55
O‘qituvchi uchun qo‘shimcha ma’lumotlar
Abdulla Oripov — atoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. Abdulla Oripov
1941-yilning
21-martda
Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi
Nekoʻz
qishlogʻida tugʻildi.
Birinchi marta respublika matbuotida „Qushcha“ deb atalgan sheʼri chiqqan
paytda Abdulla Oripov talaba edi. Shoirning birinchi sheʼrlar toʻplami „Mitti
yulduz“ esa 1965-yilda chop etilgan. Undan keyin „Koʻzlarim yoʻlingda“ (1967),
„Onajon“ (1969), „Ruhim“ (1971), „O‘zbekiston“, „Qasida“ (1972), „Xotirot“
(1974), „Yurtim shamoli“ (1974), „Jannatga yoʻl“ (1978), „Hayrat“ (1979),
„Hakim va ajal“ (1980), „Najot qalʼasi“ (1981), „Yillar armoni“ (1983), „Haj
daftari“ (1992), „Saylanma“ (1996), „Sohibqiron“ (1996), toʻrt tomlik
„Tanlangan asarlar“ (2000–2001) singari qator kitoblari bosilib chiqdi.