• 2.3. Anzodazalar satxini o’lchash usullari.
  • 2.4. Gazlama sarfini normalash. 2.4.1Bo’rlamaga gazlama sarflash normasi
  • 2.4.2To’shamaga gazlama sarflash normasi
  • 2.4.3Texnik (o’rtacha) norma.
  • Mustaqil ish topshiriqlari
  • 3 - Ma’ruza. Mavzu: Gazlamalarni bichishga tayyorlash jarayonlari . Darsning maqsadi
  • Tayanch iboralar
  • Tayyorlov sexida texnologik jarayonining asosiy bosqichlar tasnifi.
  • 3.2. Materiallarni nuqsonini aniqlash.
  • Nuqson topish stanogi O’lchash stoli
  • 3.3. Materiallarni saqlash.
  • 3.4. To’shamalar uchun material tanlash va xillash.
  • 5. Gazlama to’pini hisoblash usullari.
  • Mustaqil ish topshiriqlari: 1.
  • 4 – Ma’ruza Mavzu: Gazlamalarni to’shash va bichish. Darsni maqsadi
  • 4.1. Bichuv sexida texnologik jarayon bosqichlari. Bichish sexi tikuvchilik ishlab chiqarishdagi eng muhim bosqich hisoblanib, u yerda
  • Bichish sexini boshqa sexlar bilan ishlab chiqarish aloqasi
  • Andozalar turi va ularni tayyorlashga qo’yiladigan talablar




    Download 2,52 Mb.
    bet2/141
    Sana24.03.2017
    Hajmi2,52 Mb.
    #1968
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141

    2 2. Andozalar turi va ularni tayyorlashga qo’yiladigan talablar.
    Tikuvchilik korxonalarining tajriba sexida yangi model uchun tavsiya etilgan hamma razmer-rostdagi andozalar tayyorlanadi. Andozalar asosan 3 turga bo’linadi: etalon andozalar, ishchi andozalar, yordamchi andozalar va qo’shimcha andozalar.

    Etalon andozalar asosan, nusxa ko’chirish va ko’paytish uchun ishlatiladi, ko’pincha ular originallar – asl nusxalar deb ham ataladi va hamma kiyimlar detallar konstruksiyasining etaloni hisoblanadi. Ishchi andozalar detallarni bichish bo’rlamalar tayyorlash uchun ishlatiladi, ular asosan 5 ta komplektda tayyorlanadi: 2 tasi tajriba sexida gazlama sarflash normasini aniqlash uchun, bittasi tayyorlov sexida bo’rlama tayyorlash uchun, ikkitasi bichish sexiga nuqsonli gazlamalarni bichish va bo’rlamalar uchib ketgan joylarni bo’rlash uchun ishlatiladi. Andozalar 0,9–1,2 mm qattiq kartondan tayyorlanadi. Yordamchi andozalar detallarni tikishga tayyorlayotganda bo’r yoki qalam bilan yordamchi chiziq o’tkazish va belgilar qo’yish uchun ishlatiladi.

    Lentali bichuv mashinasida kiyim detallarini tekislab qirqish uchun qo’shimcha andozalardan foydalaniladi.

    Andozalarni tayyorlashda ma’lum talablarga javob berish talab etiladi. Ular quyidagilardir:

    - andozalar tayyor bo’lib qirqilgandan so’ng, ularning cheti aylantirib tamg’alab chiqiladi;

    - andozaga gazlamani o’rish va arqoq iplari qanday yo’nalishda bo’lishi chiziladi;

    - hamma andozalarga modelning nomeri, o’lchami, bo’yib yoziladi

    - ishchi va yordamchi andozalarga texnik nazorat bo’limidan tekshirilib tamg’a qo’yiladi va ular oyda bir yoki ikki marta andoza bilan solishtirib tekshiriladi;

    - karton qurish natijasida kirishishi mumkin bo’lgani uchun italon andozalari ham chorakda bir marta o’lchash tabeliga asosan tekshiriladi.
    2.3. Anzodazalar satxini o’lchash usullari.
    Ma’lumki gazlama qiymati tikuvchilik mahsuloti tannarxining 80-90 % tashkil etadi. Mahsulot tannarxini kamaytirish ishlab chiqarish rentabilligini oshirish uchun, bichish paytida chiqindilarni kamaytirish va materiallarni tejash kerak.

