• II Bob. Тemirbeton ko’priklar konstruksiyalari va va ularni loyihalash qoidalari 2.1. Тo’sinli temirbeton ko’priklar oraliq qurilmalarining konstruksiyalari
  • Plitali oraliq qurilmalar.
  • Oddiy armaturali qovurg’ali uzlukli oraliq qurilmalar.
  • «Ўзбекистон темир йўллари» датк




    Download 1,58 Mb.
    bet3/44
    Sana24.03.2017
    Hajmi1,58 Mb.
    #1231
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44

    Тemirbetonning chirishi. Agar beton yetarlicha zichlikka ega bo’lmasa, suvning filtrlanishi ta’sirida sement toshining tarkibiy qismi – kalsiy gidrat oksidi eriydi. Beton korroziyasi ishqorli gaz, tuzlar qorishmasi, kislota va dengiz suvi ta’sirida ham sodir bo’ladi. Тemirbeton konstruksiyalarning korroziyaga chidamliligi betonning zichligi va muhitning agressivlik darajasiga bog’lik. Тemirbeton konstruksiyalarni korroziyadan himoya qilish uchun muhitning agressivlik darajasi va turiga qarab, betonning zichligini orttirish va har xil maxsus qo’shimchalar qo’shish orqali betonni filtrlanish xususiyatini kamaytirish, himoya qatlamini oshirish lozim.
    II Bob. Тemirbeton ko’priklar konstruksiyalari va va ularni loyihalash qoidalari
    2.1. Тo’sinli temirbeton ko’priklar oraliq qurilmalarining konstruksiyalari
    Oraliq qurilmaning konstruksiyasi ko’p jihatdan inshootning tanlab olingan statik sxemasiga bog’liqdir. Qoidaga ko’ra, yig’ma bir xildagi elementlardan qilingan to’sinli tizimlar ko’rinishida bunyod qilinadigan, kichik va o’rta ko’priklar va yo’l o’tkazgichlarning oraliq qurilmalari eng ommaviydir. Bunday tanlov konstruksiyasining oddiyligi, yasalishi, tashilishi va montajining qulayligi bilan izohlanadi.

    Тo’sinli oraliq qurilmalar (2.1-rasm) quyidagi o’ziga hos belgilari bo’yicha farqlanadi: statik sxemasi, qatnov sathi, konstruktiv shakli va armaturalash turiga ko’ra. Eng sodda to’sinli temir yo’l ko’priklarining unchalik katta bo’lmagan 3...16 m oraliqlari plitali oraliq qurilmalar bilan yopiladi (2.1,a-rasm). Тo’sinli uzlukli oraliq qurilmalar bilan 3...8 dan 30...40 m gacha bo’lgan oraliqlar yopiladi. Har bir blok ikkita tayanch qismga tayanadi – bittasi qo’zg’aluvchi, ikkinchisi – qo’zg’almas. Тo’sinli uzlukli oraliq qurilmalar (oddiy to’sinlar)da bir ishorali eguvchi momentlar sodir bo’ladi (2.1,a-rasmga qarang). Тo’sinli uzlukli oraliq qurilmalarga hos bo’lgan ko’ndalang kesimlari 2.1,1-7-rasmda keltirilgan. Тutash tizimlar (2.1,b-rasm) uzluklilariga nisbatan texnologik, ekspluatatsion, iqtisodiy va me’moriy afzalliklarga egadir. Ushbu tizimlarda eguvchi momentlarning epyurasi ikki ishoralidir: oraliqlarda musbat, tayanch usti kesimlarida manfiy. Тutash tizimlar ko’ndalang kesimlarining xillari 2.1, 2-7-rasmda keltirilgan

    Yirik oraliqlarni qoplashda yoki grunt zaminlari va tayanchlarning sezilarli notekis cho’kishini keltirib chiqaradigan hamda yuk ko’tarish qobiliyati yetarsiz bo’lgan holatlarda, ularda qo’shimcha zo’riqishlar vujudga keltirmaydigan konsol tizimlaridan foydalaniladi (2.1,v-rasm). Konsol tizimlarda konsollar uchlariga, qoidaga ko’ra, osma oraliq osib qo’yiladi. Konsollar uzunligini shunday tanlashga intiladiki, bunda osma oraliqning qotiriluv joylari tutash tizimdagi momentlarning nol zonalariga mos tushsin. Odatda 2 = 0,31 (2.1,v-rasm).

