174
1 ot kuchi (o.k.) 735 Vt (75 kg. m/s) ga teng. Buning ma’nosi shuki, agar mashina
75 kg yukni chuqurlikdan 1 sekund vaqt ichida 1 metr masofaga ko‘tarsa, uning
quvvati 1 o.k. ga teng.
3.Respublikamizda avtomobilsozlikning rivojlanish bosqichlari
Respublikamiz mustaqillikka erishgan kundan boshlab Prezidentimiz
tashabbuslari bilan avtomobil sanoati rivojiga katta e’tibor qaratmoqda. Jumladan,
1992-yil iyun oyida Janubiy Koreya tashrifi chog‘ida «DAYEWOO» zavodi bilan
tanishib, hamkorlikda Andijon viloyati Asaka shahrida avtomobil zavodini qurish
to‘g‘risida Memorandum imzolandi va shu tariqa «UzDAEWOO»
zavodiga asos
solindi. 1996-yil
19-
iyulda zavod ishga tushishi bilan O‘zbekiston dunyodagi o‘z
avtomobiliga ega bo‘lgan 28-davlatga aylandi.
«UzDAEWOO» bu Markaziy Osiyodagi birinchi avtomobil ishlab
chiqaruvchi zavod hisoblanadi. Zavod jahon standartlari talablariga javob beruvchi
o‘ta zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan bo‘lib, o‘sha vaqtda umumiy
hisobda yiliga 200 000 dona avtomobil (o‘rta sinfli «NEXIA» avtomobillari - 100
000 dona, «TICO» avtomobillari - 50 000 dona, «DAMAS» avtomobillari - 50 000
dona) ishlab chiqarish quvvatiga ega edi. Bu avtomobillarga ehtiyot qism va
materiallarning o‘zimizda mahalliylashtirish dasturiga asosan ishlab chiqarish joriy
qilinmoqda. Tinimsiz izlanishlar natijasida «TICO» avtomobili o‘rniga «MATIZ»,
«SPARK», «DAMAS» avtomobilining kuchaytirilgan varianti, «NEXIA»
avtomobili o‘rniga «NEXIA-2», «LACETTI» avtomobillari
ishlab chiqarilib,
Respublikamiz va chet mamalakatlarda avtoishqibozlar e’tiborini tortmoqda.
O‘zbekiston avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida GM
korparatsiyasi bilan shartnoma tuzilib, zavod «GM-Uzbekiston» qo‘shma
korxonasiga aylantirildi va quvvati yiliga 250 000 donaga oshirildi.
Shu bilan bir qatorda 1999-yil Samarqand shahrida O‘zbekiston- Turkiya
qo‘shma korxonasi «Sam-Koch-avto» zavodidan «OTOYO‘L» markali kichik
rusumdagi avtobuslar va ixtisoslashtirilgan yuk avtomobillari ishlab chiqarilib,
ekspluatatsiya qilindi. Keyinchalik bu zavod negizida O‘zbekiston-Yaponiya
qo‘shma korxonasi «SamAvto»
zavodi tashkil etilib, bu zavoddan ham «ISUSI»
markali kichik rusumdagi avtobuslar va ixtisoslashgan yuk avtomobillari ishlab
chiqarilib, ekspluatatsiya qilinmoqda.
Shuningdek, Samarqandda yana bir O‘zbekiston-Germaniya qo‘sh- ma
korxonasi «MAN» yuk avtomobillari ishlab chiqarishga mo‘ljal- langan zavod o‘z
ishini boshlab yubordi.
Avtomobilning yuragi hisoblangan motor dunyoda sanoqli davlatlarda
ishlab chiqariladi. Shu bois, «GM-MOTOR» zavodi qurilishi bilan O‘zbekiston
ham shu davlatlar qatoriga qo‘shildi. Zavodning hozirgi kundagi quvvati yiliga 225
000 dona motor ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
175
Mamalakatimizda avtomobil sanoatining rivojlanishiga juda katta e’tibor
qaratilmoqda,
jumladan,
Davlatimiz
rahbari
Islom
Karimov
Vazirlar
Mahkamasining 2011-yil 21-yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisida olib borilayotgan
islohotlar ko‘lamiga baho berib:
«Ozbekistonda avtomobilsozlik Asakadan
boshlandi. Shu zavodni ochgan kunim - 1996- yil 19-iyulni O‘zbekiston hayoti
uchun, tarixi uchun baxtli kun deb hisoblayman»
1
degan edilar. Zero, ana shu
zavodda ishlab chiqarilayotgan sifatli va biri-biridan zamonaviy avtomobillar
xalqimizni bu sohada ham hech kimdan kam emasligini, aksincha,
raqobat
borasida ko‘plarni lol qoldirayotganligini ko‘rsatadi.
Istiqlol farzandi sanalmish ushbu qo‘shma korxonada 2000-yilda 30 700ta
avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2010-yil yakunida bu ko‘rsatkich 217 733tani
tashkil etdi. Ko‘rinib turibdiki, avtomobil ishlab chiqarish keyingi o‘n yil
oralig‘ida 181 033 donaga yoki 7,1 martaga oshgan.
Ishlab
chiqarilayotgan
«CAPTIVA»,
«YEPICA»,
«TACUMA»,
«LACETTI», «SPARK», «NEXIA», «DAMAS», «MATIZ» singari avtomobillar
jahon bozorida yurtimiz nomini dunyoga taratmoqda. Masalan: O‘zbekiston
Rossiya Federatsiyasiga 2005-yilda eng ko‘p avtomobil eksport qilgan davlat
hisoblandi. 2011 -yilda esa Yaponiya va Germaniyadan so‘ng uchinchi davlat deb
topildi. 2011-yil Rossiyada «Eng yaxshi avtomobil» sifatida O‘zbekistonda ishlab
chiqarilgan «SPARK» avtomobili - deb topildi.
Bir so‘z bilan aytganda «GM-Uzbekiston» qo‘shma korxonasi keyingi o‘n
yilda mamalakat eksport salohiyatining qariyb 7,6 foiziga oshishiga munosib hissa
qo‘shmoqda. Eng muhimi dastlabki kezlarda atigi 3 rusumdagi avtomobillar ishlab
chiqarilardi. Hozirda esa konveyrlarda 8 turdagi avtomobillar ishlab
chiqarilmoqda. Ayni paytda yana 3 ta loyiha uchun zarur mablag‘lar ajratilgan.
Endilikda esa ular bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.