• Ekran
  • Ekran formasi
  • Menyu menejeri
  • Adabiyotlar
  • Tayanch iboralar
  • Programmani matn moduli bo’yicha strukturalash (tarkiblash).
  • Programma modullarini matn shaklida o’rnatish.
  • Alohida tarjima qilinadigan modullar
  • Birinchisi.
  • Ob’ekt modullar va yuklanadigan fayllar.
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus




    Download 0,5 Mb.
    bet3/41
    Sana10.04.2017
    Hajmi0,5 Mb.
    #3736
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41

    Leksemalarga klaviaturaning bosilgan klavishasi (tugmachasi) kodi, menyu punktlari nomerlari va hokazolar kiradi.

    Semantik tahlil jarayonida gap va iboralarning ma’no jihatdan to’gri yoki to’g’ri emasligi aniqlanadi.

    Sintaksis va sintaktik tahlil qoidalar to’plami va gramatik konstruksiyalarni ishlatib ularning mumkin yoki emasligi aniqlaydi

    Hozirgi paytda ko’rsatilgan va qushimcha talab va prinsiplar asosida foydalanuvchu interfeysini loyihalashning abtomatlashtirilgan tizimlari foydalanuvchi interfeysini boshqarish tizimlari (FIBT) ishlab chiqarilmoqda bunday tizimlarning tarkibiga quyidagi konponentalar (instrumental vositalar) mavjud[5]:

    - ekran generasiyasi;

    - grafika paketi;

    - malumotlar va yordamchi informasiya muharrirlari;

    - kupoynali ekranni boshqrish;

    - kiritiladigan malumotlarni modifikatsiyalash;

    - bajariladigan kod generator.

    Shunday qilibbu bulimda biz foydalanuvchi interfeysiga quyiladigan asosiy talablar, muloqatni tashkil qilish usulllari va prinsiplari, surov-javob fragmentlarining taxlil bosqichlarini aniqladik. Murakkab muloqatlarni loyihalash va boshqarish tizimlarning umumiy konponentalari tuplamini kursatdik.

    Multioynali WIMP- interfeysilar elementlarini loyihalash

    Bu tundagi interfeyslar asosan oddiy va malakasi uncha yo’qoribulmagan foydalanuvchilarga muljallangan. Ana shu turdagi interfeysilardan WIMP so’zi quyidagi 4 ta asosiy xususiyatlardan kelib ciqqan:

    - malumot bir nechta oynalar (windows) yordamida akslantiriladi;

    - obektlarni piktogrammalar yordamida ikonalar (Icons) bilan tasvirlanadi;

    - maluotni tanlab olish sichqoncha (Mouse) orqali bajariladi;

    - avtomatik ravishda paydo bo’ladigan (Pop-down)menyo’lar ishlatiladi.

    WIMP- interfeyslarning paydo bo’lishi va ko’p ishlatilishi ham o’ziga xos sabablarga ega. Birinchidan tasvir (obekt)ekranga sig’masa ham uning qismlarini bo’laklab xotiraga saqlash mumkin. Shuning uchun katta hajmdagi tugri murojat qilinadigan xotira ishlatiladi. Ikkinchidan piktogrammalarni akslantirish uchun monitorning yoqori kuchlanish (nuqtali adrislar)turlari qullaniladi.

    Uchunchidan, tizim juda katta tezkorlik bilan ishlab obektlari tasvirlash va qulayliklarini beradi.

    WIMP- interfeyslar asosida juda kup operasion tizimlar, masalan,Windows, MAC OS ishlaydi. Amaliy programrammalar majmualari ham shu elementlar yordamida tashkil qilinayabdi. Mutaxassis-foydalanuvchining “ish stoli” elementlari,yani birnechta hujjatlar bilan ishlash, soat,kalkulyator qulayliklaridan foydalanish, bir hujjatdan boshqasiga tez o’tish amallari bajarish kabi vositalari bu muhitda tashkil qilinadi har bir oyinaga o’ziga xos malumotlar turini akslantirish mumkin. Masalan, piktogramma –katta bo’lmagan maxsus oyin(belgi) bo’lib u bilan bog’liq bo’lgan buferdagi malumot turini akslantiradi. Piktogrammani ochib malumotni ekranda ko’rish mumkin bo’ladi. Tayyor piktogrammalardan tashqari, foydalanuvchi o’z piktogrammalarini tashkil qilish mumkin. Piktogramma bilan programma modullarini ham (bajariladigan fayllar) bog’lashga imkoniyat birilgan.