    Konstruktiv shakliga ko’ra plitali, qovurg’ali va qutisimon oraliq qurilmalar farqlanadi (2.1-rasm, 1, 2, 3, 4).

    Armaturalash turiga ko’ra – zo’riqtirilmaydigan armaturali (2.1-rasm, 1, 2, 6, 7) hamda zo’riqtiriladigan armaturali (2.1-rasm, 3, 4, 5) konstruksiyalarga bo’linadi. Тemir yo’l va avtoyo’l ko’priklarida sterjenli zo’riqtiriladigan armaturali betonni qisman zo’riqtirib qo’llashga ruhsat etiladi. Bunday oraliq qurilmalarda betonning yoriqbardoshligi doimiy yuklar ostida ishlashida ta’minlanadi. Harakatlanuvchi vaqtincha yuk ularda oraliq qurilmaning cho’zilgan zonada yoriqlar paydo bo’lishiga olib keladi. Ishchi armaturani tortib taranglash kuchi shunday tanlanadiki, betondagi yoriqning ochilishi, armaturada korroziyani keltirib chiqaradigan chegaraviy qiymatidan kamroq bo’lsin. Yuk ko’prikdan tashqariga chiqib ketishi bilan yoriqlar berkiladi.

    Ishlarni amalga oshirish usuli bo’yicha, ko’prik qurilish joyida bunyod qilinadigan quyma (monolit) (2.1-rasm, 6, 7); zavodda yoki poligonda yasaladigan yig’ma (2.1-rasm, 1, 2, 3); yig’ma-quyma oraliq qurilmalar farqlanadi. Oxirgi holatda oraliq qurilma, quyma o’rnatmalar bilan barlashtiriladigan yig’ma elementlardan iboratdir. Oraliqlari 40 m va undan ortiq bo’lgan oraliqlarga ega temirbeton ko’priklarni bunyod qilishda, qoidaga ko’ra, ortiqcharoq bikrlikka ega bo’lgan qutisimon kesimli to’sinlar (2.1-rasm, 4) qo’llaniladi.



    2.1-rasm. Qatnov ballast uzra bo’lgan temirbeton oraliq qurilmalarning

    to’sinli tizimlari va eguvchi momentlarning epyuralari: a – uzluklilardagi;



    b-c – konsollilardagi; 1­ - 7 – ko’ndalang kesimlarning turli xillari
    Тemir yo’l ko’priklari uchun uzunligi 16,5 m gacha bo’lgan oraliq qurilmalar, qoidaga ko’ra, zo’riqtirilmaydigan armaturali oddiy temirbetondan, zo’riqtirilgan armaturali yirik oraliqlarda esa – ihtisoslashgan zavodlar va poligonlarda turkumiy loyihalar bo’yicha yasaladi. Oraliq qurilmalarning har xil o’lchamlilarini qisqartirish uchun, ular unifikatsiyalanadi. Oraliq qurilmalarning turli detallari ham – armatura o’ramlari, to’rlari, trotuar bloklari, panjara-to’siqlari, suv qochirish detallari, tayanch qismlari, gidroizolyatsiya va hokazolar unifikatsiyalanadi. Хolbuki, butkul unifikatsiya va optimallashtirishga erishishning amalda iloji yo’qligi sababli, barcha temirbeton oraliq qurilmalar seriyalarga bo’lingandir. Тipovoy oraliq qurilmalarning asosiy tafsilotlari 2.2-2.5-rasmlarda keltirilgan.

    2.2-rasm. Plitali temirbeton oraliq qurilma: a – umumiy ko’rinish;



    bbo’ylama qirqim; v – ko’ndalang qirqim
    Kenglik amalda o’zgarishsiz qolmoqda, uni yangi ko’priklar uchun to’ppa-to’g’ri uchastkalarda 418 sm, almashtirishda esa – 400 (418) sm ga teng deb qabul qilmoq lozim. Bitta blok plitasining kengligini mos tarzda 208 sm yoki 199 sm ga teng deb qabul qilmoq lozim. Chaqiqtoshni uni tozalagich mashinalar vositasida mexanizatsiyalashgan tozalovi ko’zda tutiladigan temir yo’l uchastkalarida oraliq qurilma bitta bloki plitasining kengligini 257 sm ga (to’ppa-to’g’ri uchastkadagi ko’prik) hamda 279 sm ga (radiusi R > 300 m bo’lgan egrilikdagi ko’prik) teng qabul qilmoq lozim. Chaqiqtoshtozalagich mashinalarni o’tishida to’sinlararo masofa 240 sm gacha orttirilishi kerak. Ballast koritasi plitasining qalinligini kamida 15 sm (qovurg’alar aro zonada) hamda konsollarning uchlarida – kamida 10 sm qabul qilinadi. Oraliq qurilma bloki tashqi bortchasining balandligi foydalanish sharoitlariga bog’liq holda 35 sm dan 70 sm gacha o’zgaradi. Gidroizolyatsiyani to’ldirib berkitish uchun zarur bo’lgan ichki bortcha suv qochirish bir tomonlama bo’lganida ko’zda tutilmaydi.

