92
Erituvchida eritilgan ohor bilan ohorlash
Buyuk Britaniyaning «Platt» firmasi tomonidan erituvchi
moddada ohorni eritib ohorlash
texnologiyasi va uni amalga
oshirish uchun
Vaporumaster
mashinasi yaratilgan. Mashina
trixloretilen bilan ishlashga mo‘ljallangan, lekin perxloretelen
ham ishlatish mumkin. Mashina erituvchi moddani bug‘lantirish
va regeneratsiya qilish uchun alohida tizim va zanglamaydigan
moddalardan tayyorlangan bekiq turdagi ohorlash tog‘orasi bilan
jihozlangan. Ohor tanda
ipiga sovuq holda beriladi, ortiqchasi
siqib tashlanadi va tanda iplari dastlabki quritish zonasiga
jo‘natiladi. Bu yerda aylanayotgan chiviqlar naxlar bo‘lib, ular
iplarni bir-biridan ajratadi. Iplar bug‘ yordamida quritiladi. Bu
yerda erituvchining asosiy qismi bug‘lantiradi. So‘ngra tanda
iplari quritish barabaniga o‘tadi va quritish jarayoni yakunlanadi.
Erituvchini regeneratsiya qilish uchun maxsus moslama o‘rnatilgan.
Bu yerda bug‘langan erituvchi suyuq holga keltiriladi
va saqlash
uchun alohida sig‘imga o‘tkaziladi. Quritilgan tanda iplari nax
maydoni, yo‘naltiruvchi vallardan o‘tib, to‘quv g‘altagiga o‘raladi.
Ohorlash mashinasida
Fexmaster
o‘rovchi moslamasi o‘rnatilgan. U
iplarni 300 m/min. tezlikda o‘rash imkoniyatini beradi. Ohor xona
haroratida tayyorlanadi.
Erituvchi yordamida ohorlash quyidagi afzalliklarga ega:
– dastlabki quritish zonasi mavjudligi uchun ohor quritish
barabanlarning yuzasiga o‘tmaydi;
– tolalarning namlanish
yaxshilanganligi va eritma
yumshoq bo‘lganligi sababli ohor ipning yuzasida bir tekis
taqsimlanadi;
–
tandani quritishga sarflanadigan energiya kamayadi. (suv
eritmasida ohorlangan iplarni quritish uchun umumiy
energiyaning 90 % sarflanadi).
– suv eritmasida ohorlanganga nisbatan ohorlanish miqdori
kamroq bo‘ladi;
– ohorning 80 % ga yaqini qaytadan ishlatiladi;
93
– bu usulda ohorlanganda erituvchi modda alohida moslamada
aylanib yuradi:
Erituvchi yordamida ohorlanishning kamchiligi bu usulda ishlov
berilgan iplarning pishiqligi birmuncha kamayishidir.
Erituvchi qo‘llanilganda pardozlash
jarayonida ohorni yuvib
tashlash osonlashadi.