• 10.2. Mobil texnologiyalarda bulutli hisoblashlardagi muammolar va ularning yechimi
  • O‘zbekiston respublikаsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali




    Download 12,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet66/167
    Sana25.05.2024
    Hajmi12,7 Mb.
    #253984
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   167
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikàsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhamm (1)

    Mobil qurilma 
    Native Platform 
    Mobil mijozning 
    namunaviy 
    xizmatlari 
    B
    ran
    d
    m
    au
    er
     
    Bulutli muhit 
    Secure socket-based 
    data service 
    Boshqarish 
    konsoli
    Xavfsizlik 
    Syns 
    xizmati 
    Push 
    xizmati 
    Ilovaning Offline ishlashini 
    madadlash 
    Ma’lumol
    ar bazasi 
    Bulutli hisoblash tizimi resurslari 
    Bulutli tizimning 
    namunaviy xizmatlari 
    Xabarlar 
    tizimi 
    Bulutli 
    servislar 


    90 
    10.2. Mobil texnologiyalarda bulutli hisoblashlardagi 
    muammolar va ularning yechimi 
    Bulutli hisoblashlar nafaqat foydali tomonlarga ega, balki bulutli xizmatlarni taqdim etish 
    uchun quyidagi zarur talablar qondirilishi lozim. 
    - ilova funksiyalarini bulut va qurilma tarafidan ajratish imkoniyati; 
    - tezkor javob uchun tarmoqning past latentligi; 
    - bulut va qurilma orasida ma’lumotlarni tezlik bilan uzatish uchun tarmoqning yuqori 
    o’tkazish qobiliyati; 
    - xarajatlarni optimallashtirish maqsadida tarmoq holatini adaptiv monitoringlash; 
    - kanalni nazoratlash uchun doimiy tarmoq ulanishi; 
    - so’rov bo’yicha ulanishni madadlash imkoniyati; 
    - energiya samaradorligini va kam chiqimlikni hisobga olgan holda tarmoqni tanlash 
    imkoniyatiga egaligi. 
    Ushbu talablar bulutli resurslarni ishlatishga qator cheklashlar qo’yadi va echilishi lozim 
    bo’lgan qator muammolarni kelib chiqaradi: 
    Barcha e’tirof etgan ochiq standartlarning mavjud emasligi.
    Bulutli xizmat provayderlari 
    orasidagi mobillik va o’zaro ta’sir mumkin emas. Bu bulutli texnologiyalarning tezkor rivojlanishini 
    va keng ishlatilishini qiyinlashtiradi. Foydalanuvchilar o’zlarining joriy ma’lumot manbalarini bulutli 
    platformalarga istar-istamas o’tkazadilar, chunki bulutli platformalarda qator echilmagan texnik 
    muammolar mavjud. 
    Masshtablanishning cheklanganligi.
    Bulutli xizmatlarni ta’minotchilarining aksariyati cheksiz 
    masshtablanishni taqdim etishlari xususida gapiradilar. Aslida, bulutli hisoblashlarning keng tarqalishi 
    va foydalanuvchilar sonining oshishi bilan, bulutli xizmatlarni taqdim etuvchilarning hech qaysisi 
    barcha foydalanuvchilar so’rovlarini qondirish imkoniyatiga ega emas. 
    Xizmatdan foydalanishdagi ishonchsizlik.
    Ko’pgina bulutli tizimlarda (xususan Amazon, 
    Google, Microsoft) vaqtincha nosozliklar bo’lib turadi. Bitta ta’minotchi xizmatiga bog’liqlik nosozlik 
    vaqtida tanglik holatiga sabab bo’ladi, chunki ilova bulutli xizmatlarning boshqa ta’minotchisiga o’ta 
    olmaydi. Natijada xizmat ko’rsatish to’xtatiladi. 
    Xizmat provayderi tomonidan blokirovkalash.
    Mobillikning mavjud emasligi ilova va 
    ma’lumotlarning bulutli xizmatlarning bir ta’minotchisidan ikkinchisiga o’tishiga imkon bermaydi. 
    Turli bulutli tizim xizmatlaridan foydalanishning mumkin emasligi.
    Hozirda bulutli 
    xizmatlarning turli ta’minotchilari orasida o’zaro qo’shilishning yo’qligi ilovalarning turli bulutli 
    hisoblash tizimlari imkoniyatlaridan foydalana olmasliklariga sabab bo’ladi. 
    Ushbu muammolarni mobil agentlar texnologiyasidan foydalanib echish mumkin. 
    Mobil agent (MA) texnologiyasi - mobil telefonlar uchun Mail.ru Agent dasturining maxsus 
    versiyasi. MA yordamida abonentlar bilan aloqa, ular manziliga bog’liq bo’lmagan holda, 
    ta’minlanishi mumkin. Hozirda ushbu dastur aksariyat kompyuterlarda butun dunyo bo’yicha on-line 
    rejimida muloqot vositasi sifatida ishlatiladi. Dastur ovozli, videoli aloqani hamda matnli xabarlarni 
    tarqatishni ta’minlash imkoniga ega. Undan tashqari dastur mobil operatorning imkoniyatidan 
    foydalanib trafikni nazoratlashga imkon beradi. Dasturning o’zi tekin, mablag’ esa faqat 
    foydalanuvchining tarif rejasiga muvofiq uning hisob varag’idan olinadi (internet-GPRS trafigi 
    to’lovi). MA orqali xohlagan telefon nomeriga SMS ni tekin jo’natish mumkin. MA telefon nomerlari 
    yozilgan yon daftarchaning "zaxirali nusxasini" serverda saqlashga imkon beradi (apparat yo’qolishi 
    holi uchun). 