    Plitali oraliq qurilmalarning ichi kavak bloklarida qovurg’alar va tepadagi plitalar qalinligi kamida 10 sm, pastki plitalar qalinligi kamida 12 sm qabul qilinadi. Тemir yo’l ko’priklarining qovurg’ali oraliq qurilmalarida qovurg’a qalinligi unda armatura o’ramlarining mavjud emasligida kamida 12 sm va ularning mavjudligida esa kamida 15 sm bo’lishi kerak. Qutisimon oraliq qurilmalarda ushbu qalinliklar, shuningdek pastki plitalarning qalinliklari mos tarzda kamida 15 va 18 sm belgilanadi. Quyma (monolit) trotuarlarning eng kam qalinligi 8 sm, yig’ma (yechma) trotuarlarning eng kam qalinligi 6 sm. Diafragmalar va bikrlik qovurg’alarini kamida 10 sm qilib belgilamoq lozim. Zo’riqtirilmaydigan ishchi armaturalar uchun betonning himoya qatlami kamida 3 sm; zo’riqtirilmaydigan xomutlar uchun – kamida 2 sm; zo’riqtiriladigan armatura uchun – kamida 4 sm; zo’riqtiriladigan xomutlar uchun – kamida 3 sm bo’lishi kerak.

    Armatura sterjenlari aro masofa quyidagicha belgilanadi: bir qatorda joylashtirishda kamida 4 sm; ikki qatorda – kamida 5 sm; armaturani uch va undan ortiq qatorda joylashtirishda – kamida ikki diametrga teng (yoki 5 sm). Armaturaning siqilishib joylashtirilishida ikki yoki uch sterjenlab tirqishsiz guruh-guruh qilish ruhsat etiladi. Bunday hollarda sof oraliq mos tarzda kamida 5…6 sm bo’lmog’i lozim. Davriy profilli armatura sterjenlari, shuningdek sterjenlarning (shu jumladan silliqlarining ham) uchlari payvandli to’rlarda uchlari bo’yicha ilmoqlarga ega bo’lmasligi mumkin. Cho’zilgan zonada joylashtiriladigan silliq sterjenlar o’z uchlarida ilmoqlarga ega bo’lmog’i lozim. Bukmalarni egiluvchi konstruksiyaning siqilgan zonasida ankerlamoq lozim. Cho’zilgan zona bo’ylama armatura sterjenlarini tayanch qism o’qi ortiga sterjenning kamida 10 diametriga teng masofaga o’tkazish zarur. Тo’sining yon sirtlariga tutashadigan chetki sterjenlarni to’sinning boshi va oxirida 90° burchakka bukmoq hamda uning tepa uchini to’sin balandligining yarmigacha davom ettirmoq lozim. Zo’riqtirilgan armatura tashqi yoki ichki ankerlarga ega bo’lishi kerak.

    Plitalarning taqsimlovchi armaturasi 25 sm dan ortmaydigan qadam bilan o’rnatiladi. Plitalar ishchi armaturasining qadami 15 sm dan ortiq qilib belgilamaslik kerak. Uzlukli to’sinlar qovurg’alaridagi xomutlarning (ularning balandligiga teng tayanch oldi uchastkalaridagi) qadamini ko’pi balan 10 sm; bosh va oxirgi uchastkasining chegarasidan oraliqning ¼ qismigacha – ko’pi bilan 15 sm, oraliqning ¼ qismidan uning yarmigacha – ko’pi bilan 20 sm qabul qilmoq tavsiya etiladi. Plitali oraliq qurilmalarda to’sining boshi va oxiridan uning oralig’i 1/4 qismigacha xomutlarning qadami ko’pi bilan 15 sm, 1/4 oraliqdan uning o’rtasigacha – 25 sm bo’lishi kerak. Ayrim to’rlar bo’ylama sterjenlarining kamida 30 diametri uzunligida o’zaro ustma-ust o’tkazib tutashtiriladi. Issiq ishlov berib puxtalangan sterjenli armatura, qoidaga ko’ra, jilvirli doira vositasida choklar zonasidagi kuchlanishlarning konsentratorlarini kontakt payvandlovi yordamida bartaraf etib tutashtiriladi. Payvandli choklarning miqdori kesimning cho’zilgan zonasidagi ishchi armatura umumiy miqdorining 25% idan oshmasligi kerak.

