• 18.5 Bort ziylariga ishlov berish usullari.
  • Mustaqui ish topshiriqlari
  • 19 – Ma’ruza. Mavzu: Ustki kiyimlar yoqalarini tikish. Dars maqsadi
  • 19.1. Ustki kiyimdagi yoqalar turlari. Yoqa tayyorlash bosqichlari.
  • 19.2.Ustki yoqani ostki yoqaga ulash.
  • 19.3.Yoqani yoqa o’miziga qo’yma chok bilan otqazish.
  • Ko’tarmasi bilan qaytarmasi yaxlit bichilgan yoqani tikish va uni yoqa o’miziga o’tqazish.
  • Mustaqil ish topshiriqlari: 1.
  • 20 – Ma’ruza Mavzu: Ustki kiyimlar yenglarini tikish . Dars maqsadi: Ustki kiyimlar yenglari
  • 20.1. Yenglarning turlari, yeng astarini tayyorlash. Yeng asrasining pastgi qismiga ishlov berish.
  • Yeng astarini tayyorlash. Yeng asrasining pastgi qismiga ishlov berish
  • 20.2 Kesimli yenglarga ishlov berish.
  • Kesimsiz yengga ishlov berish
  • 20.3. Yengni yeng o’mziga o’tkazish.
  • 21 – Ma’ruza Mavzu: Astar, isituvchi qatlam tayyorlash va ularni avraga ulash. Dars maqsadi
  • 21.1. Tagliklar tayyorlash.
  • Ort yelka tagliklarni, tepa yelka tagliklarini va qiyma tegliklarni qiymaga qo’yish.
  • 21.2. Astar tayyorlash va uni kiyim avrasiga ulash.
  • 21.3.Isituvchi qatlam tayyorlash va uni kiyim avrasiga ulash.
  • 21.4.Kiyim astarini avraga ulash.
  • Astarning etagi avraga ulanadigan kiyimlarda
  • Astarning etagi ulanmaydigan kiyimlarga
  • Mustaqil ish topshiriqlari
  • Old bo’lakka adipni ulash usullari




    Download 2,52 Mb.
    bet9/141
    Sana24.03.2017
    Hajmi2,52 Mb.
    #1968
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   141

    18.4. Old bo’lakka adipni ulash usullari.
    Bortga ishlov berilayotganda adip bilan old bo’lak oldindan ko’klab olib yoki ko’klanmay bir-biriga ulanishi mumkin. Oldindan ko’klab ulash uchun, adip old bo’lak bortining chetiga ularning o’ngi bir-biriga qaratib qo’yiladi. adip old bo’lak bortining qirqimidan 1,2-1,5 sm, yelka qirqimidan 0,8-1 sm chiqarilib, oson so’tiladigan baxyaqatorlar maxsus mashinada ko’klanadi. Bunda ko’klaydigan baxyaqator bort va adip qaytarmasining qirqimlaridan 1,5-2 sm naridan o’tadi; adipda adip qaytarmasining uchlarida taxminan 0,5-0,7 sm, adip qaytarmasining boshqa joylarida 0,4-0,5 sm izmalar orasida 0,2 sm solqilik hosil qilinadi, bortning pastgi burchagi old bo’lagida esa 0,2-0,3 sm solqilik hosil qilinadi.

    Adip qo’lda ko’klanishi ham mumkin. Bunda sidirg’a gazlamalarga qiyalama, gulli gazlamalarga esa to’g’ri ko’k solinadi (qaviqning yirikligi adip qaytarmasi bilan bort uchlarida 0,7 sm, boshqa joylarda esa 1,5-2 sm) . Adip old bo’lakka ko’klanayotganda ikkala old bo’lak bilan adipning yo’llari yoki gullari ularning ziylariga aniq parallel bo’lishi va ikkala old bo’lakning yo’llari yoki gullari bir-biriga mos kelishi kerak.

    Kiyim tayyor bo’lganda burchaklari aniq chiqishi uchun yordamchi andaza qo’yib adip qaytarmasi bilan bort uchlaridagi ag’darma chok chozoqlari belgilab tikiladi. Bort old bo’lak tomondan ag’darma chok bilan tikiladi. bund abort etagidagi va adip qaytarmasidagi uchlar belgilangan chiziqlar bo’ylab tikiladi, boshqa qirqim yonida esa adip qaytarmasida uqaning tashqi joylariga, bortda uqadan 0,15- 0,2 sm narida chok solinadi.

    Bortning pastki uchi ag’darma chok bilan tikilayotganda baxyaqator etakning bukish chiziqdan 0,1-0,5 sm pastroq yuritilib, kertikka 0,1-0,2 sm yetqazilmaydi va shu bilan birga adip old bo’lakning bukish haqida 0,5 sm kenglikda chok hosil qilib ulanadi.