    Bu va boshqa qulayliklarni hisobga olsak; ko’poyinali texnologiya bitta ekran bilan ishlashdan ancha farq qiladi, ham tekst va ham grafika elimentlarini qo’llaydi

    Hozirgi paytda foydalanuvchi interfeysini loyihalash uchun bir qancha talab va standart lar ishlab chiqilgan. Standartlashning asosiy maqsadi umumiy terminologiyani (atamani),asosiy tushunchalarni, ularni ishlab chiqish vositalarni, texnologiyalarini taklif qilishdir. Standartlarni qullash esa programmalashda yaxshi natijalar beradi va programmalovchining yo’qori malakali ekanligi haqida dalolat beradi.

    Ana shunday standartlardan biri IBM formulasi tomonidan taklif qilingan SAA(sustem Application Architecture-ilovalarni ishlab chiqish muhiti arxitekturasi, tuzulishi) standartidir. Bu standart programma taminotini ishlab chiqishning kupgina tomonini, yani foydalanuvchio interfeysi, programmalash til va vositalari, kodlashtirish usuli, grafika, oyinali qo’llash va protokollarni telekommunikasiyada ishlatilishini o’z ichiga oladi. Standartning asosiy qismini CUA (Common User Acces-matn va grafik ilovarni ishlab chiqishda foydalanuvchi interfeysini tashkil qilish ) tashkil qiladi. Standartda quyidagi tushuncha, vosita va mexanizmlar ishlatiladi.



    Ekran -disiliy qismini va unda foydalanuvchi uchun malumot joylashtiriladi.

    Panel –malumotlarning aniq bir usul yoddamida ekranda chiqarilisi.Standar 5 xil panel turlarini (menyo’, kiritish, informasion, ro’yxat va ilovalarni aniqlash ) qullaydi.Panelni hosil qilishda uni 3 ta qismga ajratish mumkin: harakat meyo’si, panel tanasi va funksional kilavisha sohasi.
    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.

    Muloqatning olib borilishi quyidagi qadamlardan tashkil qilinadi.



    1. Bir qadam oldongi (malumotni kiritish).

    2. Bir qadam orqaga (harakatni to’xtatish)

    1. Ilovaning aniq bir nuqtasiga qaytish(funksiyadan chiqish)

    2. Operatsion sistema muhitiga qaytish (ilovadan chiqish).

    Ekran formasi -interfeysning asosiy visual (ko’rinishli) elementi. Elementlardan maydon, knopka bilan maxsus funksiya (programma matni) bog’lanadi va uni ssienariy deymiz.

    Bu va boshqa elementlarni tashkil qilish va boshqarish uchun maxsus interfeys programmalari ishlatiladi. Asosiy programmalarni ko’rib chiqamiz [6].



    Menyu menejeri menyu daraxti bo’ylab harakatni boshqaradi va menyu satridagi programmani ishga yurgizadi.

    Menyu taxrirlovchisining bajaradigan ishlari to’plami:

    • menyuning yangi oynasini hosil qilish va daraxtga qo’shish;

    • sarlavha va uning nomini aniqlash;

    • daraxtdan menyu punktini chiqarish;

    • menyu punktiga programmani bog’lash;

    • har bir oyna uchun yordamchi qism sistema (Help) ni tashkil qilish.

    Menyu monitori. Ma’lumotlarni qayta ishlovchi programmalarga uzatadi va natijalarni chiqaradi.

    Mavjud programmalash muhitlari va tizimlarini tahlil qilsak yuqorida keltirilgan usul, vosita va mexanizmlar Delphi va Visual Basic integrallashgan muhitlarda boshqalarga nisbatan ko’proq ishlatiladi.