    Gazlama shaklini tejash asosan, ma’lum fason uchun uning andozalari satxini to’g’ri o’lchashga bog’liqdir. Kiyim detallarining shakli ko’pincha Murakkab va egri chiziqli konturlaridan iborat. Uni satxini hisoblash ancha murakkab hisoblanadi.



    Andozalar satxini hisoblashning bir qancha usullari bor:

    1. Geometrik usul

    2. Andozalarni tarozida tortish usuli

    3. Aralash usul

    4. Pitra sepish usuli

    5. Fotoelektron mashinada hisoblash usuli.

    1. Geometrik usulda har qaysi andoza satxi mayda geometrik shakllarga bo’linib, ular aloxida hisoblab chiqiladi. Olingan natijalar yig’ilib, andoza satxi aniqlanadi. Ammo, bu usulda satxni o’lchash uchun ko’p vaqt ketadi. Olingan natija ham aniq bo’lmaydi.

    2. Andozalarni tarozida tortish usuli. Andozalar kartondan qirqib olingandan so’ng, ular og’irligi tarozida o’lchanadi. Tarozida tortib o‘lchashning ikki xil usuli bor:

    - absolyut og’irligini topish buning uchun kiyimning hamma andozalari alohida – alohida tortilib og’irliklari qo’shiladi.

    - nisbiy og’irligini topish uchun, hamma andozalar birgalikda o’lchanib, umumiy og’irlik aniqlaniladi. So’ngra, shu kartondan bir bo’lak, hajmi 10 sm x 10 sm ya’ni 100 sm2 qirqib olinib, uning ham og’irligi o’lchanadi va shu yuza og’irlikka nisbatan andozalar satxi quyidagi formula orqali aniqlanadi:


    Sa – andozalarning umumiy satxi

    Sb – karton bo’lagining satxi

    Qa – andozalrning umumiy og’irligi

    Qb – karton bo’lagining og’irligi

    Bu usul ancha oson va oddiy hisoblanadi, faqat natijalar aniq chiqishi uchun, barcha andozalar bir xil kartondan qirqilgan bo’lishi kerak.

    3. Aralash usulda andoza satxining katta qismi to’g’ri burchakli turtburchaklik satxi tarzida topiladi, egri chiziqli qismlarning satxi planimetr bilan o’lchab topiladi.

    Andozalar satxini fotoelktron mashinada hisoblash usuli maqsadga muvofiqdir. Bu uchun IL mashinasidan foydalaniladi. IL mashinada andozalar satxi yorug’lik turi yordamida, fotoelektron qurilmadan foydalanib o’lchnadi. Bunda, andozalar satxi bevosita o’lchanmay, balki surilib borilayotgan andoza yorug’lik yo’lini to’sgan vaqt mobaynida generator hosil qilgan impulslarni sanasi vositasi bilan hisoblanadi.

    Bichish ishlari bir qancha jarayonlardan iborat. Shuning uchun, bu jarayonlarning har qaysisi uchun alohida gazlama sarflash normasi belgilanadi. Bu normalar quyidagilardan iborat:

    1. Bo’rlama normasi - Nb

    2. To’shama normasi - Ntsh

    3. Texnik norma – Nt

    4. Fond normasi – Nf
    2.4. Gazlama sarfini normalash.
    2.4.1Bo’rlamaga gazlama sarflash normasi
    Bo’rlama normasi muayyan razmer – rostga yoki razmer rostlar birlashmasiga sarflanadigan gazlamani belgilaydi. Ushbu norma buyum kalkulatsiyasini hisoblashda gazlmaga buyurtma berishda gazlama sarfini texnik va fond normasi belgilashda qo’llaniladi.