    18.5 Bort ziylariga ishlov berish usullari.
    Bortga bezak baxyaqatorli ishlov berilsa, bort va adip qaytarma uchlari o’ngiga ag’dariladi va bort bilan etak ziylariga pirovard shakl berish uchun, shuningdek, bu shaklni vaqtincha saqkab turish uchun, bort bilan adip qaytarmasi ziylarini ko’klanadi, kiyim etagi esa bukib ko’klanadi. Ziylar maxsus mashinada ko’klanadi. Adip qaytarma ziylari old bo’lak tomondan ko’klanadi. Etak, bukish haqi tomondan belgi chiziq bo’ylab bukib ko’klanadi. Ort bo’lak kesimli bo’lsa, kesim burchaklarini ham ziyi ko’klanadi. Ziy ko’klanayotganda adip qaytarmasida 0,1-0,15 sm kenglikda adipdan, bortlarda 0,1-0,2 sm kenglikda old bo’lakdan kant hosil qilinadi. Taqilmasi yuqorigacha yetadigan kiyimlarda old bo’laklardan 0,1-0,2 sm kenglikda kant hosil qilib, adip tomondan bort ziylari ko’klanadi. Adipning ichki cheti maxsus mashinada, qirqimidan 2-3 sm masofada baxyaqator yuritib old bo’lakka ilintirib ko’klanadi.

    Bort ziyiga yolg’on qaviq bilan ishlov berishda, ziy yashirin baxyali maxsus mashinada, qo’lda yashirin qaviq bilan yoki yelim plyonka bilan mahkamlanadi. Bu operatsiya bort ziyi ko’klanganda, hamda kiyim etagi bukib ko’klangandan keyin bajariladi.

    Ziy yelim plyonka bilan ishlanganda ,old bo’lak teskarisiga uning ag’darma chokidan 0,1 sm masofada yelim plyonka qo’yiladi. Buning uchun ,bort ag’darma chok bilan tikilayotganda, kengligi 0,3-0,4 sm chok haqi qoldiriladi. Kiyim etagining teskarisiga uning bukish haqi chizig’idan bukish haqi tomondan 0,1 sm qoldiriladi. Kiyim etagining teskarisiga, uning bukish haqi chizig’idan bukib ko’klangandan keyin maxsus mashinada yoki qo’lda yolg’on qaviq solinadi.

    Bort ziyiga o’rgimchak uya yelimli material qo’yib ishlanganda, bort bilan adip uchlari o’ngiga ag’darib to’g’rilanadi. Bort bilan adip qaytarmasi ziylarini ko’klayotganda, kengligi 1-1,5 sm bo’lgan o’rgimchak uya yelimli materialni chok haqi tagiga qo’yib ketiladi.

    Bort chetlari dazmollangan paytida, bu yelimli material asosiy materialga yopishtirib bort ziylarini va etak bukish haqini mahkamlaydi.

    Bortning chetlariga uzil-kesil shakl berish uchun namlab-isitib ishlov beriladi. Kiyim chetlari bo’lib-bo’lib presslanadi. Adip qaytarmasi old bo’lak tomondan, bort esa adip tomondan taqilma yuqori izmasidan boshlab, kiyim etagigacha presslanadi. Bortning bezak baxyaqatorini yoqasi avrali gazlamadan bo’lgan kiyimlarda kiyimga yoqa o’tkazikgandan keyin ,ayni vaqtda bortni, adip qaytarmasini yoqaning cheti bo’ylab yuritish, mo’yna yoqali kiyimlarda esa yoqaning kiyimga o’tkazishdan oldin yuritish tavsiya etiladi.



    Nazorat savollari:

    1. Bort tikish bosqichlari.

    2. Bort qotirmasini ko’klab ulash usulini mazmuni.

    3. Bort qotirmasini tayyorlash usullari.

    4. Bort qotirmasini yelimlab ulash usulidan foydalanib tayyorlashning avzalliklari.

    5. Adip tikish usullari.

    6. Bort ziylariga qanday ishlov beriladi ?



    Mustaqui ish topshiriqlari:

    1. Bort ziylariga ishlov berish usullarini mustaqil o’qing .


    Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
    1. M.Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1994 y. 98-121 betlar.

    2. M. Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1977 y. 217-220 betlar.



    19 – Ma’ruza.

    Mavzu: Ustki kiyimlar yoqalarini tikish.

    Dars maqsadi: Ustki kiyimdagi yoqalar turlari, ularni tayyorlash bosqichlari va tikish texnologiyasini o’rganish.

    Tayanch iboralar: ostki yoqa,ustki yoqa, maxsus taxta qolip, qo’yma chok
    Reja:
    19.1.Ustki kiyimdagi yoqalar turlari. Yoqa tayyorlash bosqichlari.

    19.2.Ustki yoqani ostki yoqaga ulash

    19.3.Yoqani yoqa o’miziga qo’yma chok bilan o'tqazish.
    19.1. Ustki kiyimdagi yoqalar turlari. Yoqa tayyorlash bosqichlari.
    Kiyimning nimaga mo'ljallanganiga va fasoniga qarab har xil konstruktsiyali yoqalar bo'ladi. Ustki kiyim yoqalari qaytarmali, ustki yoqasi adipning ustki qismi bilan birga yaxlit bichilgan, mo’ynali va tikishbob konstruksiyali bo’lishi mumkin.

    Yoqani tayyorlash va ulash 3 bosqichdan iborat:

    -ostki yoqani tayyorlash,

    -ustki yoqani tayyorlash,

    -ostki va ustki yoqani biriktirib o'mizga o'tqazish.

