56
Sh. Xolmirzayev ijodining ilk davridayoq hikoya bilan bir qatorda qissa
janrida ham qalam tebratib, „Oq otli“ (1962), „Toʻlqinlar“ (1963), „O‘n sakkizga
kirmagan kim bor?“ (1965) qissalarini yaratdi. Bu asarlar 60-yillardagi oʻzbek
qissalarining eng yaxshi namunalaridan boʻlib qoldi. Yozuvchining shu davrda
yozgan hikoyalari keyinchalik „Olis yulduzlar ostida“ (1971), „Hayot abadiy“
(1974), „Ogʻir tosh koʻchsa…“ (1980), „Yoʻllar, yoʻldoshlar“ (1984), „Bodom
qishda gulladi“ (1986), „Togʻlarga qor tushdi“ (1987) singari toʻplamlaridan oʻrin
oldi.
Obid Rasul - taniqli bolalar shoiri, O‘zbekistonda
xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi a’lochisi. Obid Rasul
o‘z ijodiy faoliyatini jajji o‘g‘il-qizlarimiz uchun
quvnoq she’rlar yozishga bag‘ishlagan. Uning „Ko‘k
chakmonli yigitcha“, „Quvnoq bolalar", „Asal
amaki“, „Sadaf tishli amaki“, „Chashma“, „Keling
bizning polizga“ singari
bir talay kitoblari yosh
avlodning
ma’naviy
mulkiga
aylangan.
Obid Rasul uzoq yillar davomida maktabda
o‘qituvchi bo‘lib ishlaganligi uchun ham bolalaming
fe’l-atvorini
juda
yaxshi
bilardi.
Shuningdek, Obid Rasul uzoq yillar davomida yosh avlodga ta’lim berish bilan birga
o‘zi ishlagan Yangiyoi shahri atrofidagi maktablar qoshidagi yosh ijodkorlaming
to‘garaklariga
yetakchilik qilib, bir talay iqtidorli matbaa xodimlarining,
jurnalistlarning sevimli ustoziga aylangan.
57
Ilyos Muslim - bolalar uchun asarlar yaratishni oʻzi
uchun bir baxt deb
bilgan, sermashaqqat va qutlugʻ bu ishga umrini bagʻishlagan. Ilyos Muslim 1909
-yilning 2-avgustida Qirgʻizistonning Bishkek shahrida choʻyan quyuvchi –
hunarmand oilasida dunyoga keladi. U 1924-yilda
shahardagi Narimonov nomli
1-boshlangʻich oʻzbek maktabiga kiradi. Maktabda oʻzbekcha, qirgʻizcha va
ruscha kitoblarni sevib oʻqiydi. Atrofda boʻlayotgan oʻzgarishlarga sinchkovlik
bilan qaraydi. Dastlabki maqola va sheʼrlarini maktab devoriy hamda respublika
gazetalarida bostirib turadi. 1927 yilning kuzida Ilyos Muslim Toshkentga kelib,
oʻzbek erlar bilim yurtiga oʻqishga kiradi. 1930 yilda uni muvaffaqiyatli
tamomlab, Qashqadaryoga boradi. Yakkabogʻ
tumanidagi Shaman, Qirgʻiz va
Sherozi qishloqlarida oʻqituvchilik qiladi. 1931–1932-yillarda Ilyos Muslim
Oʻzbekiston davlat nashriyotida,
badiiy adabiyot, yoshlar va bolalar adabiyoti
nashriyotlarida muharrir, bosh muharrir oʻrinbosari vazifalarida ishlaydi.
Shoirning birinchi sheʼrlar toʻplami 1932 yilda “Oʻsuv”
nomi bilan kitobxonlar
hukmiga havola etiladi. Shu yili “Zaharxandalar” degan ikkinchi toʻplami, 1934 -
yilda “Miqti keldi” dostoni bosilib chiqadi. 1938- yilda esa “Sheʼrlar” toʻplami
maydonga keladi.