    Sinov savollari:

    1. Interfeys nima va uning qaysi turlarini bilasiz ?

    2. Interfeysga qo’yiladigan talablar.

    3. WIMP –interfeys nimani anglatadi ?

    4. “Ish stoli” metaforasi qanday tashkil qilinadi

    5. Interfeysni standartlashga misollar keltiring.

    Adabiyotlar

    [6], [8], [12], [13], [15], [18]



    Ma’ruza № 8

    Mavzu: Klassik tizimli programmalash

    Reja:

    1. Klassik tizimli dasturlash xususiyatlari.

    2. Uzulishlar va ularning turlari.

    3. OS ning uzulishlarini qayta ishlash moduli.

    4. Yuqori darajali tillar va uzilishlar

    Tayanch iboralar: uzilishlar OS moduli, uzulish vektori, BIOS funksiyalari, quyi darajali til, programma uzulishlari, apparat

    uzulishlari.



    Ma'ruza bayoni

    Uzulishlar va assebler-programma xususiyatlari.

    Tizimli programmalashda uzulishlarni tahlil qilish va qayta ishlash katta rol o`ynaydi. Uzulish-bu bajarilayotgan jarayonni unga nisbatan tashqi hodisa tasiri asosida vaqtinchalik to`xtatilishidir. Biz uzulishlar va ular bilan bog`liq bo`lgan tushunchalarni SHEHM muhitida qarab chiqamiz. Boshqa (universal superEHM) muhitlarda ham xuddi shunga o`xshgan uzulishlar turi, ularni tahlil qilish usullari va qayta ishlash mexanizmlari mavjud.

    MS-DOS operatsion sistemaning asosiy modullaridan biri-bu BIOS (KCHAS-kiritishlar chiqarishning asosiy sistemasi) hisoblanadi. BIOSning asosiy vazifalaridan biri operatsion sistemaning uzulishlariga xizmat ko`rsatishdir. Bu ish uzulishlar mexanizmi yordamida bajariladi, ya`ni mashenaning joriy ishi qisqa vaqt davomida to`xtatiladi va unga sababchi bo`lgan hodisa qayta ishlanadi. Uzulishlarni uchta guruhga: aparat, mantiqiy va programmaviy bo`ladilar. Aparat uzulishlarining sabablari (manbalari): tok kuchini pasayishi, klaviaturadagi klavisha (tugmachani) bosilishi, qattiq va yumshoq disk qurilmalaridan keladigan signallar va hokazolar bo`lishi mumkin.

    Mantiqiy (protsissor) uzulishlar nostandart holatlarda, masalan, mekroprotsissorning ish jarayonidagi nolga bo`lish registrlarni to`lib ketishi, “to`xtash nuqtasi” paydo bo`lganda yuzaga keladi.

    Programmaviy uzulishlar uzulishlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Bunday uzulishlar bir programma boshqa programmadan xizmat ko`rsatishni talab qilgan paytda hosil bo`ladi. Xizmat ko`rsatish turi esa yana aparat bilan bog`liq bo`ladi.

    Har bir uzulish maxsus (yagona) nomerga ega va u bilan aniq bir qismprogramma bog`langandir. Bu qismprogramma paydo bo`lgan holatni tahlil qiladi va unga xizmat ko`rsatadi. Agar bu qismprogrammani boshqa uzulish qismprogrammasi to`xtatmoqchi bo`lsa ikkinchi qismprogramma “navbatga” qo`yiladi, ya`ni “maskirovka” qilinadi.

    BIOS past bosqich (прерывания нижнеего уровня) uzulishlarni qayta ishlaydi. Bu turdagi uzulishlar aparatura bilan bog`liq. Past (quyi) bosqich uzulishlarining nomerlari 0-3110(0-1F16). Boshqa uzulishlar, ya`ni 32-6310(20-3F16) tartib raqamli uzulishlar yuqori bosqich uzulishlari deyiladi. Bu turdagi uzulishlarni DOS uzulishlarini qayta ishlash moduli (MS-DOS.COM yoki MS-DOS.SYS) boshqaradi.

    BIOSning qayta ishlaydigan uzulishlaridan, masalan 0-nolga burish 2210(1616)-klaviaturani boshqarish, 2610 (1A16)-sana va vaqtni so`rash (o`rnatish)larni keltirish mumkin.