    Ostki yoqa ikki yoki to’rt qismdan iborat bo'ladi. Ostki yoqa qismlari bir-biriga qirqimlarini to’g’rilab ulanadi. Bunda ,choklar kengligi 0,5-0,7 sm, o'rta chokning kengligi esa 1sm bo'ladi. Ko'tarmasi alohida bichilgan yoqalarda ostki yoqa qismlari ulab bo'lingandan keyin yoqa ko'tarmasi ulanadi. Choklarni pressda yorib dazmollash bilan bir vaqtda, umuman ostki yoqa dazmollanadi yoki choklarni yorib mashinada ikkala tomonida bittadan ikkita to’g’ri baxyaqator yuritib yorma chok hosil qilinadi.

    Ostki yoqa bilan yoqa qotirmasi yelimlab yopishtirish usulida ulanayotgan bo'lsa, pressning ostki yostig'i ustiga ostki yoqa, uning o'nggi pastga qaratilib qo'yiladi. Uning ustiga yoqa qotirmasi yelim kukunli tomoni pastga qaratilib qo'yiladi. Ostki yoqa, yoqa o'miziga biriktirma chok bilan ulanadigan bo'lgani uchun, yoqa qotirmasi yoqa ko'tarmasining qirqimiga 1-1,1 sm yetmaydigan qilib qo'yiladi. Agar yoqa o'mizga bostirma chok bilan ulanadigan bo'lsa, 0,1-0,15 sm yetkazilmaydi. Shundan keyin, ostki yoqa bilan yoqa qotirmasi presslab yopishtiriladi.

    Ayollarning jun gazlamadan tikiladigan paltolarida, jaketlarida yumshoqroq yoqa mo'ljallangan bo'lsa, ostki yoqa yashirin baxyali maxsus mashinada qaviladi. Erkaklarning va o'g'il bolalarning qishlik kiyimlarida mo'yna yoqa mo'ljallangan bo'lsa, ostki yoqa ustiga paxta solinadi.

    Paxta, chigitli paxta - gʻoʻzaning tola va chigitdan iborat asosiy mahsuloti. Paxta tozalash korxonasida P.ga dastlabki ishlov berish jarayonida chigitdan, avval, toʻqimachilik sanoatining ehtiyoji uchun asosiy mah-sulot - tola (uz. 20 mm dan uzun)

    Ko'tarma qismidagi paxta qatlami qaytarmadagiga nisbatan yupqaroq bo'lishi kerak. Paxta ustiga qirqimlari to’g’rilanib qotirma qo'yiladi. Maxsus mashinada ostki yoqaning o'nggidan, uning qirqimidan 0,7 sm masofada gir aylantirib bostirib ko'klanadi.

    Ostki yoqa dazmolda yoki pressda dazmollanib, konstruktsiyaga muvofiq shakl beriladi. Ustiga andaza qo'yib bo'rlanadi va qirqimlarini aniqlab qirqish bilan bir vaqtda yoqa ko'tarmasida bir necha kertik hosil qilib, yoqa o'miziga ulash joyi belgilab olinadi.
    19.2.Ustki yoqani ostki yoqaga ulash.
    Ustki yoqa va ostki yoqa ag'darma chok bilan ulanadigan bo'lsa, ular teskari tomonlari tashqariga qaratib juftlanadi. Bunda, ustki yoqa ostki yoqaga nisbatan yon tomonlarda 0,3-0,4 sm, qaytarma qirqimi bo'ylab esa 0,7 sm ortiqroq chiqib iurishi kerak. Ustki yoqa, ostki yoqaga, yoqa uchlarida 0,5-0,6 sm salqi hosil qilib, bostirib ko'klanadi. Salqi dazmollab kirishtiriladi. Andaza qo'yib ag'darma chok chizig'i belgilab olinadi. Yoqa ostki yoqa tomondan mashinada ag'darma chok bilan tikiladi. Ag'darma chok dazmol yoki pressda yorib dazmollanadi. Yoqa burchaklarida 0,2-0,3 sm chok haqi qoldirib, ortiqchasi kesib tashlanadi. Yoqa o'nggiga ag'dariladi. Burchaklari to’g’rilanib, ostki yoqa tomondan maxsus mashinada ustki yoqadan 0,1-0,2 sm kant hosil qilib, ziylari ko'klanadi.



    50 - rasm. Ostki yoqani tikish




    51 – rasm. Avralik gazlamadan bichilgan ustki yoqaga ostki yoqani ulash


    19.3.Yoqani yoqa o’miziga qo’yma chok bilan o'tqazish.
    Bunda, oldin ustki yoqa ostki yoqa ko'tarmasi qirqimiga to’g’rilanib, ustki yoqaning o'rtasidan 0,5-1 sm dan boshlanib, raskeplar tomonlari yo'q bo'lib ketadigan bukish haqi qoldirib, aniqlab qirqiladi. Yoqa to’g’ri o'tqazilishi uchun ostki yoqada nazorat chiziqlar bo'rlanadi, ustki yoqada esa kertmalar hosil qilinadi. Adipning o'ngida va ustki yoqaning teskarisida raskep chiziqlarni belgilab, raskep uchlariga ko'ndalang chiziqlar qo'yiladi. Bo'rlangan chiziqdan boshlab 1sm kenglikda chok haqi qoldirib adip va yoqa to’g’rilab qirqiladi. Raskeplar biriktirma chok bilan tikiladi va yorib dazmollanadi. Ostki yoqa esa, uning o'rta choki ort bo'lak o'rta chokiga yoki kertimlar bir-biriga to’g’rilanib, 1 sm chok kengligida yoqa o'miziga biriktiriladi.