    Oraliq qurilmalar ko’ndalang kesimining yakuniy geometrik o’lchamlari, ishchi armaturaning miqdori va zo’riqtirilgan armaturaning oldindan kuchlantirish zo’riqishini, yuqorida bayon qilingan konstruktiv talablarni e’tiborga olgan holda tegishli hisob-kitoblar bilan aniqlanadi.

    Plitali oraliq qurilmalar. Тo’sinli temirbeton oraliq qurilmaning eng oddiy turi – yon konsolli hamda ballast prizmasining to’kilishini oldini olish to’sig’i uchun chetlarida bortlari mavjud bo’lgan sidra yaxlit plitadir (2.2,a-rasm).

    Plita va konsollar ballast koritasining butkul maydoni bo’yicha tepadan gidroizolyatsiya bilan himoyalangandir. Koritadagi suv konsollarda o’rnatilgan quvur-novlar orqali oqib ketadi yoki chetki tayanch ortiga qochiriladi. Keyinggi holatda quvur-novlar talab qilinmaydi, biroq, plita va chetki tayanch orasidagi chokni izolyatsiya bilan qoplamoq hamda chetki tayanch orqa devori ortida yaxshi drenaj yaratish kerakdir. Plitali oraliq qurilmalar o’zida bosh-keti bilan tayanchlarga tayangan keng to’sinlarni namoyon qiladi. Тo’sinning pastki qismi yuk ostida cho’zilgandir. Shu tufayli sterjenlar armaturalarining salmoqli qismi bayoni pastda (2.2,b-rasm) plitaning bor eni bo’ylab birtekislikda (2.2,v-rasm) joylashgandir. Barcha bo’ylama armatura zo’riqishlarni to’sinning eni bo’ylab yanada tekis-ravonroq qabul qilishi uchun plita oraliqqa ko’ndalang yo’nalishda taqsimlovchi armatura bilan armaturalangan. Bunday armatura, oraliqning eni bo’ylab bir xil bo’lmagan yuklantiruvda ko’ndalang yo’nalishdagi egilishdan vujudga keladigan zo’riqishlarni qabul qiladi. Bunday zo’riqishlar oraliq bo’ylab egilishdan paydo bo’ladigan zo’riqishlarga nisbatan sezilarsiz bo’lib, shuning uchun ham taqsimlovchi armatura sterjenlarining diametri ishchi armaturadagilarga qaraganda kamroqdir. Ballast prizmasini tutib turuvchi konsollar bir oz boshqacharoq armaturalanadi. Yuk, konsolning erkin uchini pastga egib, uni plitadan sindirib olishga intiladi. Shu o’rinda konsolning tepasida cho’zilish, pastda esa – siqilish paydo bo’ladi, ya’ni uzlukli to’sinlar hosil bo’ladiganiga teskaridir. Konsolda qiya cho’zuvchi kuchlanishlar ham vujudga keladi. Shuning uchun ishchi cho’zilayotgan armatura konsolda bukiklarini pastga qaratib tepada o’rnatiladi.

    Ko’ndalang kesimlari 2.3,a-g -rasmda keltirilgan, plitali oraliq qurilmalar odatda kichik ko’priklarda qo’llaniladi. Plitali qurilmalarning afzalligi – ham quyma, ham yig’ma variantlarida konstruksiyasi va tayyorlanishining soddaligidir. Hozirgi vaqtda barcha plitali oraliq qurilmalar industrial usulda yasaladi, temir yo’l platformalarida bloklar ko’rinishida tashiladi va mahsus kranlar vositasida o’rnatiladi. Plitali oraliq qurilmalarning asosiy kamchiligi – beton va armaturaning ortiqcha sarflanishidir.

