179
2-mavzu: Dvigatelning umumiy tuzilishi va asosiy ko‘rsatgichlari
Reja:
1.Dvigatellarning vazifasi va tasniflanishi.
2.Dvigatellarning asosiy mexanizm va tizimlari.
3.Asosiy atama
va tushunchalar
Zamonaviy avtotransport vositalarida asosan ichki yonuv dvigatellari keng
tarqalgan. Konstruksiyasi bo‘yicha ichki yonuv
dvigatellari porshenli va
rotorlilarga bo‘linadi. Avtomobillarda asosan porshenli
ichki yonuv dvigatellari
qo‘llaniladi. Porshenli dvigatellarda yonilg‘ining
yonishi natijasida gazning
kengayishida hosil bo‘lgan bosimni porshen o‘ziga qabul qiladi va to‘g‘ri chiziqli
ilgarilama-qaytma yo‘nalishi bilan tirsakli valni aylanma harakatga keltiradi. Ichki
yonuv dvigatelining ishlashi uchun unga havo va yonilg‘idan
iborat yonuvchi
aralashma bilan ta’minlash lozim.
Ichki yonuv dvigateli issiqlik energiyasini mexanik
energiyaga aylantirib
beradi va transmissiya orqali harakatga keltirish uchun xizmat qiladi.
Ichki yonuv dvigatel (IYOD) mexanizm va tizimlar
majmuasidan tashkil
topgan. Bular quyidagilar:
Yengil avtomobillarga o‘rnatilgan porshenli
ichki yonuv dvigatellar
quyidagi belgilari bo‘yicha turlarga bo‘linadi:
a)