|
Oliy ta’lim muassasalarining boshqaruvida elektron elektron hujjat aylanish tizimlarida elektron raqamli imzoni qo‘llash tizimini joriy etishning mazmun-mohiyati
|
bet | 3/8 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #256776 |
Bog'liq Zuxriddin Электрон ҳужжат айланиш тизимларининг таҳлили1 .2 Oliy ta’lim muassasalarining boshqaruvida elektron elektron hujjat aylanish tizimlarida elektron raqamli imzoni qo‘llash tizimini joriy etishning mazmun-mohiyati
Oliy ta’lim boshqaruvida elektron hujjat aylanishidan foydalanish hujjatlar bilan ishlash samaradorligi va ishonchliligini, hujjatlar ijrosini boshqarish hamda amaliy nazorat qilish sifatini oshiradi.
Xush elektron hujjat qanday yaratiladi? U qanday afzalliklarga ega? Bu savollarga javob topish uchun “Elektron hujjat” tushunchasi mazmuni bilan qiziqdik.
Elektron hujjat (EH) – bu elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlangan va EHni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborotdir.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.
Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.
Elektron hujjatlarni almashish tizimi esa an’anaviy hujjat almashish tizimidan biroz farq qilinadi. Bunda hujjat elektron ko‘rinishda kompyuter, telekommunikatsiya va Internet tarmog‘i orqali uzatiladi. Elektron hujjatlarni almashish jarayonida maxsus ixtisoslashtirilgan tizimlardan (E-hujjat) yoki elektron pochta xizmatidan foydalaniladi. Elektron hujjat almashish tizimlarida hujjatlarni uzatish juda tezkor amalga oshiradi.
Elektron raqamli imzo O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi 2003 yil 11 dekabrdagi 562-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi:
- elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
- elektron raqamli imzo - xabar yoki hujjat yaxlitligini va muallifining xaqiqiyligini tekshirishda qo‘llaniladigan va shaxs imzosini to‘laligicha o‘rnini bosa oladigan hujjatga tegishli isbotdir. U axborot - kommunikatsiya tizimlari orqali uzatilayotgan xujjatlarni va axborotlarni haqiqiyligini tekshirishda qo‘llaniladi.
Elektron xujjatning rekvizitlari quyidagilardan iborat: elektron raqamli imzo; jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi; jo‘natuvchining pochta va elektron manzili; hujjat yaratilgan sana. Qonun hujjatlari asosida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvida boshqa rekvizitlar ham belgilanishi mumkin.
Elektron kalitlar va sertifikatlar. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - bu faqat xujjat muallifiga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni hosil qilish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti bu elektron xujjatning kim tomonidan yuborilganligini aniqlash va uni haqiqiyligini tasdiklashda qo‘llanilishi mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron sertifikatlar - bu sertifikatsiya tizimi qoidalariga binoan belgilangan talablarga ko‘ra elektron raqamli imzo vositalarining muvofiqligini tasdiqlash uchun hamda elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning ochiq kalitining elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga ruyxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjat.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oliy ta’lim muassasalarining boshqaruvida elektron elektron hujjat aylanish tizimlarida elektron raqamli imzoni qo‘llash tizimini joriy etishning mazmun-mohiyati
|