    Chok dazmolda maxsus taxta qolipga qo'yib yoki pressda yorib dazmollanadi. Raskep chok haqi ostki yoqa biriktirma choki haqiga qo'lda yoki mashinada puxtalanadi.

    Erkaklar kuylagi yoqalari turli xil :qaytarmali,ko’tarmali qaytarmali, tik, ko’tarmasibilan qaytarmasi yaxlit bichilgan bo’lishi mumkin.

    Ko’tarmasi bilan qaytarmasi yaxlit bichilgan yoqani tikish va uni yoqa o’miziga o’tqazish.

    Ustki yoqaga yoqa qattiqroq bo’lishi uchun qotirma material yopishtiriladi yoki qo’shimcha qatlam qo’yiladi.

    Qaytarmasi bilan ko’tarmasi yahlit bichilgan yoqa, ag’darma chok bilan tikib olingandan keyin qo’shimcha qatlamga yoqa qaytarmasining ko’tarmaga o’tish chizig’i bo’ylab, yoqa uchlariga 3-4sm yetmaydigan qilib yelim uqa qo’yiladi.Burchak joylarda 0,3sm chok haqi qoldirib, ortiqchasi kesib tashlanadi. Yoqa o’ngiga ag’dariladi va uning uchlari maxsus moslama yordamida to’g’rilanib, ustki yoqa tomondan 0,1sm ziy chiqarib dazmollanadi.

    Ustki yoqa qo’shimcha qatlam bilan birga yoqa o’miziga o’tqaziladi. Ostki yoqaning pastki cheti 0,7sm buklanadi va ustki yoqa o’tqazilgan chokni yopadigan qilib, buklangan ziyidan 0,1sm masofada bostirib tikiladi.


    Nazorat savollari:
    1.Ustki kiyimdagi yoqalar turlari.

    2.Yoqa tayyorlash bosqichlari.

    3.Ustki yoqani ostki yoqaga ulash tartibi

    4. Yoqani yoqa o’miziga qo’yma chok bilan o'tqazish usuli.


    Mustaqil ish topshiriqlari:

    1. Ustki yoqani ostki yoqaga ulash usullarini izohlang va qaysi usul nima uchun afzal ekanini asoslang.
    Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
    1. M.Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1994 y. 98-121 betlar.

    2. M. Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1977 y. 217-220 betlar



    20 – Ma’ruza

    Mavzu: Ustki kiyimlar yenglarini tikish.
    Dars maqsadi: Ustki kiyimlar yenglari turlari,] va ularga ishlov berish usullari, yengni yeng o’mziga o’tkazish texnologiyasi bilan tanishish .
    Tayanch iboralar: o'tqazma yeng, reglan yeng, yaxlit bichilgan yeng, kombinatsion yeng, bostirma chokli yeng,
    Reja:

    20.1. Yenglarning turlari, yeng astarini tayyorlash. Yeng asrasining pastgi qismiga ishlov berish

    20.2. Kesimli va kesimsiz yenglarga ishlov berish.

    20.3. Yengni yeng o’mziga o’tkazish


    20.1. Yenglarning turlari, yeng astarini tayyorlash. Yeng asrasining pastgi qismiga ishlov berish.
    Konstruktsiya jihatdan yenglar o'tqazma, reglan, yaxlit bichilgan va kombinatsion yenglarga bo'linadi. Yeng uzunasidagi choklar soni bo'yicha: yakka chokli yeng, ikki chokli yeng va uch chokli yenglarga bo'linadi. Modelda mo'ljallanganiga muvofiq yeng uchi xlyastikli, bo'rtma chokli, manjetsiz, o'tqazma manjetli, qaytarma manjetli, astarli yoki astarsiz bo'lishi mumkin.

    Yeng astarini tayyorlash. Yeng asrasining pastgi qismiga ishlov berish Yeng astari ustki va ostki qismdan iborat bo'lib, ulardagi uloqlari 0,7 sm kengligida ulanib old va tirsak qirqimlari 1 sm chok kengligida biriktirib tikiladi. Uloq biriktirma choklari asosiy detal tomon yotqizib dazmollanadi va old va tirsak choklari ostki yeng tomon qaratib dazmollanadi. Tayyor yeng astarini yeng avrasi uchidagi bukish haqiga kiygiziladi, yeng choklari va qirqimlarini bir-biriga to’g’rilanadi va 0,7-1 sm chok kengligida avra tomondan yelim qotirma bo'rlab biriktiriladi. Yeng uchidagi astarni avraga biriktirilgan chok avradagi ----- chok haqiga u/m yoki m/m da puxtalanadi. Yeng o'ngiga ag'dariladi, astarlari to’g’rilanadi, yeng uchidagi ko'klash iplaridan tozalanadi va tayyor yeng dazmollanadi.