    (1)

    Bunda: Fa – andozalar satxi m2

    Ch – andozalar orasidagi chiqindilar, % hisobida

    E – joylashmaning eni, m.

    Hisoblab aniqlangan bo’rlama normasi yordaqmida andozalarni tajribali (eksperemental) joylashtiriladi va xaqiqiy bo’rlama normasi belgilanadi. Andozalarni eksperemental joylashtirish 2 – 3 gazlama enida va 5 – 6 variantda bajariladi. Qolgan gazlama enlariga hisob yo’li bilan bo’rlama normasi aniqlanadi.

    Tikiladigan kiyim chiroyli chiqishi bilan birga, unga ketadgian gazlama ham tejamliroq sarf bo’lishi uchun andozalrni eksperemental joylashtirishda ma’lum qoidalarga rioya qilish kerak:

    1. Andozalarni gazlmaning o’rishi va arqog’i yo’nalishiga moslab joylashtiriladi.

    2. Joylashmadan oldin katta detallar andozalarini qo’yib, ular orasiga mayda detallar andozasini joylashtiriladi

    3. Guli bor tomonga qaragan, yoki tukli gazlamalarni bichishga mo’ljallangan joylashmada andozalar shunday joylashtiriladiki, kiyim detallaridagi gullar yoki tuklar bir tomonga qaragan bo’lsin. Kiyimdagi simmetrik joylashgan detallarning gullari bir xil joyga to’g’ri kelishi kerak.

    4. Bobrik, baxmal, yarimbaxmal, velvet kabi gazlamalardan tikiladigan kiyimlar barcha detallarning tuki yuqoriga yo’nalgan bo’lishi kerak.

    Baxmal, ola baxmal, duxoba - mayin, silliq, patli gazlama. Patlari tabiiy yoki sunʼiy ipakdan, zamini ip yoki kanopdan toʻqiladi. B. toʻqishda ikkita oʻrish ipi ishlatiladi: biri zamin, ikkinchisi esa pat hosil qiladi.

    5. Gazlamaning tuki uzun bo’lib, aniq bir tomonga taralgan bo’lsa, kiyim detallarida tuklar pastga qaragan bo’lishi kerak.

    6. Andozalarni joylashmada joylashtirilganda to’shamada gazlamani to’shash usuli hisobga olinadi.

    7. Joylashmada joylashtiriladigan andozalar qancha komplekt bo’lishiga va bichiqlar soniga ahamiyat beriladi.

    Andozalar orasidagi chiqindilar miqdoriga ta’sir etadigan omillar quyidagilardan iborat:

    1. Joylashmadagi andozalar komplektining soni (bir, bir yarim, ikki va undan ortiq komplekt).

    2. Gazlamaning to’shash usuli (yalang qavat, o’ngini o’ngiga qaratib va o’ngini pastga qaratib).

    3. Gazlamaning turi (sidirg’a, gullik yoki tukli).

    4. Joylashmaning eni.

    5. Andozalarni joytlashtirishda, gazlamaning tanda iplari yo’nalishiga nisbatan yo’l qo’yiladigan chetga chiqishlari, kiyim detallariga to’shadigan uloqlar soni.

    6. Joylashmadagi razmer - rostlar soni.

    7. Andozalarni shakli.

    Andozalar shakli eksperemental joylashtirilib, har ishchi andozalar orasidagi chiqindilar amalda necha foiz tashkil etishi aniqlanadi.


    (2)

    Bunda:


    Ch – andozalar orasidagi chiqindilar

    Fj – joylashma satxi, m

    Fa – andozalar satxi

    2.4.2To’shamaga gazlama sarflash normasi

    To’shamaga bo’lgan gazlama sarfi muayyan razmer va rostga yoki razmer rostlar birlashmasiga hisoblab aniqlanadi. Ushbu norma bitta buyumga sarflanadigan gazlama miqdorini nazorat qilib borishga va gazlama to’plarini miqdorini to’shamalarga hisoblash qo’llaniladi.


