Siljitish registrlariga asoslangan generatorlar




Download 222,23 Kb.
bet7/23
Sana24.01.2024
Hajmi222,23 Kb.
#144393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
Bakalavr bitiruv ishi-fayllar.org

Siljitish registrlariga asoslangan generatorlar
Xozirgi paytgacha taklif etilgan va muvaffaqiyatli ravishda ishlatilib kelinayotgan uzluksiz shifrlash algoritmlarining asosini siljitish registrlari yoki aniq qilib aytganda chiziqli teskari bog‘lanishli siljitish registrlari tashkil qiladi. Bunday teskari bog‘lanishli siljitish registrlari Fibbonachi registrlari yoki Galua registrlari ham deb ataladi. Bu xildagi uzluksiz shifrlash algoritmlarining ommaviy qo‘llanilishiga ikki hil sababni ko‘rsatish mumkin:
  1. Teskari bog‘lanishli siljitish registrlariga asoslangan generatorlar hosil qilgan ketma-ketliklar yaxshi tasodifiylik statistik xarakteristikalarini beradi;



  1. Siljitish registrlariga asoslangan generatorlarning xususiyatlarini tahlil qilish oson.



Radioelektron elementlarning keng qo‘llanilishi boshlangandan keyingi davr

uchun siljitish registrlariga asoslangan uzluksiz shifrlash algoritmlari xarbiy sohadagi kriptografik vositalar tizimlarining asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.


Teskari bog‘lanishli siljitish registrlari o‘z navbatida chiziqli teskari bog‘lanishli va chiziqsiz teskari bog‘lanishli siljitish registrlariga bo‘linadi.
Siljitish registrlariga asoslangan generatorlar ikki qismdan tashkil topgan: birinchi qism bu siljitish registri bo‘lsa, ikkinchi qismi teskari bog‘lanish funksiyasidir. Siljitish registrlariga asoslangan algoritmlarning dasturiy yoki apparat-dasturiy jihatdan qo‘llanishlari qulay va samaralidir.
Quyida siljitish registrlari turlarining funksional sxemalari keltirilgan.

20
Chiziqli teskari bog‘lanish funksiyasi

1.2-rasm. Teskari bog‘lanishli siljitish registrining umumiy ko‘rinishi

Amalda apparat-texnik qurilmalarni yaratishda qulay va tez ishlashni ta‘minlash uchun mikroprosessorning registrlari (yacheykalari) soni bilan siltish registrlari (yacheykalari) soni teng qilib olinadi. IBM kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan Intel prosessorlari 64 razryadli registrlarda ishlaganligi sababli dasturiy ta‘minotda siljitish registrlariga asoslangan algoritmda registr uzunligini 64 ga teng yoki unga karrali qilib olish maqsadga muvofiqdir. Siljitish registrlarining dastlabki holati va registrlardan teskari bog‘lanish funksiyasiga chiqishlar to‘g‘ri tanlanganda hosil qilingan ketma-ketlik davri maksimal bo‘ladi. Siljitish registrlarining ikkinchi qismi bu teskari bog‘lanish funksiyasidir. Teskari bog‘lanish funksiyasi har bir taktda registrning ko‘phad bilan ifodalanuvchi o‘rinlaridagi bitlar qiymatini XOR amali bilan qo‘shib, hosil bo‘lgan qiymatni registrning eng katta razryadi o‘rniga siljitish orqali kiritadi. Eng kichik razryad qiymati esa gamma ketma-ketlik elementi sifatida uzatiladi.


1.3-rasm. Chiziqli teskari bog‘lanishli siljitish registri

21
Chiziqli teskari bog‘lanishli siljitish registrlaridan biri bu Galua tuzilmasidir (konfigurasiyasidir). Galua tuzilmasida gamma ketma-ketlik elementlari sifatida uzatiladigan bit qiymati teskari bog‘lanish funksiyasida ishtirok etadi. Chiqish biti registrning hamma bitiga XOR amali orqali qo‘shiladi va registrning katta biti o‘rniga siljitish orqali qo‘yiladi. Ushbu registrdan chiquvchi ketma-ketlikning davri maksimal bo‘lishi uchun teskari bog‘lanish funkiyasi argumentlari registrning keltirilmaydigan ko‘phad hosil qiluvchi xadlaridan olinishi lozim.



Download 222,23 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Download 222,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Siljitish registrlariga asoslangan generatorlar

Download 222,23 Kb.