    Yeng avrasining old qirqimlari sutki bo’lak bo’ylab, ostki bo’lak kertimlar orasida 0,3-0,5 sm solqi hosil qilib biriktirib tikiladi. Bostirma chokli yenglarning old qirqimlari yeng uchidan boshlab 12-18 sm uzunlikda biriktirib tikiladi, qolgan qismi esa tirsak choki bostirib tikilgandan keyin tikiladi. Yeng old choki yorib dazmollanadi, yordamcho andoza qo’yib yengning o’ngida ueng uchini bukish chziig’i, yengning teskarida esa, kesim joyi belgilanadi.








    52 – rasm. Yeng uchiga qotirma qo’yish 53-rasm.Kesimli tengni tikish.

    a – qotirmaning bir tomoniga yelim kukun qoplangan, b – yelim qotirmali, v – yelim ipli, g – kolinkor qotirmali

    a – kesmimi ag’darma chokli yenglar, b – ochiq kesmili yenglar, c – ochiq kesimli yenglar

    Yeng uchiga qptirma yelim yopishtiriladigan bo’lsa uning yuqori qirqimidan 0,2 sm narida yelim ip qo’yib, avraning teskarisiga dazmolda yoki pressda yopishtiriladi. Qotirmaning bir tomoniga yelim kukun qoplangan bo’lsa, uni yengning bukish haqini bukib pressda dazmollanayotganda qo’yib yopishtiriladi.


    20.2 Kesimli yenglarga ishlov berish.
    Kesimi ag’darma chokli yenglarning tirsak choklari tikilayotganda kesim qirqimlari ham 0,5 sm kenglikda chok hosil qilib biriktiriladi.

    Yeng ost bo’lagidagi kesim chok haqining yuqori va pastgi burchaklari baxyaqatorga 0,1 sm yetkazmay kertib qo’yiladi. Tirsak choki yorib dazmollanadi.

    Ochiq kesimli yenglar tayyorlashda ust bo’lag kesim haqqini o’ng tomonga bukib uning pastgi chetida 0,5 sm kenglikda chok hosil qilib, yon qirqimiga 0,5 sm yetkazmay biriktirib tikiladi. Tirsak choki tikilayotganda kesimning yon choki ham tikiladi. Kesim pastgi burchagini o’ngigga ag’darib to’grilanadi. Tirsak choki yorib dazmollanadi, kesim yeng ustki bo’lagi tomonga bukib dazmollanadi. Yeng uchining tirsak chok ustidagi joyi bostirib dazmollanadi.

    Kesimsiz yengga ishlov berish Yeng ustki va ostki bo'laklari 1 sm kenglikda ostki yeng tomondan biriktirib tikiladi. Yeng old choki yorib dazmollanadi. Yordamchi andaza qo'yib, yengning teskarisida yeng uchini bukish chizig'i belgilanadi. Yeng uchi pishiqroq bo'lishi uchun uning teskarisiga qotirma bukish haqi tomonida bukish chizig'iga to’g’rilab qo'yiladi va dazmolda yopishtiriladi. Shundan keyin tirsak qirqimlari 1 sm chok kengligida ustki yeng tomondan biriktirib tikiladi. Tirsak choki yorib dazmollanadi. Yeng uchining bukish haqi belgilangan chiziqqa muvofiq teskari tomonga qaytarilib ko'klanadi va dazmollanadi. Avra yengi uchiga astar yenggi uchi biriktirib tikiladi. Chok dazmollanadi va yeng uchi o'ngiga ag'dariladi.
    20.3. Yengni yeng o’mziga o’tkazish.
    Buning uchun yeng o’mizining qirqimi va yengning ostki bo’lak qirqimi tekshirib ko’riladi va aniqlab qirqiladi. Yeng o’miziga qo’lda to’g’ri qaviq bilan 0,5-1 sm yiriklikdagi, 0,9 sm kenglikdagi chok solib yeng tomondan ko’klanadi. Yeng solqiligi kertimlar bo’yicha barobar taqsimlanib, solqilar o’mizning ayrim joylariga tursimon qaviq bilan puxtalanadi. Masalan: Old bo’lakdsagi o’mizning yuqori qismida 1-1,5-2 sm, ort bo’lak bilan old bo;lakdagi o’mizning pastki qismida 0,7-1,5 sm solqi beriladi. Ko’klangandan keyin yengdagi solqilar dazmollab kirishitiriladi.

    Yengni o’tkazishda u yeng tomondan 1 sm kenglikdagi chok hosil qilib tikiladi. Yeng o’tqzilib bo’lgandan so’ng, soliqlar dazmollanib kirishtiriladi, uning o’tqazma choklari esa gaazlama parchasini old bo’lak tomonga qayirib Turib yrlka chokidan boshlab past tomonga 8-10 sm joyi old bo’lak bo’ylab yorib dazmollanadi.