    Bunda:


    Ntsh – to’shamaga sarflanadigan gazlama normasi

    Nb – bo’rlamaga sarflanadigan gazlama normasi, m

    Chb – to’shama bo’yida chiqqan chiqindilar, m

    H – to’shamadagi qavatlar soni.

    K – to’shama qavatlaridagi seksiyalar tutashgan joylar soni

    0.02 – har bir to’shalgan joydan chiqindilar turli gazlamalar uchun turlicha belgilanadi.


    2.4.3Texnik (o’rtacha) norma.

    Yuqorida ko’rib chiqilgan gazlama normalari bir modeldagi buyumni hamma razmer – rostlariga gazlama sarfini belgilamaydi. Shuning uchun (o’rtacha) norma aniqlanadi.



    Bunda:


    Fao’r – bitta kiyim andozalarning o’rtacha satxi, m

    Cho’r – andozalar orasidagi chiqindilarning o’rtacha miqdori, %

    Chb – gazlamalarning to’shama enidagi chiqindilarining eng ko’p miqdori, %
    2.4.4 Fond normasi

    Bu model uchun texnik norma asosida assortimentga sarflangan gazlma normasini aniqlash mumkin va bu esa reja va haqiqiy buyumni tannarxini aniqlashga imkon beradi. Texnik norma asosida fond (buyurtma) normasi aniqlanadi



    Bunda:


    Nf – gazlama sarflash fond normasi

    Nt – muayyan kiyim turi uchun o’rtacha texnik norma, m

    Pk – noratsional qoldiqlar (yaroqsiz lahtaklar), %
    Nazorat savollari:

    1. Tajriba sexida konstruktor – modelyerning vazifasi.

    2. Tajriba sexida gazlamani qanday normalaydi?

    3. Tajriba sexida andoza yuzasi qanday o’lchanadi?

    4. Tajriba sexi guruhlarini ta’riflang.

    5. Andozalar tayyorlash texnik shartlari va qo’llanadigan asbob uskunasi.

    6. Andozalar turi

    7. Andozalarni eksperemental joylamalarda joylashtirish texnik shartlari

    8. Normalar turi va ularning qo’llanish doirasi.
    Mustaqil ish topshiriqlari:

    1. Mustaqil ravishda andozalar satxini hisoblash usullari va o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida ma’lumotlar to’plang



    Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
    1. M.Sh. Jabborova “Tikuvchilik texnologiyasi” Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. Toshkent “O’qituvchi” 1989 y.

    2. M.Sh. Jabborova “Tikuvchilik texnologiyasi” Toshkent. “O’zbekiston” 1994 y.

    3. A.T.Truxanova “Tikuvchilik texnologiyasi asoslari” T. “O’qituvchi” 1997 yil

    4. I.N.Litvinova, Ya.A.Shaxova. “Ayollar ustki kiyimini tikish” Toshkent “O’qituvchi” 1997 yil


    3 - Ma’ruza.

    Mavzu: Gazlamalarni bichishga tayyorlash jarayonlari.
    Darsning maqsadi: Tikuvchilik korxonalarida gazlamalarni bichishga tayyorlash jarayonlari bosqichlari va ularning mazmuni bilan tanishish ,zarur nazariy bilimlarni egallash va amaliy ko’nikmalarni mustahkamlashdan iborat.
    Tayanch iboralar: qoldiqsiz bichish, konfeksion xarita, gazlamalarni xillash, materiallar o’rovini ochish

    Reja:
    3.1.

    Xarita (yun. chartes - varaq yoki xat yoziladigan papirus), karta - Yer yuzasi, boshqa osmon jismlari yoki kosmik fazoning matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri. Qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obʼyektlar koʻrsatiladi (q. Geografik xaritalar, Xaritagrafiya)

    Tayyorlov sexida texnologik jarayonining asosiy bosqichlari tasnifi.

    3.2. Materiallarni nuqsonini aniqlash.

    3.3. Materiallarni saqlash.

    3.4. To’shamalar uchun material tanlash va xillash.

    3.5. Gazlama to’pini hisoblash usullari.


      1. Tayyorlov sexida texnologik jarayonining asosiy bosqichlar tasnifi.

    Tikuvchilik ishlab chiqarishda gazlamalarni bichishga tayyorlash tayyorlov sexida amalga oshiriladi.

