27
2-sinf o‘qish kitobidan CHUMCHUQ BOLA O‘ktam Usmonov
Muallif: Boboxon chumchuq bolani rosa qiynadi: suvga solib suzdirdi,
qanotlarini yoyib, hilpillatdi. Keyin oyog‘iga ip bog‘lab, ko‘chaga olib chiqdi.
Ko‘chada Tal’atga duch keldi. Tal’at Boboxonni ko‘rdi-yu, qovog‘i solindi.
Boboxon judayam o‘jar bola edi. Tal’at shosha-pisha yonini kovlashtirdi:
kissasida yarimta o‘chirq’ich bilan kecha ochgan qizil qalami bor ekan.
Tal’at:_-_Boboxon,_chumchuqni_qayerdan_olding_Boboxon'>Tal’at:
- Boboxon, chumchuqni qayerdan olding?
Boboxon: - Bug‘doyzordan, chigirtka tutayotganimda, do‘ppim
bilan urib
yiqitdim.
Tal’at:
- Alishmaysanmi?
Boboxon: - Alishaman, nimang bor? - dedi hovliqib.
Tal’at: - Mana rangli qalam, agar xo‘p desang, mana bu ochirg‘ichni ham
beraman.
Boboxon: - Buni alishvolib nima qilasan? - dedi.
Tal’at:
- Hozir bilasan nima qilishimni.
Muallif:
- Tal’at chumchuq bolaning oyog‘idagi ipni avaylab yechdi. Yuragi
duk-duk urayotgan bechora qushchani bir-ikki siladi-da,
keyin birdan osmonga
qo‘yib yubordi. «Bor, uchaver!» deb qo‘yib yubordi. Boboxon goh qo‘lidagi
o‘chirg‘ich bilan qalamga, goh pat-pat qanot
qoqib uchib ketayotgan
chumchuqqa, goh istehzo bilan kulimsirab turgan Tal’at o‘rtog‘iga javdirab,
nima
qilishini bilmay, hang-mang bo‘lib qoldi.