    Yaxlit bichilgan yengda, ya’ni old bo’lak va ort bo’lak bilan birga bichilgan yoki bir qsimi old bo’lak (ort bo’lak) bilan birga bichilib, ikkinchi qismi ort bo’lakka ()old bo’lakka) o’tkaziladigan yengda ikita chok bo’ladi. Ulardan biri (o’rta chok) yelka chokining davomi, ikkinchisi esa yon choknin davomi bo’ladi. Yeng bo’laklari o’rta qirqimlar bo’ylab biriktirib tikiladi choklar daazmollangandan keyin u yengning old bo’lagi tomonga yotqizib dazmollanadi. Keyin yeng ostki choki kiyim yon choki bilan bir vaqtda biriktirib tikiladi. Yeng choklari va kiyim yon choklari yorib dazmollanadi.
    Nazorat savollari:

    1. Ust kiyimlar yeng turlari.

    2. Yeng avrasi uchiga ishlov berish usullari.

    3. Ochiq kesimli yenglar qanday tayyorlanadi ?

    4. Kesimsiz yenglarga ishlov berish usuli.

    5. Yeng o’tqazishga qo’yiladigan talablar.


    Mustaqil ish topshiriqlari:

    1. Yeng avrasi uchiga ishlov berish usullari sxemasini chizing.
    Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
    1. M.Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1994 y. 139 – 150 betlar.

    2. M. Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1977 y. 255 – 264 betlar.


    21 – Ma’ruza
    Mavzu: Astar, isituvchi qatlam tayyorlash va ularni avraga ulash.
    Dars maqsadi: Astar, isituvchi qatlam tayyorlash va ularni avraga ulash texnologiyasini o’rganish.
    Tayanch iboralar: tepa yelka tagligi, ort yelka tagligi ,qiyama taglik, qiyma tagliklar, isituvchi qatlam
    Reja:

    21.1. Tagliklar tayyorlash.

    21.2. Astar tayyorlash va uni kiyim avrasiga ulash

    21.3. Isituvchi qatlam tyyorlash va uni kiyim avrasiga ulash.


    21.1. Tagliklar tayyorlash.
    Ustki kiyimlarda tepa yelka tagligi, ort yelka tagligi va qiyama taglik bo’lishi mumkin.

    Tepa yelka tagliklari kiyimning yelka uchastkasiga tegishli shakl berish va uning barqarorligini oshirish uchun ishlatiladi.

    Zig’ir tola gazlamadan ko’makchi andoza yordamida taglikning ikki qismi bichiladi. Ular orasiga konstruksiyasga bog’liq qalinlikda paxta qatlami solinadi. Paxtaning qalinligi tagliklar qirqimlari tomon kamaya borib, yo’q bo’lib ketadi. Tagliklarni ichki tomonidan biriktirib tikish mashinasida yoki siniq baxyaqtor mashinada taglikni oval shakldagi ziyiga parallel baxyaqator yuritib qaviladi. Baxyaqatorlar oralig’I 5- 8 mm. Keyin taglik taxta qolipida yoki maxsus pressda dazmollab, shakli puxtalanadi. (83 –rasm a)

    Ort yelka tagliklari palto va jaketlarning ayrim modellarida kerakli hajm shaklini berish shuningdek gavda bukchayganligini yashirish maqsadida ishlatiladi. Tagliklar tashqi ziylarining o’lchami va shakli yeng o’mizining ort qismi o’lchami va shakliga mos bo’lishi kerak. Ort yelka tagliklari vatindan yoki sintetik paxtadan tikiladi. Buning uchun qotirma material detail ustiga paxta qatlami solib, ichki qirqimlar tomonm asta-sekin yupqalashtira boriladi, detallar ustiga ikkinchi qotirma qatlami qoplanadi va ularni biriktirib tikish mashinasida yeng o’mizi qirqimlariga parallel, oralig’I 15 – 20 mm li baxyaqatorlar yuritib qaviladi.

    Qiyma tagliklar kiyimga chiroyli tashqi ko’rinish berish va yelka uchastkasi yengga silliq o’tib ketadigan bo’lishi uchun ishlatiladi. Qiyma tagliklar polotnoni qavib tayyrolanadi. Bunda baxyaqator biriktirib tikish mashinasida yoki siniq baxya mashinasida oralarini 20 – 30 mm li qilib, oplotnoning uzunasiga va ko’ndalangiga yuritiladi. Qavilgan polotno andaza bo’yicha o’rish ipiga 450 burchak hosil qilib, arqoq bo’ylab yo’l-yo’l qilib kiritiladi.

    Ort yelka tagliklarni, tepa yelka tagliklarini va qiyma tegliklarni qiymaga qo’yish. Ort yelka tagliklarini ort bo’lak yoqa o’mizi chizig’i bo’ylab qo’yib, biriktirib tikish mashinasida yenglarni yeng o’miziga o’tqazma chokiga ulab tikiladi. Ularni tepa yelka tagliklari qo’yilishi bilan bir vaqt yoki avra va astar yeng o’mizlarni maxsus mashinada puxtalayotganda kiyim o’miziga qo’ysa bo’ladi. Ort yelka tagliklari yelka choklariga biriktib tikish mashinasida puxtalanadi.

    Tepa yelka tagliklari, taglikning o’rtasi yelka chokiga to’g’ri keladigan, tashqi qirqimlari esa yeng o’mizi qirqimlaridan o’tib turadigan qilib, kiyim yeng o’miziga to’grilanadi va maxsus mashinada yeng o’tkazma chog’ida 1 mm oraliqda baxyaqator yuritib puxtalanadi.