    Tayyorlov sexidagi ishlab chiqarish jaroyoni quyidagi operatsiyalarga bo’linadi; materiallarni hujjatlar va o’rovlar batartibligini tekshirib qabul qilish, materiallar o’rovini ochish, materiallarni saqlash; materiallarnng miqdori va sifatini baholash ,(gazmollar uzunligini, kenligini o’lchash, nazorat qilish) ko’zdan kechirilgan materiallarni asrash; konfeksiyalash; gazlama to’plamlarini qoldiqsiz bichish uchun hisoblash ,bichish sexiga jo’natish uchun materiallarni komplektlash.

    Tayyorlash sexi o’rov ochish bo’limi va nuqson topish va o’lchab kurish bo’limlaridan iborat bo’ladi. O’rov ochish bo’imiga savdo bazaliridan, yoki to’qimachilik firmalaridan, tuzilgan shartnomalarga binoan, kerakli materiallar ilova hujjatlari bilan birga kelib to’shadi. Kelgan materiallar butligi va miqdori hujjatlarga muvofiq tekshiurib chiqiladi. Keyin o’rovi ochilgan materiallarni yorliqlarini tashqariga qaratib, tahlab tagliklariga yoki konteynerlarga joylanadi; tagliklar yoki konteynerlar sex ichida elektir tahlagich ko’chma tallar va h.k yordamida korhona hududida esa akumuliyatorli aravachalar, yakka izli yo’lda yo’radigan eliktr yuk ortgichlar yordamida tashiladi.


    3.2. Materiallarni nuqsonini aniqlash.
    Asosiy materiallarning nuqsonini topish va ularni o’lchab ko’rish parallel tarzda, ya’ni bitta ish o’rnida – nuqson topish- o’lchash mashinasida, yoki birin – ketin nuqson topish mashinasida va uch metrli o’lchash stolida bajariladi.

    Astarlik va yordamchi materiallardan nuqson topish va ularni o’lchab ko’rish faqat parallel tarzda – nuqson topish - o’lchash mashinasida bajariladi. 1 – rasm

    Nuqson topishda dastgoh ekrani derazaga qaratib qo’yiladi va gazlama to’pining uzunasi bo’ylab dog’lar, torayib qolgan joylar, turli bo’yalib qolgan joylar va boshqa nuqsonlar aniqlanib, nuqsoni bor joyga bo’rda belgi qo’yiladi, gazlama milkiga esa rangli ip osib qo’yiladi.

    Uch metrli o’lchash stoli tomiga uchta o’lchash chizg’ichi montaj qilingan bo’lishi kerak; ikkitasi stolning uzinasiga, bittasi gazlama enini o’lchash uchun ko’ndalangiga. Materiallarni qiyshaytirmay, burishtirmasdan va tortib yubormay, mexanik usulda stol ustida surib buriladi va nayga o’rab turiladi.





    Nuqson topish stanogi




    O’lchash stoli


    To’p uzunligini, uning ichki ichidan boshlab o’lchanadi - shunda o’ralgandan keyin yorliq tashqarida qoladi. Material enini milki bilan qo’shib, har uch metrda 1 mm gacha aniqliq bilan o’lchanadi. Hamma enlar ichida eng ko’p uchraydigani asosiy qilib olinadi, juda torayib va kengayib qolgan joylarini esa, bichayotganda ularni hisobga olish uchun, belgilab qo’yiladi. Material bo’yi va eni haqidagi ma’lumotlar to’pning ikki nushada toldiriladigan pasportiga yoziladi. Pasportning birinci nushasiga material namunasi chatilib, hisoblovchiga beriladi. Ikki nusha material to’piga chatiladi.



    3.3. Materiallarni saqlash.
    Materiallarni saqlashda, gazlama to’plarini saqlash uchun tezroq joylash va to’shama uchun tezroq olish maqsadida ombor sathidan to’laroq foydalanish kerak.

