O‟zbeksiton respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




Download 222,23 Kb.
bet13/23
Sana24.01.2024
Hajmi222,23 Kb.
#144393
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
Bakalavr bitiruv ishi-fayllar.org

Java Card yuqori darajada xavfsiz(high - security), multi – ilovali ochiq platformadir. Java Card Smart Card texnologiyasini keying bosqichi hisoblanadi. Java Cardni Smart Card deb atasak ham bo`ladi. Java Card yuqori dasturlash tili hisoblangan Java dasturlash tili yordamida programmalashtiriladi. Tabiiyki bu dasturiy ta‘minotni osonlashtiradi. Quyida 1.9-rasmda Java Card tasvirlangan.

Java dasturlash tilini tanlashni bir qancha afzalliklari bor:


  1. Ixchamlilik – hisoblash tizimlarida bu juda mashhur va bu loyiha obyektlariga mos.



  1. Kam kodlilik – obyektlar mijoz mashinasiga ―remote host‖dan yuklab olishga mo‘ljallangan. Kichkina kod bu ishni osonlashtiradi.



  1. Mukammalik – smart card uchun mukammal hisoblanadi.



Java Card SIM karta va bankomatlarda keng foydalaniladi. Birinchi Java Card 1996 – yil, 29 – oktabrda Schlumberger firmasi tomonidan ishlab chiqarilib ommaga namoyish qilingan. Hozirda bu kompaniya Gemalto deb ataladi.
  • SIM karta sifatida telefonlarda qo‘llaniladi.Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki ko‘proq simsiz tarmoqlarda foydalaniladi.



  • Plastik (Moliyaviy) karta sifatida hozirda keng qo‘llanilib kelinmoqda.



  • Identifikatsiya kartasi sifatida.



  • Mantiqiy va fizik ruxsat beruvchi (muassasa resurslariga) karta



sifdatida ham qo‘llanilib kelinmoqda.

  • Transport biletlari sifatida qo‘llaniladi.



Java Card texnologiyasi ilovalarni xavfsiz muhit bilan ta‘minlaydi qaysiki smart card va boshqa qurilmalarda juda kichkina xotira bilan ishlaydigan va qayta ishlash imkoniyatiga ega bo‘lagan. Murakkab ilovalar bitta Java Cadrni o‘zida ishlashi mumkin, ya‘ni o‘zgarishlar foydalanuvchiga berilgandan keyin ham qo‘shish mumkin. Java Card hozirda smart kartalar ichida o‘zining imkoniyatlari ko‘pligi, xavfsizlik darajasi yuqoriligi va murakkab ilovalarni ham qo‘llab quvvatlashi bilan birinchi o‘rinda kelmoqda. Java Card yangi mahsulotlarga ishlov berish uchun o‘z ichiga mukammal qurilmalarni jamlagan.
33
Java Card boshida smart kartadagi konfidensial ma‘lumotlarni xavfsizligini ta‘minlash maqsadida ishlab chiqarilgan. Xavfsizlik bu texnologiyani turli nuqtai nazarlar orqali belgilaydi:

  1. Ma‘lumotlar inkapsulyatsiyasi (Data Encapsulation). Ma‘lumotlar



ilovalar ichida saqlanadi va Java Card ilovalar izolyatsiyalangan muhitda (JCVM Java Card Virtual Machine) ishlaydi va boshqarish sistemasi qurilmaga ruxsatga ega bo`lishi mumkin.

  1. Aplet ekrani (Applet Firewall). Boshqalardan farqli o‘laroq Java Virtual Machine, Java Card Virtual Machine har biri konfidensial ma‘lumotlarni



boshqaradigan bir qancha ilovalarni boshqaradi.Ilovalarni bir- biridan applet firewall bilan ajratilishiga sabab bir appletdan ikkinchisiga ruxsatsiz kirishni taqiqlash.

  1. Kriptografiya (Cryptography). Simmetrik DES, Triple DES, AES va



assimmetrik RSA, elliptic curve cryptography algoritmlarini madadlaydi (qo‘llab quvvatlaydi). Shuningdek bir qancha kriptografik xizmatlarni qo‘llab quvvatlaydi. Bular: elektron raqamli imzo, Kalitlar gneratori va kalitlar ayriboshlash.

  1. Applet. Applet bu holat mashinasi hisoblanadi qaysiki so‘rov va javob mexanizmi asosida ishlaydi ya‘ni kiruvchi buyruqlarga javob beradi, ma‘lumot



yuborish yoki interfeys qurilmasiga javob status so‘zlari yuborish orqali.

Hozirda Java Card juda ham keng miqyosida qo`llanilmoqda Bunga bir necha sabablarni keltirishimiz mumkin, masalan: Java kartaning yuqori xavfsizlik darajasiga egali, murakkab ilovalarni o‘zida ishlata olishi, bir vaqtning o‘zida bir nechta ilovani ishlata olishi va foydalanuvchilar uchun qulayligi va hokazo. Buning isboti sifatida 2001- yildan beri sotilgan 3 milliard kartaning 700 millioni Java Card ligini keltirsak ham shuning o‘zi kifoya. Java cardning ham har xil parametrli turlari mavjud. Paramertlari 1K RAM, 16K EEPROM va 24K ROM bo‘lgan Java Cardda to`liq funksiyali Java tizimini joriy qilib bo‘lmaydi ya‘ni Java dasturlash tilining to‘liq xususiyatlaridan foydalanib bo‘lmaydi. Ammo to‘liq bo‘lmagan versiyasini qo‘llashimiz mumkin, ya‘ni qisman foydalanishimiz mumkin va bu haqda quyida gapirib o‘tiladi.


34
Unda 2 ta asosiy qism bor:

  1. Java Card Virtual Machine (JVM) – Programmist oson aloqa qila oladigan mantiqiy mashinani aniqlaydi.



  1. Java Card Runtime Environment (JCRE) – bu aslini olganda sodda



qilib aytadigan bo‘lsak Java Cardning operatsion tizimidir.


Download 222,23 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Download 222,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‟zbeksiton respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Download 222,23 Kb.