• I BOB.ELEKTRON HUJJAT TUSHUNCHASI 1.1
  • XULOSA………………………………………………………………………...20 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati




    Download 1,35 Mb.
    bet2/8
    Sana29.05.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #256776
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Zuxriddin Электрон ҳужжат айланиш тизимларининг таҳлили

    XULOSA………………………………………………………………………...20
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………….....21
    KIRISH
    Bir so‘z bilan aytganda, hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning elektron tizimiga o‘tish “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirilgan muhim qadamlardan biri bo‘lib, davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida qog‘ozsiz hujjat almashinuvini kengaytirish, byurokratiyani qisqartirish, bu sohada raqamli texnologiyalarni joriy etish va normativ hujjatlar qabul qilish jarayonini shaffof va tez amalga oshirishga xizmat qiladi.
    Oʻzbekistonda qogʻoz shaklidagi hujjatlar hujjat aylanishida katta ulushga ega. Bunda ularni qisqartirish, hujjatlarni saqlash va qayta ishlashda qoʻshimcha qulayliklar yaratish, hujjatlarning aylanishi va saqlanishi bilan bogʻliq хarajatlarni qisqartirish imkoniyati mavjud.

    Korхona boʻlinmalari, хususan, buхgalteriyaning oʻzaro hamkorligi jarayonida shakllanadigan katta hajmdagi ichki hujjatlar elektron formatga oʻtkazilishi mumkin. Hisobvaraq-fakturalarni elektron formatga oʻtkazish boʻyicha tajriba хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan oʻz faoliyati doirasida imzolanadigan boshqa hujjatlarga ham tatbiq etilishi mumkin.



    Boʻlgʻusi ishning normativ asosi boʻlib “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonun hisoblanadi. Uning 5-moddasida aytilishicha, elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan aхborot elektron hujjatdir.



    I BOB.ELEKTRON HUJJAT TUSHUNCHASI


    1.1 Vazirlar Mahkamasining 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi chora-tadbirlar va loyihalarni amalga oshirishning ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritib “Elektron hukumat” tizimini, shu jumladan, boshqaruv jarayonlari, shuningdek, beznes sohasiga va fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini shakllantirish konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni jadallashtirishga, Axborot tizimlarining idoralararo va idoraviy komplekslarini integratsiya qiladigan milliy tizimini yaratishga alohida e’tibor qaratish lozim”1 ligiga alohida to‘xtalib o‘tgan edilar.
    Shu sababdan respublikamizda elektron hujjat aylanishi xizmatlari, ayniqsa, elektron hukumat va elektron tijoratni rivojlantirilmoqda. Bunday sharoitda o‘z navbatida elektron axborot almashish jarayonida axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etadi.
    “Elektron hukumat”ning muhim tarkibiy qismi sifatida elektron hujjat aylanishi tizimini amaliyotga muvaffaqiyatli joriy qilish natijasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda xususiy sektor va aholi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar samaradorligining oshishi kabi masalalar mamlakatimizda axborot jamiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
    Mamlakatimizda “e-Hujjat” elektron hujjat aylanishi tizimi BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi hukumatining “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va sheriklik” qo‘shma loyihasi ko‘magida modernizatsiya qilinmoqda. Elektron hujjat almashinuvi tizimida qonuniy hujjat almashinuvini tashkil qilish, yagona hisobga olish tizimini yaratish, hujjatlar ijrosini tizimlashtirish va nazorat qilishni tashkil etish bo‘yicha qator qarorlar qabul qilindi va mavjud ish yuritish tizimlariini takomillashtirish va avtomatlashtirish masalalari davom etmoqda.
    Ayni vaqtda mamlakatimizda ushbu sohani tartibga soluvchi bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligini e’tirof etishimiz mumkin. Yurtboshimizning tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasida 2003 yilda “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida” gi va 2004 yil 29 apreldagi 611-II-sonli “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi.
    Mamlakatimizda yana “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi, “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish va ma’lumotlar uzatish sohasida qonunga xilof harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunlari ham axborot texnologiyalari tizimini tartibga solish va elektron hujjat almashinuvida axborot xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslari bo‘lib xizmat qiladi.
    Mamlakatimizda davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini, “Elektron hukumat” tizimi hamda axborot tizimlarini jadal tatbiq etish, telekommunikatsiya infratuzilmasini va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkil qilindi.
    Ushbu sohani tartibga soluvchi organning O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi sifatida qayta tashkil qilinishi axborot texnologiyalari sohasidagi ishlar ko‘lamini yanada yaxshilashga davlat miqyosida e’tibor qaratilayotganligining birdan- bir isbotidir.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektron raqamli imzodan foydalanishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori ham yuqoridagi qonunlarning bajarilishini ta’minlovchi tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni belgilab beradi.

    Download 1,35 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    XULOSA………………………………………………………………………...20 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

    Download 1,35 Mb.