    2 – rasm. Gazlamalarni saqlash:



    a - ko’p qavatli javonlarda




    в – elevatorlarda

    Materiallar saqlashning yangi usullaridan biri – elevator usuli bo’lib, bunda gazlamalar boshqaruv pultidan aftomatik tarzda ortiladi va tushiriladi. Bu usul og’ir mehnatni mexanizatsiyalash imkonini beradi va muayyan hisobga tushgan gazlama to’pini tezroq topishga yordam beradi.


    c – baraban tipdagi mexanizatsiyalangan javon


    Materiallar, shamollatiladigan quruq xonada isitish asboblaridan kamida 1 metr narida saqlanadi.

    Metr (belgilanishi: m; grekcha μέτρον - o'lchov) - SI dagi uzunlik o'lchov birligi. 1 metr - yorug'lik nurining vakuumda, 1/299 792 458 soniya ichida bosib o'tgan masofasiga teng.

    Xonadagi havoning nisbiy namligi – 60 - 65 % harorati esa 16 – 20 oC bo’lishi kerak. Materiallarni changdan, quyosh nuri to’g’ri tushishidan, kuyadan va iflos bo’lishidan ehtiyor qilinadi.

    3.4. To’shamalar uchun material tanlash va xillash.
    To’shama deb, biror sathga ustma-ust to’shab qo’yib, o’zaro perpendikulyar tomonlari tekislangan va qirqilishga mo’ljallangan bir necha gazlama qavatlariga aytiladi.

    Tayyorlov sexida materiallarning eniga qarab to’shama uchun materiallar tanlanadi. Bunday tanlash to’plamlarning pasportlariga binoan, qoldiqsiz bichishini hisobga olib, korxonada amalda bo’lgan me’yorlarga rioya qilib amalga oshiraldi.

    To’plarni hisoblash oldidan tayyorlov ishlari o’tkariladi. Bichish topshirig’iga muvofiq to’shamalar soni va balandlik belgilanadi. To’shaladigan materiallar turi va assortimenti konfeksiyon xaritalarda so’rsatilgan bo’ladi.

    Konfeksion xaritani tayyorlov sexida konfeksionir tuzadi va korxonani bosh muxandisi tasdiqlaydi.


    3.5. Gazlama to’pini hisoblash usullari.
    Gazlamani bichish jarayonida ko’p gazlamadan noratsional qoldiqlarini va gazlamani to’shashda gazlama chiqindilarini kamaytirish maqsadida gazlama to’plarini to’shamalarga hisoblanadi. Ushbu hisoblash “qoldiqsiz hisoblash”, ya’ni ko’p “to’shamali hisoblash” deb nomlanadi. Chunki,gazlama to’plarining uzunligi bir nechta har xil uzunlikdagi to’shamalarga hosoblanadi. Bunda to’shamalarni uzunligi bir- biridan 8-10 sm ortmasligi kerak. Gazlama to’plarini to’shamalarga hisoblaganda bitta hisob kartasiga 7-8 har-xil uzunlikdagi to’shamalar kiritiladi. Ushbu to’shamalar asosiy va qo’shimcha to’shamalarga bo’linadi. Asosiy to’shamalarda bir nechta razmer-rost birlashtirilib, bichishga mo’ljallangan bo’lsa, qo’shimcha to’shamalarda muayyan bitta razmer-rost buyumlarni bichishga mo’ljallangan.

    Gazlama to’pini to’la xisoblash quyidagi tenglama talabiga javob berishi kerak:



    Bunda:


    L – gazlama to’pining uzunligi (m),

    l1, l2.....ln – to’shamalar uzunligi (l)

    n1, n2….nn – to’shama uzunligidagi qavatlar soni

    ly.q – gazlama to’pida yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan 10 – 15 sm ga teng laxtak (qoldiq).

    Gazlama to’plarini hisoblash qo’lda (kalkulyator va yordamchi jadval yordamida) yoki EHM da bajarilishi mumkin. Buning uchun “Kashtan” va “Razdan” EHM mashinalari tavsiya etiladi.

