|
O‟zbeksiton respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
|
bet | 8/23 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 222,23 Kb. | | #144393 |
Bog'liq Bakalavr bitiruv ishi-fayllar.orgChiqish
biti
1.4-rasm. Galua konfigurasiyasiga asoslangan siljitish registri
1.5-rasm. Chiziqsiz teskari bog‘lanishli siljitish registri
Ushbu chiziqsiz teskari bog‘lanishli siljitish registrlarida teskari bog‘lanish funksiyasi bir necha xil chiziqsiz akslantirishlarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
1.5-rasmdagi sxemada teskari bog‘lanish funksiyasi XOR, AND, OR amallari orqali amalga oshirilgan. Xozirgacha chiziqsiz siljitish registrlariga asoslangan generatorlar hosil qilgan ketma-ketliklarni yetarlicha tahlil qiluvchi matematik usullar ishlab chiqilmagan. Shu sababli chiziqsiz teskari bog‘lanishli
22
registrlar orqali amalga oshirilgan generatorlar bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi muammolarni keltirish mumkin:
hosil qilingan psevdotasodifiy ketma-ketlikda tekis taqsimotdan chetlanish bo‘lishi mumkin, ya‘ni ―0‖ va ―1‖ belgilarning ishlab chiqilgan gamma ketma-ketlik bloklaridagi miqdori deyarli teng bo‘lmasligi mumkin;
mumkin, ya‘ni ma‘lum bir talabga javob beruvchi parametrlar tanlanganda har qanday ihtiyoriy boshlang‘ich qiymat uchun generator hosil qilgan ketma-ketlik davri maksimal bo‘ladi deb bo‘lmaydi;
hosil qilingan gamma ketma-ketlik tekshirish hisob-kitoblarisiz tasodifiyga o‘xshab ko‘rinishi mumkin, lekin registrning ma‘lum bir holatidan
so‘ng, chiziqsizlik amalining mahsuli sifatida, keyingi hosil bo‘lgan gamma ketma-ketlik elementlari faqat ―0‖ yoki ―1‖ lardan iborat bo‘lib qolishi mumkin.
Chiziqsiz siljitish registrlarining kriptografik samarali tarafi bunday registrlarga asoslangan uzluksiz shifrlarning kriptografik tahlili usullari kamligidir.
Bir tomonli funksiyalarga asoslangan algoritmlar. PTSKK generatorlari yaratishda bir tomonli funksiyalar keng qo‘llaniladi. Bir tomonli funksiyalarning xarakterli xossalaridan biri shundan iboratki, bu funksiyaning qiymatini argumentning berilgan qiymati bo‘yicha hisoblash poliniomial-murakkablikkga ega bo‘lib, funksiyaning berilgan qiymati bo‘yicha bu qiymatga mos bo‘lgan argument qiymatini hisoblash eksponensial murakkablikga ega yoki hisoblashning rasional algoritmi mavjud emas (yoki noma‘lum).
|
| |