139
b) o‗qituvchilar dasturda ko‗rsatishlari shart bo‗lgan komponentlarni aniqlab
berishi mumkin. Boshqa topshiriqlarni o‗qituvchining o‗zi belgilaydi.
Sillabusda
ko‗rsatilishi shart bo‗lgan komponentlar:
1. O‗qituvchi haqida ma‘lumot (O‗qituvchining ismi, sharifi, kafedrada
bo‗ladigan vaqtlari, muloqotda bo‗lish uchun boshqa axborotlar).
2. Fan haqida ma‘lumot: fanning va mutaxassislikning nomi, fanga ajratilgan
soatlar, ma‘ruza, amaliy (seminar) mashg‗ulot, laborotoriya ishiga ajratilgan soatlar,
qaysi semestrda o‗tilishi va dars o‗tiladigan auditoriya.
3. O‗rganilayotgan fanni o‗zlashtirish uchun zarur bo‗lgan
bilim va
ko‗nikmalar majmuasi.
4. Mazkur fanni o‗rganib bo‗lgach, talabaning bilim darajasi, ko‗nikma va
xabardor sohalari doirasi.
5. O‗qitiladigan fan haqida qisqacha ma‘lumot, uning maqsadi va vazifalari.
6. Ma‘ruza, seminar (amaliy), mashg‗ulot mavzulari, ularga ajratilgan soatlar.
Mavzular bo‗yicha mustaqil ravishda bajarilishi lozim bo‗lgan topshiriqlar.
7. Adabiyotlar ro‗yxati: asosiy adabiyotlar va qo‗shimcha adabiyotlar,
jumladan, elektron adabiyotlar, matbuot nashrlari, internet manbalari;
8. Baholash bo‗yicha axborotlar: bilimni baholash shkalasi, mezonlari,
ularni
bajarishga bo‗lgan talablar (rubrikatsiya jadvali);
9. Baholash jarayoni va siyosati. U o‗z ichiga quyidagilarni oladi:
• barcha ishlarni baholash qoidalari (maksimal ball, rag‗batlantiruvchi va shtraf
ballari);
• imtihon, yakuniy baholashning mezonlari;
• yakuniy baholash va uni appelyatsiya qilishning qoidalari;
• darsga kechikib kelish, auditoriyada o‗zini tutish, berilgan topshiriqni
muddatida bajarmaslik, imtihonda qatnashmaslik oqibatlari.
Har bir talaba yil boshidan o‗z faoliyatini sillabus asosida tashkil etadi.
Hozir O‗zbekistonda ham jahon tajribasidan kelib chiqqan holda o‗quv
jarayoniga uning ayrim elementlarini tatbiq etishga harakat qilinayapti. USAID CAR
dasturi bo‗yicha seminar qatnashchilari bo‗lgan o‗qituvchilar bu borada o‗z tajribalari
bilan o‗rtoqlashmoqdalar. Albatta, talabalar faoliyatini «Sillabus o‗qituvchi bilan
talaba o‗rtasida shartnoma» asosida tashkil etish ularni
chuqur bilim olishlari, puxta
malakaga ega bo‗lishlariga yordam beradi. Lekin uni tom ma‘noda qo‗llash
talabalarda tanlov asosida o‗tiladigan fanlar, kurslarni, dars beradigan o‗qituvchilarni
o‗zlari tanlash imkoniyatiga ega bo‗lishlarini taqozo qiladi. Lekin hozircha buning
uchun imkoniyat etarli emas.
Talabalarga dars berar ekanmiz, ularning individual xislatlarini yanada boyitib,
o‗z bilimlarini oshirish uchun o‗zlari harakat qilishlari lozimligini o‗rgatishimiz,
to‗g‗ri yo‗lga yo‗naltirishimiz kerak. Ular o‗z oldiga o‗zi maqsad qo‗yib, unga
erishish uchun harakat qilishi kerak. Ana shuning uchun ham o‗qituvchi bor
mahoratini ishga solib, talabalarni individual xislatlariga maksimal darajada ta‘sir
etib, ularni ana shu maqsadni tanlash va buning uchun o‗z kuchlarini to‗g‗ri
yo‗naltirishlariga yordam berishi kerak.