    91 
    Shunday qilib, MA - geterogen kompyuter tarmog’idagi kompyuterlar orasida avtonom tarzda 
    ko’chib yuruvchi va foydalanuvchi tomonidan qo’yilgan masalani echish uchun har bir mashinadagi 
    servislar bilan o’zaro aloqa qiluvchi dasturiy modul. MA foydalanuvchilar va texnik qurilmalar orasida 
    vositachilik sifatida ishlatilishi mumkin. Masalan, agar foydalanuvchi qurilmani boshqarishni xohlasa, 
    ammo mos dasturiy ta’minotga ega bo’lmasa, ma’lumotlar almashish protokoliga ega MA ga murojaat 
    etishi mumkin. 
    Odatda, foydalanish so’rovlari bulutdan to’g’ridan-to’g’ri Internetga jo’natiladi. Bu tarmoq 
    trafigi tezligining oshishiga va reaksiya vaqtining kamayishiga olib keladi. 
    Mobil agentlar yordamida bulutli hisoblashlarni ifodalovchi tizimning bazaviy arxitekturasida 
    Task manager ga asoslangan markazlashtirilgan yondashish ishlatiladi. Har bir ma’muriy domen bulutli xizmatlar 
    ta’minlovchisida o’zining virtual mashinasiga va mobil agent joyiga (Mobile Agent Place, MARga) ega. Virtual 
    mashinalaridan biri ko’pgina funksiyalarni (resurslarni indeksatsiyalash, autentifikatsiya, xavfsizlik, 
    billing, avariyali tiklash, buzilishga bardoshlik) bajaruvchi Task manager sifatida tanlanadi. 
    MA dagi ma’lumotlar strukturasi sifatida ifodalangan foydalanuvchining masalasi bulutga 
    jo’natiladi. MAR mobil agent tomonidan jo’natilgan barcha ma’lumotlarni qabul qiladi. MAR mobil 
    agentdan ma’lumotlar olinganmi yoki olinmaganligidan qat’iy nazar, Task manager ni ogohlantiradi. 
    MAR va Task manager orasida ma’lumotlar almashuvi doimiy. 
    10.2-rasmda ushbu mobil-agentli yondashishdan foydalanib, bulutli muhitda mobil agentlarni 
    hisoblash tizimining modifikatsiyalangan arxitekturasi keltirilgan. 
    Ushbu arxitektura mobil texnologiyalarning bulutli hisoblash tizimlari bilan birgalikda 
    ishlatilishidagi ba’zi jiddiy muammolarni echish imkoniyatiga ega va qator afzalliklarni beradi: 
    Portativlik.
    Ilova kodini yoki foydalanuvchi masalalarini uzatuvchi mobil agent bir MAR dan 
    boshqa MAR ga, bulutli tizimning o’ziga xos xususiyatiga bog’liq bo’lmagan holda, ko’chishi 
    mumkin, ya’ni portativlik amalga oshiriladi. 
    Tarmoq o’zaro ta’sirini standartlashtirish.
    Turli mijozlar va hisoblash tizimlari uchun o’zaro 
    ta’sirni unifikatsiyalash quyidagilarga imkon beradi: 
    - tarmoq kanalining beqarorligida tizim ishini barqarorlashtirish; 
    - yuqori tarmoq yashirinligida tizim ishini normallashtirish; 