    Bazi bir uzulishlar, masalan, 1910(1316)-qattiq disk qurilmasini boshqarish bir nechta (18 ta) funksiyalarga murojat qilish imkoniyatini beradi. Bu funksiyalar ham o`z nomeriga (kodiga, 0-17) ega.

    Masalan, 0-boshlang`ich holat (o`rnatish), 4-yozish yoki o`qishdan keyin tekshirish, C-kerakli yulakni (дирожкани) izlash yoki 1610(1016)-displeyni boshqarish uzulish esa 24 ta funksiyalarga murojat qiladi.

    MS-DOSning uzulishlarni qayta ishlash moduli.

    Bu modul yuqori bosqich uzulishlari bilan ishlaydi.Anashu uzulishlarga amaliy programmalardan murojaat qilish mumkin.

    Maskur guruhdagi qism programmalar fayl sistemasi ishini, komunnikatsiyalar (klaviatura, displey,printer) va maxsus holatlarni boshqarish bilan bog’liqdir.Masalan, 3310=2116 nomerli uzilish bilan funksiyalarning katta to’plami birlashtirilgan.Bu funksiyalar fayl qism sistemasi va standart qurilmalar ishini boshqarish uchun xizmat qiladi.Misol uchun, 2A16-funksiyasi sana haqidagi, 2C16-vaqt,4116-kursatilgan katalogdan faylni o’chirish kabi malumotlar beradi va amallarni bajaradi.

    Amaliy va tizimli programmalar taminotini yaratishda biz operatsion sistema va apparatura bilan bog’liq bo’lgan uzilishlarga quydagi yullar bilan murojat qilishimiz mumkin. 2.Yo’qori darajali tillar (paskal, ci, delfi) tarkibidagi maxsus protsedura va funksiyalardan foydalanish.Ammo bular apparaturaga to’g’ridan-to’g’ri murojat qilishni to’liq taminlamaydi.

    2. Opertsion sistemaning yuqori bosqich (32-6310) uzulishlarini qo’llash. Programmalash tizimining translyatori maxsus protsedura (funksiya) yordamida OSning uzulishlari murojaat qilish imkoniyatini beradi.

    Bu proseduralar parametrlari uzulish nomerini ko`rsatadi va mikroprosessor asosiy registrlarini qiymatini aniqlaydi.

    Masalan, TPasda MSDOS modulining Intr prosedurasini qaraymiz. Uning umumiy ko`rinishi

    procedure Intr( InrNo:Byte; var Regs: Registers);

    Bu yerda IntNo-uzulish nimeri; Regs-Registers tipli o`zgaruvchi va uning umumiy ko`rinishi variantli yozuv shaklida tasvirlanadi.

    Type

    Registers=recora



    Case integer of

    0: (Ax,Bx,Cx,Dx,BP,SI,DI,DS,ES,Flags:word);

    1: (AL,AH,BL,BH,CL,CH,DL,DH:Byte)

    End;


    Bu prosedurani ishlashini oddiy misol yordamida ko`ramiz. Faraz qilaylik, Manitor ekranidagi ma`lumotni printerga chop etish kerak bo`lsin. Bu ishni Shift PrtScr klavishalarni birgalikda bosish yordamida bajarish mumkin yoki uzulishlardan foydalanib ham ijro etish yo`llari mavjid. Programmaning umumiy ko`rinishi quyidagicha bo`ladi.

    Uses dos;

    Procedure PrintScreen;

    Var r:registers;

    Begin intr($05,r) end.

    {Tizim uzulishi nomeri 16 lik sanoq sistemasi}

    Begin

    Write(`ekranni chop etish uchun ENTERni bosing’);



    Readln;

    PrintScreen

    End.

    Programma 5-uzulishni (ekranni grafik nusxasini chop etish) ishlatadi va ekrandagi ma`limotni printerdan chiqaradi.



    Uzulishlardan drayverlarni ishlab chiqishda, assembler-programma tuzushda yoki operatsion tizimning funksiyalarini o`zgartirishda ko`p foydalanadilar.