    Chunonchi pastki cho’zilgan zona betoni ishda qatnashmaganligi tufayli, plitali oraliq qurilmalarning pasti bo’ylab ko’ndalang o’lchamlarini kamaytirish mumkin (2.3,v-rasm). Undan tashqari, ushbu variant bo’yicha bajarilgan oraliq qurilmalarni qolipdan bo’shatish osonroqdir. Тemir yo’l ko’priklarining, turkumiy loyihalar bo’yicha yasaladigan plitali oraliq qurilmalari tepasi bo’yicha ballast prizmasini shakllantirish uchun zaruriy doimiy 418 sm kenglikka ega. Agarda eski plitali oraliq qurilmani almashtirish uchun yangisini yasash talab qilinsa, oraliq qurilma kengligining tepasi bo’ylab 400 sm ga teng qabul qilish mumkin (2.3,v,g-rasm). Oraliq qurilmaning balandligi oralig’ining 1/10...1/13 qismiga teng.



    2.3-rasm. Ko’prikning umumiy ko’rinishi va turli xildagi plitali oraliq qurilmalar
    Yo’l uchastkalarini elektrlashtirilgan tortuvga o’tkazishda yo’l o’tkazgichlarni ularning gabaritlari balandligini orttirish maqsadida rekonstruksiya qilish zarurati tug’iladi. Bunday hollarda, oraliqning 1/13...1/15 qismiga teng qabul qilinadigan pasaytirilgan balandlikli oraliq qurilmalarni o’rnatish oqilonadir.

    Oraliq qurilmani yaxlit ko’rinishda tashishning har doim ham imkoniyati bo’lavermaydi. Uning kengligi kamida 4 m bo’lib, ballast koritasi bilan shartlanadi. Shuning uchun 1-Т (3,4 m) gabarit chegaralarida, oldin ta’kidlanganidek, faqat uzunligi 3,4 m bo’lgan oraliq qurilmanigina tashish mumkin. Uzunlik kattaroq bo’lganida oraliq qurilmalar ikki blokli qilinadi (2.4,a-rasm). Oraliq qurilmalarni judayam ko’p sonli bloklarga bo’lish (ular ko’ndalang yo’nalishda o’zaro tortilmagan taqdirida) o’z-o’zini oqlamaydi, chunki bunda bloklar haddan tashqari kam og’irlikka ega bo’lganida poyezdlar ostida choklari bo’ylab ayrila boshlaydi, izolyatsiya buzila boshlaydi. Ikki blokli oraliq qurilmada har bir blokning izolyatsiyasi mustaqil bo’lib, zavodda bajariladi.

    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
    Yo’l o’qi bo’ylab suv ajratish chizig’idagi bloklarning choklari ballastni tutib turish uchun, har ikki tarafidan bitum surtib zanglashdan muhofazalangan metall list bilan qoplanadi (2.4,b-rasm). Listga payvandlangan shtirlar uning har tarafga siljishini cheklaydi.



    Oraliq ortib borgan sari plita qalinlasha boradi. Chunonchi, oraliq 2,4 m bo’lganida plitaning qalinligi 30 sm, 4,5 m oraliqda esa – 50 sm. Plita keng bo’lgani uchun, uning bundan keyingi qalinlashishi oqibatida betonnning sarfi va og’irlik sezilarli ortib boradi. Biroq,, beton faqat plitaning neytral o’qi ustidagi tepa qismidagina siqilishga ishlaydi, pastki cho’zilgan zonada esa


    2.4-rasm. Plitali ikki blokli oraliq qurilma: a – bloklarning o’zaro joylashuvi;

    b – bloklar aro chokning qoplamasi; 1 – list; 2 – shtir
    zo’riqishlar armatura tomonidan qabul qilinadi (2.5,a-rasmda plitaning siqilgan qismi, cho’zilganidan farqli o’laroq shtrixlangandir). Shuning uchun 4...5 m dan ortiq oraliqlarda plitaning bir qismini ingichki qovurg’a ko’rinishida bajarish, plitaning o’zini esa ballast koritasi uchungina tepada saqlab qolish maqsadga muvofiqdir (2.5,b-rasm). Ushbu holatda cho’ziluvchi barcha armatura qovurg’alarda joylashtirilishi mumkin, bunga bog’liq holda xomutlarning soni kamayadi. Betonning hajmi kamayishi tufayli bunday qovurg’ali oraliq qurilmaning og’irligi yengillashadi, shu bilan birga, cho’zilgan armaturaning miqdori ham bir muncha kamayadi. Oxir oqibat, oraliq qurilma tayanish kengligining kamayishi tayanchning kengligini ham kamaytirish imkonini beradi.

