• 5-bob. IP O‘TKAZISH VA ULASH 5.1. Ip o‘tkazish
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim markazi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/58
    Sana22.09.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #271938
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58
    Bog'liq
    IPLARNI TO‘QUVCHILIKKA TAYYORLASH

    Nazorat savollari:
    1. Ohor tog‘orasining vazifasi.
    2. Haqiqiy ohorlash miqdori deb nimaga aytiladi?
    3. Ohorlanish miqdori nima?
    4. Ohorlash mashinasidagi avtomatik rostlagichlarning aha-
    miyati.
    5. Ohorlash tezligi qanday omillarga bog‘liq?


    95
    6. To‘quvchilik jarayonidagi iplarning chidamli bo‘lish sharti.
    7. Ohorlash jarayonining asosiy omillari.
    8. Ohorlash mashinasidagi kirish va chiqish o‘ramalar shakli.
    9. Zamonaviy ohorlash uskunalari.
    10. Ohorlash jarayonini rivojlantirish istiqbollari.


    96
    5-bob. IP O‘TKAZISH VA ULASH
    5.1. Ip o‘tkazish
    Tayyor bo‘lgan to‘quv g‘altagi 1 olingandan so‘ng, to birinchi 
    arqoq ipi tashlanguncha bo‘lgan ishlarning barchasi ip o‘tkazish 
    bo‘limida bajariladi. Bu ishlarga shoda terish, tanda iplarini 2 
    to‘quv dastgohi anjomlari – lamel 3, gula 4 va tig‘ 6 tishlaridan 
    o‘tkazish jarayonlari kiradi (5.1-rasm). Shuning uchun 
    ip o‘tkazish 
    jarayonining maqsadi
    – tanda iplarini navbati bilan to‘quv dastgohi 
    anjomlaridan (lamel, gula, tig‘)dan o‘tkazishdir.
    1
    3
    5
    4
    2
    5.1-rasm. 
    Ip o‘tkazish jarayonining prinsipial chizmasi:
    1 – to‘quv g‘altagi; 2 – tanda ipi; 3 – lamel; 4 – gula; 5 – tig‘.
    Iplarni o‘tkazish qo‘lda bajarilib, 2 ta ishchi – ajratib (uzatib) 
    beruvchi va o‘tkazuvchilar ishlaydi. Ip o‘tkazish jarayoni quyidagi 
    hollarda qo‘llaniladi:
    – yangi dastgohga tanda ipi taxtlanayotganda;
    – to‘qima assortimenti o‘zgarganda;


    97
    – avariya hollarida yoki juda ko‘p iplar uzilganda;
    – dastgoh jihozlari ishdan chiqqan hollarda.
    Ip o‘tkazish jarayonidagi asosiy talablardan biri to‘qima o‘rilishi 
    bo‘yicha shoda gulalaridan xatosiz o‘tkazishdan iborat.
    To‘quv sexiga keltirilgan to‘quv g‘altaklarini butun hajmidan 
    faqat 10–15 % foiz to‘quv g‘altaklari o‘tkaziladi, qolgan qismi esa 
    ulash mashinasi yordamida ulanadi. Iplar maxsus yakka (a) va 
    qo‘shaloq (b) o‘tkazish ilgaklari yordamida o‘tkaziladi (5.2-rasm).
     a 
    b
    5.2-rasm. 
    Maxsus yakka (
    a
    ) va qo‘shaloq (
    b
    ) o‘tkazish ilgaklari.
    Ishlab chiqarilayotgan to‘qima turi (o‘rilish turi, shodalar soni
    tanda iplari soni va h. k.) va korxona quvvatidan kelib chiqib, 
    ip o‘tkazish jarayoni qo‘lda yoki o‘tkazish avtomatlarida amalga 
    oshiriladi.
    5.3-rasm. 
    O‘tkazish mashinasida iplarni o‘tkazish sxemasi.


    98
    O‘tkazish dastgohi ikkita cho‘yan romlardan 1 tashkil 
    topgan. Yuqori tomondagi bog‘lovchi temirga 2 tanda iplarini 
    mahkamlovchi yog‘och qisqichlar 3–4 o‘rnatilgan. Shodalar yuqori
    qismidan ushlagichlarga 5 ilib qo‘yilgan. Shodalar orasiga yog‘och 
    plankalar 6 o‘rnatilib, ular shodalarni harakatlantirmasdan ushlab 
    turishga xizmat qiladi. Tig‘ temir moslamaga 7 joylashtiriladi. 
    To‘quv g‘altagi maxsus tirgovuchga 8 o‘rnatiladi.
    O‘tkazish mashinasida to‘quv dastgohi anjomlaridan (lamel, 
    gula, tig‘) o‘tkazilgan tanda iplari birgalikda mashinadan yechib 
    olinib, maxsus aravachalarda to‘quv dastgohiga olib borib 
    o‘rnatiladi (5.4-rasm).
    5.4-rasm. 
    Dastgoh anjomlaridan o‘tkazilgan iplarni tashish.
    Hozirgi paytda robotlashtirilgan o‘tkazish avtomatlari mavjud 
    bo‘lib, ularda tanda iplarini to‘quv dastgohi anjomlaridan o‘tkazish 
    to‘liq avtomatlashtirilgan holatda bajariladi.
    5.5-rasmda «Staubli» firmasining to‘liq avtomatlashtirilgan 
    ip o‘tkazish mashinasi ko‘rsatilgan. Mashinaga to‘quv g‘altagi, 
    lamellar, shodalar va tig‘ o‘rnatilgan, o‘tkazish dasturi kompyuterga 
    kiritilib, mashina ishga tushiriladi. O‘tkazish dasturi o‘rilish turi, 
    lamellar va lamel reykalari soni, shodalar soni, tig‘ tishlaridan 
    o‘tadigan tanda iplari soni kabi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga 
    oladi. Kompyuter yuqoridagi ko‘rsatkichlarning barchasini ish 


    99
    jarayonida to‘liq nazorat qilib, nuqson hosil bo‘lganda darhol 
    bartaraf etilishini ta’minlaydi. Mashina turli xil lamellar, gulalar, 
    tig‘lardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lib, unda ingichka (ipak) 
    iplardan tortib to yo‘g‘on (shishali) iplarni ham o‘tkazish mumkin. 
    Mashinaning tezligi muqobil sharoitda 6000 ip/soatdan ortishi 
    mumkin.
    5.5-rasm. 
    «Staubli» firmasining to‘liq avtomatlashtirilgan ip o‘tkazish mashinasi.
    «Barber-Kolman» (AQSH) firmasi tomonidan yaratilgan bu 
    avtomat yordamida soatiga 8000 tagacha ip o‘tkazish mumkin.
    Lamel, gula va tig‘ vintli val yordamida dastur bo‘yicha, dastgoh 
    anjomlarini ignani ishlash yo‘liga o‘rnatadi.


    100

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim markazi

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish