31
3-sinf o‘qish kitobidan YOZ SHE’RI Obid Rasul
Yoz keldi – yu, yoz keldi,
Ko‘lga o‘rdak, g‘oz keldi,
To‘kinchilik soz keldi.
O‘rgilay fasli yozim,
Senga rubobim – sozim.
Quyosh bobom – saxiy qo‘l,
Rang – bisoti juda mo‘l,
Ko‘zlagani – to‘g‘ri yo‘l.
O‘rgilay oltin fasl,
Senga yot qing‘ir, hazil.
Polizga qo‘ysang qadam,
Fe’li keng dehqon dadam,
Yozib dasturxon shu dam,
O‘rgilay, - deb, gulyuzdan,
So‘yar qovun – tarvuzdan.
Bog‘da chilgi, husayni
Yetilgan mahal ayni,
Kelib qolsang og‘ayni
O‘rgilay, - deb bol yeysan,
Ekkanga rahmat, deysan.
1-topshiriq. “Tushunchalar tahlili” metodi orqali so‘zlarga izoh bering.