    Qiyma tagliklar yeng o’tkazma choklariga turlash mashinasida yelka tagliklari bilan bir vaqtda puxtalanadi, bunda qiyma tagliklari yenglar tomonidan (yeng qiymasi bilan o’tkazma chok orasida) qo’yiladi, qavatlangan qirqimi o’tkazma chok qirqimlariga to’grilanadi. Qiyma taglikining uchlari oldingi va tirsak o’tar qismlaridan pastda puxtalanmaydi. Baxyaqator o’tkazma chokdan 1 mm oraliqda yuritiladi.
    21.2. Astar tayyorlash va uni kiyim avrasiga ulash.
    Astar kiyimning hamma choklarini yopib Turish va kiyimni kiyib yurishda qulay bo’lishi uchun ishlatiladi. Fasonga qarab astar kiyim etagigacha yoki buksa chizig’igacha tushgan bo’lishi mimkin. Astar kiyim etagiga ulanmagan yoki ulangan bo’ladi.

    Kiyimlar astariga odatda bar tutgich, ilgak qo’yiladi. Astarning o’zi quyidagicha tayyorlanadu:

    Yon vitachkalari yeng o’mizidan boshlab bel chizig’igacha, 1 sm chok hosil qilib biriktirib tikiladi. Chokning kengligi bel chizig’idan boshlab pastga tomon kamaya boradi va qirqimning pastki uchidan 1-1,5 o’tib yo’q bo’lib ketadi. Yuqori vitachkalar yelka qirqimida 1 sm kenglikda biriktirib tikib, uning pastki uchidan 1,5 sm o’tqazib yo’q qilib yuboriladi.

    Astarning yon, yelka qirqimlari, yengning tirsak va old qirqimlari, ort bo’lakning o’rta choki kengligi 1sm qilib biriktirib tikiladi. Yengning old va tirsak qirqimlari tikilayotganda, ularning o’rta qismi 20-25 sm uzunlikda tikilmay qoldiriladi.

    Agar astarning etak qirqimi avraning etak qirqimiga ulanadigan bo’lsa, old bo’lak o’rta choki tikilayotganda uning o’rta qismi 30-35 sm uzunlikda, kiyimni o’ngiga ag’darish uchun tikilmay qoldiriladi.

    Astar etak uchigacha yetmaydigan bo’lsa, uning pastki cheti buklanib, bukish chizig’idan 0,1 sm masofada baxyaqator yuritiladi.

    Astar etagi avraga ulanmaydigan bo’lsa, astar yon qirqimlari bilan ort bo’lak o’rta chok qirqimlari maxsus mashinada yo’rmab tikiladi. Yeng astari astar o’miziga, ularning belgi kertimlari to’g’ri keltirilib universal mashinada o’tqaziladi.
    21.3.Isituvchi qatlam tayyorlash va uni kiyim avrasiga ulash.
    Isituvchi qatlam paxtadan, vatindan va penopolio’ritandan tayyorlanadi.

    Paxtadan isituvchi qatlam tayyorlash uchun ikki qavat doka orasiga paxta solinadi. Isituvchi qatlam ko’p ignali mashinada yoki universal mashinada uzunasiga oralig’i 5-6 sm li baxyaqatorlar yuritib qaviladi. Ularni 10 tadan qilib yig’ib ko’chma bichish mashinasida andoza yordamida qirqiladi. Belgilangan chiziq bo’yicha vitachka joylari qirqiladi. Isituvchi qatlam vitachkalari 0,7 sm chok bilan tikiladi.

    Isituvchi qatlam avraning teskari tomoniga qo’yiladi. Bunda u yelka chokidan 1 sm chiqib turishi, adipning ichkari qirqimi tagiga 2-2,5 sm kirib turishi, yon qirqimlari esa yon choklaridan 2 sm o’tib turishi kerak. Isituvchi qatlam bort qirqimi yashirin baxyali maxsus mashinada bort qotirmasiga tikiladi.

    Isituvchi qatlamning yon choklari avraning yon choklariga universal mashinada ort bo’lak tomondan ulanadi. Bunda yeng o’mizining 8-10 sm pastidan baxyaqator boshlanib, bel chizig’idan 20-25 sm pastroqgacha davom etadi.

    Isituvchi qatlam yoqa o’mizi va etak bo’ylab 7-10 sm masofada ilintirib ko’klanadi. Isituvchi qatlam yoqa o’mizi bo’ylab ostki yoqaning o’tqazma chokiga tikiladi. Isituvchi qatlam yeng o’mizlarini avra yeng o’mizlari qirqimiga to’q’rirlab qirqiladi. Isituvchi qatlam yenglarining o’tqazma chokiga yeng isituvchi qatlamlari bilan birga tikiladi.

    Astarning etagi avraga ulanadigan kiyimlarda isituvchi qatlamning etak uchi avraning bukish haqi tagiga 1-1,5 sm kirib turadigan qilib, astar etagi avraga ulanmaydigan kiyimlarda esa isituvchi qatlamning etak uchi avraning bukish haqi qirqimiga 2-3 sm yetmaydigan qilib qirqiladi.