    Ayrim korxonalarda hisob xaritasiga asosan gazlama to’plarini to’shama qavatlar uzunligida qirqib olinadi. Har bir to’shamaga mo’ljallangan qavatlar alohida – alohida aravacha – konteynerga solinadi. Bu asosan MPM mashinasida bajariladi.

    Bo’rlama va gazlama qavatlari solingan aravachalar bichish sexiga uzuatiladi.

    Nazorat savollari:.

    1. Tayyorlov sexining asosiy vazifalari.

    2. Gazlamalarni nuqsonini aniqlash.

    3. Galzmalarni saqlash qurilmalari.

    4. Gazlamalar nuqsonlarini aniqlash asboblari.

    5. Gazlamalarni xillashda rioya qilinadigan shartlar.

    6. Gazlamalarni to’shamaga mo’ljallab hisoblash qoidalari.

    7. Konfeksion xaritani mazmuni.


    Mustaqil ish topshiriqlari:

    1. Mustaqil ishlash uchun uyga topshiriq beradi: O’tilgan mavzu bo’uicha B-B-B jadvalini to’ldirib kelish.
    Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
    1. M.Sh. Jabborova “Tikuvchilik texnologiyasi” Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. Toshkent “O’qituvchi” 1989 y.

    2. M.Sh. Jabborova “Tikuvchilik texnologiyasi” Toshkent. “O’zbekiston” 1994 y.

    3. A.T.Truxanova “Tikuvchilik texnologiyasi asoslari” T. “O’qituvchi” 1997 yil

    4. I.N.Litvinova, Ya.A.Shaxova. “Ayollar ustki kiyimini tikish” Toshkent “O’qituvchi” 1997 yil


    4 – Ma’ruza

    Mavzu: Gazlamalarni to’shash va bichish.
    Darsni maqsadi: Tikuvchilik korxonasi bichuv bo’limida bajariladigan ishlar ,ularning mazmuni bilan tanishish ,zarur nazariy bilimlarni egallash va amaliy ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
    Tayanch iboralar: to’shama, bichiq, furnitura, marshurt varaqa, bo’rlash, tovar yorlig’i ,nazorat yorlig’I, hisobxaritasi , bichish xaritasi, ketma-ket to’shash, parallel to’shash, to’shamani tamg’alash, yorliql
    Reja:
    4.1. Bichuv sexida texnologik jarayon bosqichlari.

    4.2. Gazlmamalarni to’shash usullari.

    4.3. To’shamalarni bichish bosqichlari

    4.4. Bichish sexining yakunlovchi texnologik operatsiyalari.


    4.1. Bichuv sexida texnologik jarayon bosqichlari.
    Bichish sexi tikuvchilik ishlab chiqarishdagi eng muhim bosqich hisoblanib, u yerda muljallangan sifatdagi kiyim tikishga asos solinadi.

    Yer - Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi.

    Bichish sexida quyidagi ishlar amalga oshiriliadi:

    - gazlamalarni to’shash, bo’rlash;

    - to’shamani tamg’alash;

    - kiyim detallarini bichish;

    - bichig’ detallarini nomerlash va komplektlash;

    - ranglar ketma –ketligi talonlarini osish;

    - bichiq pachkalarni saqlash va tashish;

    - marshurt varaqalarini rasmiylashtirish;

    - tovar yorlig’ini va nazorat yorlig’ini to’ldirish;

    Bichish sexi gazlamalar to’plamini va bivhish uchun xujjatlarni (hisob va bichish xaritasini) tayyorlov sexidan, kerakli miqdorda furniturani furnitura omboridan, asbob uskuna, extiyot qismlari va yordamchi moslamalarni bosh mexanik bo’limidan va texnik xujjatlar, andozalar, gazlama sarfi va joylama nusxasini tajriba sexidan qabul qilib oladi.

    Bichish sexini boshqa sexlar bilan ishlab chiqarish aloqasi











    Download 2,52 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




    Download 2,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andozalar turi va ularni tayyorlashga qo’yiladigan talablar

    Download 2,52 Mb.