|
Yakuniy nazoratni “Yozma ish”asosida o„tkazishBog'liq Informatika fanini uqitish metodikasi
Yakuniy nazoratni “Yozma ish”asosida o„tkazish
MEZONI
Talabalar fandan yakuniy nazoratni test topshiriqlari yoki ―Yozma ish‖ usulida
topshiradilar va ularni o‗zlashtirish ko‗rsatkichi 0 dan 30 ballgacha baholanadi. Agar
yakuniy nazorat ―Yozma ish‖ usulida amalga oshirilsa, sinov ko‗p variantli usulda
o‗tkaziladi. Har bir variantda mavzular yuzasidan uchtadan savol bo‗lib, har bir
savolga tegishli javoblar yoziladi. Har bir savolga yozilgan javoblar bo‗yicha
o‗zlashtirish ko‗rsatkichi 0-10 ball oralig‗ida baholanadi. Berilgan har bir savolga
talaba tomonidan fanning nazariy va uslubiy asoslari to‗g‗ri va to‗liq yoritilsa, fan
doirasida mustaqil fikrga ega bo‗lsa va uni yozma shaklda bayon eta olsa, javobda
mantiqiy yaxlitlikka erishilsa, o‗zlashtirish umumiy ko‗rsatkichi 0-10 ball bilan
baholanadi.
Berilgan har bir savolga javob yozilmasa, noto‗g‗ri javob yozilsa yoki o‗quv
adabiyotidan so‗zma-so‗z ko‗chirib yozilsa, amaliy topshiriq shartida belgilangan
amallar bajarilmasa, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga ta‘sir etuvchi omillar
aniqlanmasa, xulosa yozilmasa o‗zlashtirish ko‗rsatkichi 0-1 ball bilan baholanadi.
Yozma sinov bo‗yicha umumiy o‗zlashtirish ko‗rsatkichini aniqlash uchun variantda
berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga qo‗yilgan o‗zlashtirish
ballari qo‗shiladi va yig‗indi talabaning yakuniy nazorat bo‗yicha o‗zlashtirish bali
hisoblanadi.
Agar yakuniy nazorat ―Test topshiriqlari‖ asosida amalga oshirilsa, sinov ko‗p
variantli usulda kompyuter sinflarida o‗tkaziladi. Har bir variantda 30 tadan test
topshirig‗i bo‗lib, talabaga savollarning javobini belgilash uchun 30 daqiqa vaqt
beriladi. Har bir test topshirig‗iga talaba tomonidan berilgan javoblar 1 ball bilan
baholanadi.
75
http://www.tsue.uz
|
| |