    3. Ikkinchi usulni qo`llab quyibosqich, ya`ni BIOS murojaat qiladigan uzulishlarni ham ishlatish mumkin. Ammo apparaturaga murojaat qilish SHEHM turi bilan bog`liq, shuning uchun programmalar umumiy emas xususiy, SHEHMning konkret turi bilan bog`liq bo`lib qolishi mumkin. Shunday qilib, birinchi usul konkret programmalash tili bilan, ikkinchi usul esa SHEHM arxitekturasi bilan bog`liq bo`lgan holda uzulishlarni ishlatishga imkon beradi.

    Endi uzulishlarni assembler-programma tuzish paytida qo`llanishi va xususiyatlarini ko`rib chiqamiz.

    Accembler-programma tuzish jarayonida operatsion sitema va uning qismsistemasi BIOS yordamchi funksiyalari ishlatish maxsus qoidalar bo`yicha tashkil qilinadi.

    Shu uzulishlardan biri 2116 nomerli uzulish bo`lib birnechta funksiyalarini qo`llashimiz mumkin. Funksiya nomeri AH registrida joylashtiriladi.

    Masalan, mov AH,1 komandalari programma uchun kiritilishi

    Int 21h kerak bo`lgan simvolni klaviaturadan kiritishni kutib turadi. Bu yerda 1 funksiya nomeri va u 2116 nomerli uzulish tarkibiga kiradi. Shundan foydalanib programmani dialog (so`rov-javob) shaklida tashkil qilish mumkin. Ma`limotni kiritish uchun “yes” nishoniga yoki kiritmaslik uchun “no” nishoniga o`tish kerak bo`lsa u holda quyidagi fragmentni yozish mumkin.

    Wodsim: mov AH,1 ; simvolni o`qish (kiritish)

    Int 21h ; simvol AL da kiritiladi.

    Cmp AL,’4’ ; simvol=’yes’

    Je YES ; agar ‘yes’ u holda yes nishoniga o`ting.

    Cmp AL,‘N’ ; agar ‘NO’ bo`lsa No nishoniga o`ting.

    Je NO

    Jne wodsim ; ‘y’ yoki ‘N’ bo`lmasa simvolni kiritishni kutish. YES: :



    NO: :

    Sinov savollari:

    1. Tizimli dasturlash vazifalarini aniqlang.

    2. Uzulish nima?

    3. Uzulishlar qanday guruhlarga bo'linadi ?

    4. OS, apparatura va dasturlash tili uzulishlarni ishlatishni tushuntiring

    5. OS ning qaysi moduli uzulishlarni qayta ishlaydi

    6. Dasturlashning qanday sohalarida uzulishlar ishlatiladi?

    7. Aniq bir guruh (OS, apparatura, foydalanuvchi) uzulishlari haqida ma'lumot bering



    Adabiyotlar

    [1], [2], [3], [4], [12], [19]



    Ma’ruza № 9

    Mavzu: Modullar kutubxonasini yaratish

    Reja:

    1. Modulli programmalash asoslari

    2. Modul interfeysi va turlari

    3. Usulning qulayliklari

    4. Zamonaviy tillar va modulli dasturlash

    Tayanch iboralar: modul, interfeys, ob’ekt, bo’lim, abstrakt tip, modullarni boshqarish, modul spetsifikatsiyasi.

    Ma’ruza bayoni

    Modulli programmalash zamonaviy texnologiyalardan hisoblanadi. Katta va murakkab programma ta’minotini yaratishda avvalo uning strukturasi va komponentalari orasidagi munosabatni aniqlash maqsadga muvofiq.

    Struktura (tarkib) masalasini muhokama qilsak u holda quyidagi holatlarni qarab chiqishimiz kerak:


    1. Programma yagona moduldan iborat va uni ijro etish uchun operativ xotiraga to’liq yuklash kerak;

    2. Programma bir nechta segmentlardan (bo’laklardan) iborat va har bir segment kerakli paytda operativ xotiraga yuklanadi va ijro etiladi. i- modul o’rniga (i 1)- modul yuklanishi mumkin.

    d) Programma rezident (bosh) qism va bir nechta norezident qismlardan iborat. Rezident qism ish boshlanishida xotiraga yuklanadi. Norezident qismlar esa navbat bilan ketma-ket yuklanadilar.

    Shu va boshqa xususiyatlar programmaning tezkorligi va xotirani egallashiga katta ta’sir qiladi, programma modullari, kutubxonalarini yaratish jarayonida hisobga olinadi. Bu yerda bir nechta holatlar va usullar mavjud. Ularni qisqacha ko’rib chiqamiz.



