Insonni mehnat faoliyati samaradorligini oshirishning xususiyatlari




Download 222,23 Kb.
bet21/23
Sana24.01.2024
Hajmi222,23 Kb.
#144393
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Bakalavr bitiruv ishi-fayllar.org

3.1. Insonni mehnat faoliyati samaradorligini oshirishning xususiyatlari
Mehnat faoliyati samaradorligini oshirish muammosi har doim ilmiy-
tadqiqotchilarning e‘tibor markazida bo‘lib kelgan va natijada quyidagilar
aniqlangan:
57
  1. Mehnat faoliyati samaradorligiga ta‘sir etuvchi yuqori mehnat qobiliyatining muhim sharti ishga asta-sekinlik bilan kirishish hisoblanadi. Tadqiqotlarda insonni aqliy mehnatga qaraganda, jismoniy mehnatga tez kirishishi aniqlangan.



  1. Mehnat faoliyati unumdorligini maqsadli oshirish uchun ishlovchi mehnat qobiliyati dinamikasi va uning har xil fazalarini bilishi kerak. Birinchidan tayyorlanish vaqti fazasini hisobga olish lozim. Bu faza davomida quyidagilar sodir bo‘ladi:



a) ishga tayyorlanish, inson organizmini mehnat rejimiga ko‘nikishi; b) harakat aniqligi va tezligi muvofiqligini yaxshilash;

v) optimal ish holatiga kirishish;


g) ishchi ritmga mos holda (jismoniy yoki aqliy mehnatda) nafas olish va qon aylanish normal rejimini o‘rnatish. Ikkinchidan navbatdagi ish davrida eng yuqori mehnat unumdorligini ta‘minlovchi ish holatining muvozanat fazasi boshlanadi.
Dam olish va ish jarayoni to‘g‘ri takrorlanib turishi shikastlanishlar oldini olishning birdan bir asosiy shartidir. Kishining ish qobiliyati uning sezgirligiga, ishlab chiqarishdagi har xil xavfli va zararli omillarga ta‘sirchanligiga, ish jarayonining uzluksizligiga bog‘liqdir.
Agar kishi kun davomida uzluksiz me‘yorda ko‘rsatilgan vaqtdan ortiqcha ishlasa, unda jismoniy charchash bilan bir qatorda ruhiy charchash ham paydo
bo‘lishi mumkin. Buning ustiga agar ishchiga uzoq vaqt mobaynida juda ko‘p qarorlar qabul qilish yoki juda ko‘p asboblarning ko‘rsatkichlariga qarash to‘g‘ri kelsa, unda ruhiy charchash jismoniy charchashdan oldin kelishi mumkin. Ish joyida shovqin, titrash, gaz, chang va nurlanishning bo‘lishi ruhiy charchashni tezlashtiradi va kishining noto‘g‘ri harakat qilishiga, shikastlanishiga yoki avariya holatining vujudga kelishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ma‘muriyat ish va dam olish tartibiga qat‘iyan rioya qilishi kerak.
Odatda ish boshlangandan 3-4 soat o‘tib mehnat qobiliyati pasayadi, shu sababli ish smenasining o‘rtasida ovqatlanish uchun tanaffus belgilanadi.
58
Tanaffusdan so‘ng mehnat unumdorligi yana o‘zining eng yuqori fazasiga ko‘tariladi, lekin uning davomiyligi ish smenasining boshlanishidagi kabi uzoq bo‘lmaydi. Mos ravishda ishchi holatning muvozanati qisqa vaqt davom etib organizmni ma‘lum resurslarini safarbar etishni talab etadigan qisman toliqish fazasi kuzatiladi. Mehnat unumdorligini shirish uchun mehnat ritmiga silliq kirishish katta ahamiyatga ega. Bunga erishish uchun ortiqcha shoshilish va intilishga chek qo‘yish lozim. Joydan tez harakatga kelish jismoniy mehnatda ham aqliy mehnatda ham zararlidir.

Ko‘psonli tadqiqotlar natijasi mehnat unumdorligini oshirishda quyidagi omillarni (holatlar) ham katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi:


  1. yuqori samaradorlikka (mehnatni yaxshi natijalari ko‘rinishida) yordam beruvchi mehnat faoliyatini (birinchi navbatda har kunlik) rejalashtirish;



  1. mehnatdagi ma‘lum tizim, yaxshi ishlangan va o‘ylangan ketma-ketlik;



  1. ilmiy mutaxassislarni - mehnat gigiyenistlari va fiziologlarining mehnat faoliyatlari bo‘yicha tavsiyalaridan foydalanish. Agar ishlar ma‘lum ketma-ketlikda bajarilsa har qanday ishlar ham mahsuldor va kam charchashli bo‘lishi



olimlar tomonidan maxsus tadqiqotlar orqali aniqlangan; ishchi ritm, yuqori mehnat qobiliyatini va muvozanatini o‘zlashtirish juda muhimdir; mehnat faoliyati unumdorligini oshirishda bajariladigan ish bo‘yicha tajriba, mashk qilinganlik katta ahamiyatga ega bo‘lib, bunda ishchi aqliy va jismoniy mehnatni kam sarflab ishni avtomatik tarzda bajarishi mumkin. Mehnat qobiliyatini va birinchi navbatda sog‘likni saqlashning muhim omillaridan biri organizm tomonidan o‘zlashtirilgan ma‘lum mehnat faoliyati tezligi va ritmiga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Bunda ayniqsa ishning optimal ritmda bajarilishi yuqori mehnat unumdorligining asosi hisoblanadi.


Download 222,23 Kb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Download 222,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Insonni mehnat faoliyati samaradorligini oshirishning xususiyatlari

Download 222,23 Kb.