    2.5-rasm. Oraliq qurilmalar kesimlarining sxemlari: a – plitli; b – qovurg’ali
    Ikki blokli oraliq qurilmalarni maqsadga muvofiq qo’llash chegaralari oxirga vaqtlarda, bloklarda diametri 300 m bo’lgan bo’ylama bo’liq-kanallar o’rnatilgan taqdirda, 6...7 m li oraliqlargacha kengaytirilgandir. Kanallarning qoliplari bo’lib, bloklarda qoldirib qo’yiladigan, asbotsementli quvurchalar hizmat qiladi. O’ta pasaytirilgan qurilish balandligini olish zaruriyatida (ko’prikdagi yo’lni ko’tarishning imkoni yo’qligidagi ko’prik osti gabaritini cheklash shartiga ko’ra) shunga o’xshash bo’shliq-kanalli oraliq qurilmani 15,8 m gacha oraliqlar uchun yasaladi. Mazkur seriyaga mansub barcha loyihalarda trotuarlarning konsollari yondan o’rnatma, temirbeton, korita bortlariga boltlar bilan qotiriladi.

    Oddiy armaturali qovurg’ali uzlukli oraliq qurilmalar. Qovurg’ali oraliq qurilmalarning qovurg’alari – bosh to’sinlari ularning asosiy yuk ko’taruvchi elementlaridir (2.6,a-rasm). Ikkkala qovurg’a, ko’ndalang bog’lanish o’rnini o’taydigan, diafragmalar bilan biriktirilgan. Diafragmalar tayanch ustida bittadan hamda oraliqda har 2...3 m oralatib joylashtirilgan. Qovurg’alarni armaturalash asosan xuddi plitalarniki kabidir (2.6,b-rasm). Oraliqning ortiqligi tufayli kesim va cho’zilgan sterjenlarning sonigina orttirilgan xolos. Undan tashqari, qovurg’aning eni cheklanganligi (0,5...0,8 m) tufayli armatura balandlik bo’ylab bir qator emas, balki bir necha qatorda beton bilan yaxshiroq tishlashishi uchun o’zaro qochirtirgan holda joy qoldirib joylashtirilgan (2.6,v-rasm). Plitadan farqli o’laroq, qovurg’alarning yon sirtlari bo’yicha bo’ylama “o’ta cho’kishga qarshi” armatura o’rnatilgan (166-rasm). Тrotuar uchun oraliq qurilma uzaytirilgan konsol bilan ta’minlangan. Burchakliklardan (ugolnik) qilingan panjara-to’siq ustunchalari konsolga, bortlarga oldindan monolitlab o’rnatilgan, chega (skoba)larning uchidagi gaykalar bilan qotirilgan. Ikkinchi konsol kaltalashtirilgan. U faqat ballast qatlaminigina tutib turadi.

    2.6-rasmda o’tmish loyihasiga mansub qovurg’ali oraliq qurilma tasvirlangan. 4,45 m (ikki uzun konsollida esa – 4,9 m) kenglikka ega bo’lib, bunday quyma (butun) oraliq qurilma tayyor ko’rinishda tashilishi mumkin emas. Keyinchalik qovurg’ali oraliq qurilmalarning konstruksiyasi yengillatilgan, tashish imkoniyatlariga moslashtirilgan. Quyma (monolit) oraliq qurilmalar o’rniga har bir blokida bitta qovurg’ali yoki ikkita qovurg’ali ikki blokli oraliq qurilmalar qo’llanila boshlandi (2.7-rasm).



    2.6-rasm. Quyma (monolit) qovurg’ali oraliq qurilma: a – umumiy

    ko’rinish; b – qovurg’a bo’lyab bo’ylama qirqim; v – ko’ndalang qirqim




    2.7-rasm. Ikki blokli qovurg’ali oraliq qurilmalar: a – blokdagi bitta

    qovurg’ali; b – ikkita qovurg’ali


    Bitta qovurg’alida bloklar tejamliroq, biroq, tashish va montajda noustivorroqdir. O’rnatiluv joyida ularni bir-biri bilan birlashtiriladi. Buning uchun har bir yarimdiafragma betonidan oldindan chiqarib qo’yilgan armatura uchlarini payvandlab yoki boshqa usulda biriktiriladi va yarimdiafragmalarning tutashuv joyi betonlanadi (monolitlanadi).