    Programmani matn moduli bo’yicha strukturalash (tarkiblash). Murakkab programma konstanta,o’zgaruvchilar, turlar, qismprogrammalardan iborat. Shuning uchun boshlang’ich modulni qismprogrammalar, ya’ni protsedura va funksiyalarga nisbatan tarkiblash (tartiblash) maqsadga muvofiq.

    Faraz qilaylik Pascal oilasiga qarashli tillar berilgan. Bu tillarda programmaning umumiy strukturasi quyidagicha berish mumkin.

    Program ;

    Procedure P1(P1 parametrlari );


    ;

    Begin


    End;

    Procedure P2(P2 parametrlari );


    ;

    Begin


    End;_____________________________________________________

    Begin


    ;

    P1(faktik parametrlar);

    P2(faktik parametrlar);

    

    End.


    Strukturada uchta asosiy komponentalarni ajratish mumkin

    1. Programma sarlavhasi

    2. Protseduralar (funksiyalar) tasvirlanishi

    d) Programma tanasi. Operatorlar va qismprogrammalarga murojaatlar.

    Aytish kerakkim, formal va faktik parametrlar orasidagi aloqalarni tashkil qilish programmalash tizimining translyatori zimmasiga yuklanadi.



    Programma modullarini matn shaklida o’rnatish. Bu usulni makrogeneratsiya usuli deydilar. Boshlang’ich programma matni bir nechta qismlar (fayllar)ga bo’linadi. Asosiy programma matniga maxsus ifoda (kalit) lar kiritiladi. Bu kalitlar programma matniga boshqa fayllarda saqlanadigan modullarni kiritishni ta’minlaydi.

    Faraz qilaylik, P.PAS programmasi juda katta hajmni tashkil qiladi. Uni P1.PAS va P2.PAS qism (modul) larga bo’lib alohida fayllarga saqlaymiz. Shu bo’laklarni birlashtirib yagona programma shaklida tarjima qilish va bajarish uchun quyidagi sxema yordamida ishlash maqsadga muvofiq.

    Program P;

    {$INCLUDE:’P1.PAS’}


    {$INCLUDE:’P2.PAS’} end.

    Bu holda translyator makroo’rnatish (makropodstonovka) usulini qo’llab bo’laklardan yagona programma hosil qilib, tarjimadan keyin bajaradi. Ammo programma matni murakkab va katta hajmga ega bo’lgan holda bu usul unchalik qulay emas. Shuning uchun keyingi metodni ko’p hollarda qo’llaydilar.



    Alohida tarjima qilinadigan modullar

    Programma alohida modullarga bo’linadi. Har bir modul mustaqil tarjima qilinadi. Modullar bajarish jarayonida birlashtiriladi va ijro etiladi.



    UNIT tipidagi modul. Bu texnalogiyaning quyidagi qulayliklari mavjud.

    1. Programma bo’lak (modul) larga bo’linadi va tarjima qilinadi.

    2. Qismprogrammalar kutubxonasini yaratish mumkin.

    d) Standart modullardan foydalaniladi.

    e) Programma hajmini kengaytirish mumkin.

    Paskal oilasidagi tizimlar muhitida modulning umumiy strukturasi quyidagicha.

    Unit moduli – bu maxsus shaklda tashkil qilingan kutubxona bo’lib unda konstanta, turlar, o’zgaruvchilar, protsedura va funksiyalar saqlanadi. Bunday modulning programmadan asosiy farqi shundan iboratkim, u mustaqil ishga tayyorlanmaydi. Faqat boshqa mustaqil programmalar tarkibida ishlashga da’vat etiladi.

    Unit modulining umumiy strukturasi quyidagichadir [4].

    Unit ;

    interface {e’lonlar bo’limi boshlanishi}

    USES {boshqa mod1, mod2, … , modn- larni bog’lash}

    Const

    Type

    Var

    {shu modulda ishlatiladigan protseduralar (funksiyalar) sarlavhalari} implementation {ishlab chiqarish bo’limi}

    Uses {modullar ro’yxati}

    Const

    Type

    Var

    Label

    begin


    end.


