• Yolg‘on marshrutni kiritish.
  • Xizmat qilishdan voz kechishga undaydigan taqsimlangan hujumlar
  • Tarmoqning yolg‘on obyektini kiritish




    Download 12,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/167
    Sana25.05.2024
    Hajmi12,7 Mb.
    #253984
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   167
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikàsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhamm (1)

    Tarmoqning yolg‘on obyektini kiritish.
    Har qanday taqsimlangan tarmoqda qidirish va 
    adreslash kabi "nozik joylari" mavjud. Ushbu jarayonlar kechishida tarmoqning yolg‘on obyektini 
    (odatda bu yolg‘on xost) kiritish imkoniyati tug‘iladi. Yolg‘on obyektning kiritilishi natijasida 
    adresatga uzatmoqchi bo‘lgan barcha axborot aslida niyati buzuq odamga tegadi. Taxminan, buni 
    tizimingizga, odatda elektron pochtani jo‘natishda foydalanadigan provayderingiz served adresi 
    yordamida kirishga kimdir uddasidan chiqqani kabi tasavvur etish mumkin. Bu holda niyati buzuq 
    odam unchalik qiynalmasdan elektron xat-xabaringizni egallashi mumkin, siz esa hatto undan 
    shubhalanmasdan o‘zingiz barcha elektron pochtangizni jo‘natgan bo‘lar edingiz. 
    Yolg‘on marshrutni kiritish.
    Ma’lumki, zamonaviy global tarmoqlari bir-biri bilan tarmoq 
    uzellari yordamida ulangan tarmoq segmentlarining majmuidir. Bunda marshrut deganda 
    ma’lumotlami manbadan qabul qiluvchiga uzatishga xizmat qiluvchi tarmoq uzellarining ketma-ketligi 
    tushuniladi. Marshrutlar xususidagi axborotni almashishni unifikatsiyalash uchun marshrutlami 
    boshqamvchi maxsus protokollar mavjud. Intemetdagi bunday protokollarga yangi marshrutlar 
    xususida xabarlar almashish protokoli - ICMP (Tarmoqlararo boshqaruvchi xabarlar protokoli) va 
    marshrutizatorlami masofadan boshqarish protokoli SNMP (Tarmoqni boshqarishning oddiy protokoli) 
    misol bo‘la oladi. Marshrutni o‘zgartirish hujum qiluvchi yolg‘on xostni kiritishidan bo‘lak narsa 
    emas. Hatto oxirgi obyekt haqiqiy bo‘lsa ham marshrutni axborot baribir yolg‘on xostdan o‘tadigan 
    qilib qurish mumkin. 
    Xizmat qilishdan voz kechishga undaydigan taqsimlangan hujumlar
    - DDoS (Xizmat 
    qilishdan taqsimlangan voz kechish) kompyuter jinoyatchiligining nisbatan yangi xili bo‘lsa-da, 
    qo‘rqinchli tezlik bilan tarqalmoqda. Bu hujumlaming o‘zi anchagina yoqimsiz bo‘lgani 
    yetmaganidek, ular bir vaqtning o‘zida masofadan boshqariluvchi yuzlab hujum qiluvchi serverlar 


    88 
    tomonidan boshlanishi mumkin. Xakerlar tomonidan tashkil etilgan uzellarda DDoS hujumlar uchun 
    uchta instmmental vositani topish mumkin: trinoo, TribeFloodNet (TFN) va TFN2K. 

    Download 12,7 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   167




    Download 12,7 Mb.
    Pdf ko'rish