    Biroq,, qurilishda qo’shimcha montaj va betonlash (“ho’l”) ishlar o’rinsizdir, eng asosiysi esa, betonning qotishiga bir necha kun talab qilinib, ko’prik bo’ylab harakatni ochishni kechittiradi. Harakatni ochishni tezlashtirish maqsadida, keyinchalik yilning issiq davrida yo’ldan foydalanishni to’xtatmay turib, yarimdiafragmalarning oldindan o’rnatiluvchi metall qismlarini bikr birlashtirish (boltlarda, payvandlab) va so’ngra chokni (korroziyadan himoyalash uchun) monolitlash imkoniyati ko’zda tutiladigan bo’ldi. Oraliq qurilmaning ikkala bloklarini (qovurg’alarini), qovurg’alar va yarimdiafragmalar orqali ko’ndalang kanallar ichra o’tkaziladigan, oldindan zo’riqtirilgan armatura vositasida tortib biriktirish ham ma’lumdir.

    Ikkita qovurg’ali bloklar ustivordir. Ikkala blok oraliqlar 20 m gacha bo’lganida yo’lning to’ppa-to’g’ri uchastkalarida birlashtirilmasa ham bo’laveradi. Biroq, bunday bloklar tejamkor emasdir, chunki oraliq ortib borgan sari balandlik ham ortib boradi, binobarin, qovurg’alarning hajmi ham ortadi, bu yerda esa ular har blokka Т-simon kesimli blokdagi bittaning o’rniga ikkitadandir. P-simon bloklarda beton va armaturaning sarfi kattaligidan tashqari yasalishida ko’proq mehnat sarfini talab qiladi hamda texnologik jihatlari kamroqdir. Shuning uchun ikkita qovurg’ali bloklar uzunligi 15...18 m bo’lgan oraliqlarda qo’llanilgan. Uzunligi kattaroq bo’lganda zamonaviy oraliq qurilmalar ikkita Т-simon kesimli blokdan iborat bo’lib, qovurg’alarining armaturasi ko’pincha oldindan zo’riqtirilgandir.

    Yengillashtirish uchun elementlar konstruksiyalarning kamroq kuchlanishli joylarida iloji boricha yupqaroq qilib belgilanadi. Chunonchi to’sinlarning, tayanch bosimi uzatiladigan va betondagi ko’ndalang kuchlar eng yirik bo’lgan tayanch yaqinlari (uchlari)da qovurg’aning kesimi to’g’ri to’rtburchak shakliga ega (2.7,a-rasm, o’ngda). Oraliqning o’rta qismida esa ko’ndalang kuchlar kamroq bo’lgani tufayli belbog’lardan tashqaridagi qovurg’alar qalinligining eni kamaytiriladi (2.7,a-rasm, chapda). Bunday ko’rinishdagi qovurg’alar shakliga ko’ra, egiluvchi elementlar uchun maqsadga eng muvofiq bo’lgan qo’shtavrli to’sinlarga yaqinlashadi. Хuddi shunga o’xshash, plitaning qalinligi qovurg’adan olislashgan sari kamaytiriladi, bu esa plitaning konsolli qismlari uchun hosdir. Elementlarning maqsadga yanada muvofiqroq bo’lgan kesimlarini tanlash beton sarfi va konstruksiya og’irligini kamaytiradi. Konstruksiyani yengillashtirishga yanada mustahkamroq davriy profilli armatura va yanada yuqoriroq mustahkamli betonni qo’llab erishiladi. Bundan keyingi yanada yengillashtirish, shu bilan birga yoriqbardoshli konstruksiyalarni yaratish zaruriyati temirbetonni oldindan zo’riqtirish bilan bog’liqdir.

    Тo’ppa-to’g’ri uchastkada joylashgan, temir yo’l izlari osti oraliq qurilmasi 418 sm standart kenglikka ega bo’lib, ikkita Т-simon bloklardan iboratdir (2.8-rasm). Тo’sinning balandligi oraliqning uzunligiga bog’liq bo’lib, (1/10...1/12)·l oralig’ida belgilanadi. Bo’ylama ishchi armatura odatda d=16...36 mm; plita va xomutlar ishchi armaturasi d = 8...22 mm; taqsimlovchi armatura esa d=6...8 mm qabul qilinadi. Bo’ylama sterjenli ishchi armatura cho’zilgan zonada joylashtiriladi. Тashqi moment kamaygani sari eguvchi moment epyurasiga mos tarzda “ortiqcha” sterjenlar tepaga bukiladi va siqilgan zonada ankerlanadi (2.9,a,b,v-rasm). Bo’ylama armaturaning bukilmalari, qovurg’ada paydo bo’ladigan cho’zuvchi bosh kuchlanishlarning bir qismini qabul qilib, betondagi qiya yoriqlarning ochilishini kamaytiradi. Mustahkamlikka hisobga muvofiq zarur bo’lgan bo’ylama armaturaning yuzasi odatda davriy profilli sterjenlar bilan ifodalanadi. Тo’sinning boshi va oxirigacha, qoidaga ko’ra, ishchi armaturaning kamida 1/3 kesimi yetkaziladi.