    21.4.Kiyim astarini avraga ulash.
    Avra va astarni ulashdan oldin astar avraga solishtirib tekshiriladi. Buning uchun stolda kiyim avrasi teskarisini yuqoriga qaratib, uning ustiga teskarisini pastga qaratib astar qo’yiladi. Ularning yon va yelka choklari bir – biriga to’q’rirlanib, astarning bo’yi va eni tekshiriladi. Ort bo’lakda kesimi bor kiyimlarda astarni shu kisim ustidagi joyi qirqiladi.

    Astarning etagi avraga ulanadigan kiyimlarda astarning etagi avra etagining bukish chizig’iga to’q’rirlab qirqiladi. Bunday astarni avraga ulashdan oldin quyidagi o’zgartirishlar kiritib ishlov beriladi:

    1. Ort bo’lak o’rta chokining o’rtasida uzunligi 25-30 sm li joy tikilmay qoldiriladi.

    2. Yeng astarining oldingi chokida ustki bo’lakning 10-12 sm uzunlikdagi joyi tikilmay qoldiriladi.

    Oldin astarni adip ichki qirqimlari va ustki yoqa ko’tarmasi qirqimi bo’ylab, nazorat kertimlarining hammasini aniq to’g’ri keltirib, ulab tikiladi. Keyin astarning kiyim etagi bo’ylab adipdagi bir qirqimdan ikkinchi qirqimgacha, yana nazorat kertimlarining hammasini to’g’ri keltirib, biriktirib tikiladi. Ort bo’lak o’rta chokidan tikilmay qoldirilgan joydan kiyim o’ngiga ag’dariladi.

    Chok qorqimlari bort qotirmasiga, kiyim etagiga puxtalangandan, yeng astarlari yeng uchiga tikilgandan, tirsak choklari, yeng o’mizi choklari va yon choklari ouxtalangandan keyin, yeng astari oldingi chokidan tikilmay qoldirilgan joy orqali ort bo’lak astarida qoldirilgan joy biriktirib tikiladi. Keying yeng astaridagi tikilmat qoldirilgan joy boshidan oxirigacha qirqimlarini ichkariga bukib, bukilgan ziyidan 1-2 mm oraliqda bostirib tikiladi



    Astarning etagi ulanmaydigan kiyimlarga astarning etagi avraga astar qo’yilgandan so’ng qirqiladi. Tikishga tayyor bo’lgan astarni adipning ichki qirqimlariga va ustki yoqaning ko’tarmasi qirqimiga, nazorat belgilariga muvofiq o’ngi tomonlarini bir-biriga qaratib 10 mm kenglikdagi chok bilan bir galda ulab tikiladi.

    Keyin paltoo’ngiga ag’dariladi, bortlari to’q’rirlanib , adip bo’ylab astar ulangan baxyaqator yoniga maxsus mashinada ko’klanadi.

    Yeng teskarisi tomonga ag’darib yeng astarining pastki qirqimini yeng avrasi qirqimiga 1 sm kenglikdagi chok solib ulab tikiladi. Astarning ulama choki yeng uchi bo’ylab qotirmaga puxtalab qo’yiladi.

    Astarning tirsak choklari avra tirsak choklariga yon uchidan 6-8 sm qochirib puxtalanadi, yenglar o’ngi tomonga ag’dariladi. Yeng astari o’tqazma choki yeng avrasi o’tqazma chokiga astar teskari tomondan 1,5-2 sm yeriklikdagi halqasimon qaviqli qaytar qaviq qator yuritib puxtalanadi. Astar yon choklari avra yon choklariga ort bo’lak tomonidan biriktirib tikiladi. Astar pastki qirqimi astarni yerga qaratib qo’yib tekislab qirqiladi. Astarning ziyi avra bukish haqi qirqimini 1-1,5 sm o’tib yopib turishi kerak. Shundan so’ng astarning pastki qirqimini yopiq qirqimli 4-5 sm kenglikdagi bukma chok hosil qilib, bukib ko’klanadi. Astar pastki ziyini ichki bukilgan joyidan 1-2 mm qochirib puxtalanadi.


    Nazorat savollari:
    1.Ust kiyim tagliklari turlari.

    2. Tepa yelka tagliklarini vazifasi.

    3. Ort yelka tagliklari qanday tayyorlanadi?

    4. Kiyim astarining vazifasi.

    5. Kiyim astarini tayyorlash texnologiyasi.

    6. Etagi avraga tikilmagan astarni avraga ulash usuli.

    7. Avra etagiga ulangan astarni avraga tikish tartibi.
    Mustaqil ish topshiriqlari:

    1. Isituvchi qatlam tayyorlash usullarini mustaqil o’qing va qaysi qulayligini asoslang.


    Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
    1. M.Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1994 y. 150-162 betlar.

    2. M. Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1977 y. 264-276 betlar.



    3. I.N.Litvinova, Ya.A.Shaxova. “Ayollar ustki kiyimini tikish” Toshkent “O’qituvchi” 1997 yil 161-167 betlar.

    Download 2,52 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   141




    Download 2,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Old bo’lakka adipni ulash usullari

    Download 2,52 Mb.