89
Avtomatik ohor tayyorlash tizimi
Ohor tayyorlash uskunasi tabiiy va sun’iy mahsulotlarni
barchasidan ohor tayyorlashga mo‘ljallangan. Uskunaning sig‘imi
500 va 1000 l bo‘lib, ohorni qariyb 2
soat mobaynida tayyorlash
imkoniyati mavjud. Ohor tayyorlash uskunasida ohor barcha
omillari (vaqti, harorati, qovushqoqligi) belgilangan miqdorda
ta’minlash mumkin. Ohor uskunada bosimsiz tayyorlanadi. Ohor
moddalari
uskunaga taxtlangach, aralashtirgich yordamida sovuq
holatda intensiv ravishda aralashtirilib, tayyorlanadi. Barcha
texnologik omillar avtomatik
tarzda nazorat qilinib, boshqariladi.
Ohorlash uskunasi zanglamaydigan, issiqlik saqlovchi metalldan
tayyorlanib, ohor bug‘ yordamida kerakli haroratda isitiladi.
Avtomatik ohor tayyorlash uskunasi 4.13-rasmda keltirilgan.
Suv
Suv Bug‘
Suv Bug‘
4.13-rasm.
Avtomatik ohor tayyorlash uskunasi.
Uskuna qo‘shimcha quyidagi moslamalar bilan jihozlangan:
– ohor moddalarini avtomatik tarzda qozonga taxtlash (solish);
– ohorni avtomatik ravishda mashinalarga uzatish;
– ohor konsentratsiyasini rostlash.
90
4.7. Ohorlashning yangi usullari. Ko‘pikda ohorlash
Ko‘pikda ohorlash elektroenergiya, bug‘
va boshqa moddiy
xarajatlarni tejash imkoniyatini beradi.
Ko‘pikda ohorlanganda, quritish paytidagi iplarning cho‘zilishi
ham kamayadi, ohorlangan ipni ajratish sharoitlari yaxshilanadi,
xom to‘qimani pardozlash jarayonida
ohorni yuvib chiqarish ohor
kam singiganligi natijasida osonlashadi.
Ko‘pik eritmasida ohorlashning ikkita usuli mavjud:
Birinchi usulga turli mexanik moslamalar: gorizontal zichlovchi,
raklya bilan jihozlangan rolik turidagi mexanik moslamalar,
tekislangan quvurli gorizontal zichlovchilar kiradi. Bu moslamalar
ipning yuzasiga turg‘un ko‘pikli ohor berish va ko‘pikni parchalash
uchun xizmat qiladi.
Ohorlanish miqdori ko‘pikdagi havo va eritma miqdorining
singdirilgan ko‘pik hajmiga nisbati bilan belgilanadi.
Ikkinchi usulda ipning yuzasiga chidamsiz eritmalar
bilan ishlov
beriladi, bu usul ko‘piklangan eritmani belgilangan miqdorda berish
usuliga asoslangan.
Bu usulda hech qanday moslamalar qo‘llanilmaydi, parchalash
esa belgislangan tezlikda amalga oshiriladi.
Bu usulda ohorlash uchun ko‘piklangan eritma hosil qiluvchi
ohorlovchi moddalarni tanlab olish kerak.
Ohorlash jarayonida ohorning iplar yuzasida bir tekis
taqsimlanishiga ko‘pik pufaklarining o‘lchamlari, pufakcha ichidagi
havo bosimi va issiqlik massa almashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan juda
ko‘p omillar ta’sir etadi.
Ko‘pik yordamida ohorlashda ohorlash
tezligi uning iplarga
yetkazib berish tezligiga bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘piklashtirishning eng muqobil darajasi, ya’ni ohor hajmining
ko‘pik hajmiga nisbati 6:1, 7:1 bo‘lishi mumkin. Hozirgi paytda
ko‘pikda ohorlash uchun asosan sun’iy
ohorlovchi moddalar
qo‘llaniladi. Bundan tashqari tabiiy va sun’iy polimerlar asosida
91
olingan kimyoviy tolalarni ohorlash uchun ohor tarkiblarini yaratish
ustida ishlar olib borilmoqda.