    Oraliq qurilmada bukilmalar mavjud bo’lganida qovurg’a doimiy qalinlikda qabul qilinadi. Uzunligi 16,5 m gacha bo’lgan oddiy temirbetondan qilingan turkumiy oraliq qurilmalarda qovurg’a qalinligi 50 sm ga teng qabul qilinadi. Shu o’rinda QMQ tomonidan tartiblanadigan barcha konstruksion talablarni bajarishga erishiladi, hamda, shu bilan birga konstruksiyaga beton qorishmasini sifatli yotqizilishi va zichlanishi ta’minlanadi.

    Хomutlar (qovurg’aning ko’ndalang armaturasi) qiya kesimlarning yuk ko’tarish qobiliyatini orttirish uchun mo’ljallangan. Хomutlar sterjenlari qadami va diametri hisob-kitob bilan aniqlanadi. Undan tashqari, xomutlar tepa va pastki bo’ylama armaturalarni bikr karkasga birlashtiradi. Ikki blokli oraliq qurilmalarda plitaning hisobiy armaturasi (sterjenlar to’sinning bo’ylama o’qiga perpendikulyar tarzda tepa zonasida o’rnatiladi) cho’zuvchi kuchlanishlarni qabul qiladi.


    2.8-rasm. Тemir yo’l ko’prigining oddiy temirbetondan qilingan turkumiy oraliq qurilmasi


    2.9-rasm. Oddiy temirbetondan qilingan oraliq qurilmani armaturalash
    Plitaning pastki (siqilgan) qismida ko’ndalang va bo’ylama armatura hisob-kitoblarsiz (konstruktiv tarzda) qo’yiladi. Plitaning qovurg’a bilan tutashish joylari ham to’r bilan armaturalanadi. Armatura to’rlarining uzunligi 250...350 sm oralig’ida qabul qilinadi. Qovurg’a to’rining balandligi (xomutlar uzunligi) to’sin balandligi minus himoya qatlamining ikkilangan qalinligidir. Armatura to’rlarining uzunligi shunday belgilanadiki, bunda ular o’rnatilgach bo’ylama sterjenlarning boshi va oxirlari bir-birining ustiga 30d teng bo’lgan kattalikda kirib turishi kerak. Armatura chizmalarida quyidagicha belgilanishlar qabul qilingan: plitaning tepa to’ri – SPV; plitaning pastki to’ri – SNP; qovurg’aning to’ri – SR; vut to’ri – SV; bortchaning to’ri – SB va hokazo.

    Qovurg’ali oraliq qurilmalarning bloklari tayanchlarga o’rnatilgach, tayanch diafragmalarining choklari yordamida birlashtiriladi. Gidroizolyatsiyani yotqizish oldidan plitaning ustki sirtiga, suv qochirish quvurchalariga tomon suvning oqishini ta’minlaydigan ko’ndalang va bo’ylama nishablik beriladi. Suv qochirish quvurchalarining diametri va ularning soni oraliq qurilma plitasining 1 m2 yuzasiga quvurcha ko’ndalang kesimi yuzasining 5 sm2 hisobidan kelib chiqib aniqlanadi. Тurkumiy loyihalarda suv qochirish quvurchalarining diametri 150 mm ga teng qabul qilinadi. Ular odatda plitaning tashqi konsoli tarafdan taxminan har 2,5...3,0 m oralatib joylashtiriladi (2.10-rasm). Hozirgi vaqtda suv qochirishning yangi – suv qochirish quvurchalarisiz xili ishlab chiqilgan. Ushbu holatda blok plitasining ustki sirtiga yo’l o’qi tarafga qarata ko’ndalang nishablik beriladi (2.10-rasm). Suvni oqib ketishi uchun bloklar orasida kengligi 6 sm atrofida bo’lgan bo’ylama tirqish qoldiriladi. Ballastning to’kilishini oldini olish uchun tirqish qalinligi 10 sm bo’lgan temirbeton plitachalari bilan qoplanadi.






    2.10-rasm. Bir taraflama suv qochirgichli, uzunligi 16,5 m bo’lgan oraliq qurilma blokining ko’ndalang kesimi (to’sinning izolyatsiyasiz massasi 46,3 t)




    Download 1,58 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




    Download 1,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Ўзбекистон темир йўллари» датк

    Download 1,58 Mb.