|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitetiBog'liq Informatika fanini uqitish metodikasiBaholash tartibi va mezonlari. Talabaning bilim saviyasi, ko‗nikma va
malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo‗yicha
o‗zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
Fan bo‗yicha talabalarning semestr davomidagi o‗zlashtirish ko‗rsatkichi 100
ballik tizimda baholanadi, shundan: JN – 30, ON – 40, YaN - 30 ball qilib
taqsimlanadi.
13.1-jadval
73
Talabalar bilim darajasining ballar mezonlari
Ball
Baho
Talabalarning bilim darajasi
86-100
A‘lo
Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil
mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo‗llay olish.
Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega
bo‗lish
71-85
Yaxshi
Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo‗llay
olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish.
55-70
Qoniqarli
Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish.
0-54
Qoniqarsiz
Mohiyatini tushunmaslik. Bilmaslik, aytib bera olmaslik.
Fan bo‗yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash balldan
past bo‗lgan o‗zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi.
Talabalarning o‗quv fani bo‗yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy
nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan
kelib chiqqan holda baholanadi.
Talabaning fan bo‗yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi:
R = V * O„/100,
bu yerda: V – semestrda fanga ajratilgan umumiy o‗quv yuklamasi (soatlarda);
O„ – fan bo‗yicha o‗zlashtirish darajasi (ballarda).
Fan bo‗yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi
saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to‗plagan talaba yakuniy nazoratga
kiritilmaydi.
Joriy nazorat (JN) va oraliq nazorat (ON) turlari bo‗yicha 55 ball va undan
yuqori balni to‗plagan talaba fanni o‗zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan
bo‗yicha yakuniy nazoratga o‗z xohishiga ko‗ra kirmasligiga yo‗l qo‗yiladi.
Talabaning semestr davomida fan bo‗yicha to‗plagan umumiy bali har bir
nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‗plagan ballari yig‗indisiga teng.
ON ishchi o‗quv reja va ishchi dasturga muvofiq professor-o‗qituvchi
tomonidan tuzilgan, kafedra mudiri tomonidan tavsiya etilgan va fakultet dekani
tomonidan tasdiqlangan jadval asosida darsdan tashqari vaqtlarda o‗tkaziladi. YaN
semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida tasdiqlangan jadvalga muvofiq o‗tkaziladi.
|
| |