    - elastik mobil ilovalarining (Elastic Mobile Applications) rivoji uchun texnologik asosni 
    yaratish. 
    Elastik (moslanuvchan) mobil ilovalar mobil qurilma imkoniyatlari bilan cheklanmagan. 
    Qo’shimcha hisoblash quvvati yoki saqlash uchun joy talab qilinganida, ularni bulutdan olish mumkin. 
    Tarmoq o’zaro ta’sir standarti tarmoq protokollari HTTP(S), ma’lumotlar formati va API larni 
    ishlatishga asoslangan. Bu qurilmaga katta moslanuvchanlikni taqdim etadi. 
    Elastik mobil ilovalar mobil qurilmada yoki bulutda ishga tushirilishi va ular orasida, vaziyatga 
    yoki foydalanuvchi maquligi bog’liq holda, ko’chishi mumkin. Elastik ilovalar arxitekturasi quyidagi 
    komponentlarga ega (10.3-rasm): 
    - elastik ilova -
    foydalanuvchi tomonidan tanlanadi va ixtiyoriy platformada, qurilma 
    cheklashlariga muvofiq, ishga tushiriladi; 
    - elastiklik menejeri -
    qurilmada ishga tushiriladi, weblet (WIDL tilidagi dasturiy modul - 
    "veblet" deb ataluvchi funksional mustaqil va o’zaro ta’sir etuvchi birliklar naboridan tashkil topgan) 
    uchun zaruriy resurslarni nazoratlaydi va boshqaradi; 
    - dispetcher -
    jarayon kechayotgan joy (mobil qurilmada yoki bulutda) xususida weblet uchun 
    kerakli energiyani aniqlash uchun optimizatorni ishga tushiradi va optimal variantni tanlaydi; 
    - bulutning elastiklik servisi -
    vebletlarga resurslarni taqsimlaydi. Bulut menejeridan, bulut 
    konfiguratoridan va ilovalar menejeridan tashkil topgan: 


    92 
     
    - bulut menejeri -
    bulutda ishga tushiriluvchi ilovalarning turli qismlaridan foydalanganligi 
    xususidagi axborotni saqlaydi; 
    - ilovalar menejeri -
    mobil qurilmada ilovalarni o’rnatish va ishga tushirish imkoniyatini 
    ta’minlaydi; 


    93 
    10.3-rasm. Elastik ilovalarning arxitekturasi 
    - bulut konfiguratori -
    bulutdagi operativ ma’lumotlarni yig’ishni amalga oshiradi; 
    - uzel manejeri -
    bulutning har bir uzelida ishlaydi, ilovalar menejeri va bulut menejeri bilan 
    bevosita o’zaro ta’sirda bo’ladi. 
    Shunday qilib, bulutli hisoblash konsepsiyasi mobil ilovalar rivoji uchun yangi imkoniyatlarni 
    taqdim etadi, chunki hisoblash va ishlash jarayonlarini virtual muhitga ko’chiradi. 

    Download 12,7 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   167




    Download 12,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikаsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali

    Download 12,7 Mb.
    Pdf ko'rish