133
Xo’jalikning zamonaviy tarmoqlarining mavjud bo’lmasligi taraqqiyotning
asosiy to’sqinlik kuchi sifatida qabul qilinadi
30
.
Umuman olganda, modernizatsiya an’anaviy jamiyatdan industriallashgan, yirik
mashinalashgan ishlab chiqarishga hamda ijtimoiy jarayonlarni qonunlarga tayangan
holda oqilona boshqarishga asoslangan jamiyatga o’tish jarayonlarini namoyon etadi.
Nazariyada modernizatsiya deganda «an’anaviy tarzdagi yopiq jamiyat»ga
qarama-
qarshi o’laroq «zamonaviy ochiq tarzdagi jamiyat»ni shakllantirishga olib keluvchi
industriyalashtirish, sekulyarlashtirish, urbanizatsiya, umumiy ta’lim, vakolatli siyosiy
hokimiyat tizimlarining qaror topishi, hududiy va ijtimoiy safarbarlikning kuchayishi
kabi jarayonlarning majmui tushuniladi.
Modernizatsiya jarayoni doirasida odatda quyidagi o’zgarishlar ro’y beradi:
1) ijtimoiy munosabatlar butun tizimining takomillashuvi
va turmush tarzining
o’zgarishi – ixtiloflarni tartibga soluvchi hamda ijtimoiy muammolarni hal etuvchi
yangi tartib va mexanizmlarning paydo bo’lishi;
2) alohida individlarning ongliligi va mustaqilligining oshishi;
3) iqtisodiyot sohasida – tovar-pul munosabatlarining eng yuqori darajada
yoyilishi, yangi ilg’or texnologiyalarning paydo bo’lishi, boshqaruvchilar va yollanma
xodimlarning kasbiy ixtisoslashuvining yuqori darajasiga yetishi;
4) ijtimoiy munosabatlarning o’zgarishi – immobil tabaqalashgan jamiyatdan
dinamik, yuqori ijtimoiy harakatchanlik va ijtimoiy raqobatga
asoslangan jamiyatga
o’tilishi.
Modernizatsiya jarayonining tavsiflari qatorida shuningdek uning quyidagi
tamoyillarini ham ajratib ko’rsatish mumkin:
1) uning majmuaviyligi, ya’ni jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab
olishi;
2)
uning tizimiyligi, ya’ni jamiyat hayoti har qanday tarkibiy qismi yoki yaxlit
sohasining o’zgarishi boshqalarining o’zgarishiga olib kelishi. Masalan, madaniy va
siyosiy o’zgarishlar iqtisodiyotdagi o’zgarishlarga olib keladi va aksincha;
3) uning global tavsifi – u dastlab bir necha ilg’or
mamlakatlarda boshlanib,
keyinchalik butun dunyoga yoyilmoqda;
30
Nurееv R. Modеrnizatsiya ekonomiki: kontsеptsii i srеdstva. -
http://www.soob.ru
.
134
4) uning davomiylik tavsifi – modernizatsiya qisqa davrda ro’y bermaydi, balki u
bosqichlarga bo’linadi (islohotlarni amalga oshiruvchi yetakchi guruhning paydo
bo’lishi,
o’zgarishlarni
ilgari
surish,
ular
natijalarining
tarqalishi
va
mustahkamlanishi);
5) tabaqalashganlik tavsifi – modernizatsiya turli mamlakatlarda turlicha ro’y
berib, u yoki bu holda milliy madaniyat va axloq an’analariga tayanadi (masalan,
«yapon iqtisodiy mo’’jizasi»), G’arb va yevropa qadriyatlari foydasiga ulardan to’liq
voz kechishni taqozo etmaydi.
31
Ba’zi manbalarda modernizatsiyaning alohida jihatlariga e’tibor qaratiladi.
Masalan, an’anaviy jamiyatdan zamonaviy (modernity) yoki industrial jamiyatga
murakkab o’tish jarayonining tarkibiy qismi bo’lgan siyosiy modernizatsiya ajratilib,
uning mazmunini umumiy tizimiy o’tishning ajralmas tarkibiy qismi sifatidagi siyosiy
tizimning o’zgarishi tashkil etishi ta’kidlanadi.
Siyosatshunoslar S.Vebra va L.Pay siyosiy modernizatsiya jarayonining quyidagi
asosiy belgi va tarkibiy qismlarini ajratib ko’rsatadilar:
1) siyosiy tizim institutlarining tarkibiy tuzilishi jihatidan tabaqalashuvi – ya’ni,
qat’iy ravishda belgilangan vazifalarni bajaruvchi hamda o’zaro bog’liq va o’zaro
ta’sir ko’rsatuvchi yangi siyosiy institutlarning qaror topib borishi (masalan, ijro
hokimiyati tarkibida yangi yo’nalishdagi vazirlik va idoralarning tashkil etilishi);
2) siyosiy tizimning
safarbarlik qobiliyatlari, ya’ni uning turli-tuman (siyosiy,
iqtisodiy, axborot, demografik) resurslarni safarbar etish qobiliyatlarini oshirish
hamda ularni taraqqiyotning yangi maqsadlariga erishish tomon yo’naltirish;
3) siyosiy tizimning inqirozli holatlarda yashovchanligi hamda kommunikatsiya,
sotsializatsiya va mobilizatsiyaning yangi vositalaridan foydalanish hisobiga
inqirozlarni bartaraf etish qobiliyatlarini oshirish;
4) siyosiy tenglik tomon sezilarli
darajada harakat qilish, ya’ni fuqarolarning
siyosatda ishtirok etishidagi barcha (iqtisodiy, ma’muriy, milliy va h.k.) cheklovlarni
sekin-asta tugatib borish.
32