    Ko’rinib turibdikim, modul to’rtta qismga bo’linadi.

    1. Modul sarlavhasi (unit nom);

    2. Interfeys, ya’ni e’lonlar bo’limi (interface);

    d) Ishlab chiqarish bo’limi (implementation);

    e) Ishga yurgizish bo’limi (begin va end orasida);

    Modulni komplyatsiya qilish natijasida, masalan, TPas muhitida .tpu

    kengaymali (ya’ni Turbo Pascal Unit) fayl hosil bo’ladi. Modulni programma yoki boshqa modulda ishlatish uchun uning nomini uses direktivasiga ko’rsatish kifoya.

    Masalan, uses mod1, mod2;

    Bundan keyin mod1 va mod2 modullardagi hamma ob’ektlar (konstanta, tur, o’zgaruvchi, nishon, protsedura va funksiyalar) qo’llashga tayyor bo’ladi.

    Programmalarni modulli tashkil qilish ikkita asosiy qulaylikka olib keladi.

    Birinchisi. Xususiy (shaxsiy) programmalar kutubxonasini yaratish va ularni boshqa programmalar tarkibida ishlatish.

    Ikkinchisi. Modullardan tashkil topadigan programmalar hajmi juda katta bo’lishi mumkin.

    Modulli texnalogiya asosida zamonaviy programmalash tizimlarining standart modullari kutubxonasi yaratilgan. Masalan, TPas, Borland Pascal tizimlar muhitida standart modullar Turbo.tpl (Turbo Pascal Library) kutubxonasida saqlanadi. Standart modullardan: System, Crt, Strings, Graph, Overlay juda ko`p ishlatiladi.

    Shunga o’xshash programmalash tizimlarining ya’na bir qulayligi ob’ekt modullarini va yuklanadigan fayllarni hosil qilish hisoblanadi [5].

    Ob’ekt modullar va yuklanadigan fayllar.

    Boshlang’ich programma matnini translyatsiya qilib ob’ekt modullarni hosil qilamiz. Ob’ekt modul .obj kengaymali faylda saqlanadi, ya’ni

    p.pas  translyator  p.obj

    Keyingi qadamda bitta yoki bir nechta ob’ekt modullardan bajariladigan (yuklanadigan) .exe yoki .com fayllarni hosil qilamiz. Bu ish maxsus Link programmasi yordamida bajariladi, ya’ni

    P.obj  Link  P.exe yoki

    P.obj  Link  P.com

    Link yordamida bir nechta ob’ekt modullarni birlashtirib yagona programmani hosil qilish ham mumkin. Masalan,

    Link P1 P2 P2, P.exe.

    Programmalash tizimlarining kutubxonalari elementlari, ya’ni programmalar (modullar) ustida amallar bajarish uchun maxsus utilitalar (yordamchi programmalar) ham ishlatiladi. Masalan, BP muhitida tpumover.exe utilitasi qo’llaniladi. U bilan ishlash sxemasini quyidagicha berish mumkin.

    Tpumover

    bu yerda .tpu kengaymali faylni yoki .tpl kengaymali faylni bildiradi. esa aniq amalni anglatadi, ya’ni

    unit_nomi – blokni kutubxonaga qo’shish.

    -unit_nomi – blokni kutubxonadan o’chirish.

    *unit_nomi – blokni kutubxonadan o’chirmasdan ajratib olish.

    Shunday qilib, biz bu bo’limda programma ta’limotini yaratishda qo’llaniladigan modullar va kutubxonalarni bir nechta klassik usullarini ko’rib chiqdik. Bu metodlar quyidagi qulayliklarni beradi:


    • Programmalar tahlil qilish va o’zgartirishga qulay bo’ladi;

    • Har bir dasturlovchi o’zining moduli (modullari) ustida ishlaydi va masala bir nechta mustaqil ishlar to’plamiga taqsimlanadi;

    • Modullarga murojaat qilish, ularni yig’ish va turli to’plamlarini yaratish masalasi osonlashadi;

    • Modullarni alohida komplyatsiya qilinishi ularni turli tillar va tizimlar muhitida yaratishga imkon beradi.



    Download 0,5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus

    Download 0,5 Mb.