlari:
    1. Zamonaviy bug’ presslari turlari va ularni ishlash tartibi to’g’irisida ma’lumaotlar to’plang


    Download 2,52 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




    Download 2,52 Mb.