130
6.1-chizma
Milliy taraqqiyotimizning dastlabki bosqichida belgilangan vazifalarni amalga
oshirish orqali erishilgan natijalar
Ikkinchi bosqich 2001 yildan 2007 yilgacha bo’lgan muddatni o’z ichiga olib,
u Prezidentimiz tomonidan faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni
modernizatsiya qilish davri deb nomlandi.
Ushbu davrda quyidagi asosiy jihatlarga
e’tibor qaratildi hamda muhim vazifalar amalga oshirildi:
- o’tish davri va milliy davlatchilikni barpo etish sharoitida ob’ektiv zarurat
bo’lgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga izchil va bosqichma-bosqich
o’tishga
erishish;
- mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy organi – O’zbekiston Respublikasi
Oliy majlisi ikki palatali parlamentga aylantirilishi;
- davlat hokimiyati markaziy organlarining bir qator vakolat va vazifalarini,
avvalambor iqtisodiy va
ijtimoiy masalalarni hal etish, budjet tashkilotlarini,
kommunal xo’jalik va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish, odamlarni ish bilan
ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakolatlarini mahalliy
hokimiyat, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari,
mahallalarga bosqichma-
bosqich o’tkazilishi;
- sud-huquq tizimini huquqiy davlatni shakllantirishning muhim tarkibiy qismi
sifatida chuqur isloh etish va erkinlashtirish bo’yicha yangi kontseptsiyaning hayotga
tatbiq qilinishi va h.k.
Natijada, faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish
davrida iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish,
siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-
huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta’minlashda g’oyat
muhim natijalar qo’lga kiritildi.
Milliy taraqqiyotning birinchi davrida
erishilgan natijalar
Aholi ong va tafakkurida tub
o’zgarishlarning ro’y bеrishi
Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va
sud hokimiyati
tarmoqlarining
tashkil etilishi
Iqtisodiyotni erkin bozor
munosabatlariga o’tkazish
jarayonining amalga oshirilishi
Milliy davlatchilikni
shakllantirishning huquqiy asoslari
yaratilganligi
Ijtimoiy va fuqarolik institutlari
faoliyatining yo’lga qo’yilishi
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga
barham b
еrilishi
131
Milliy taraqqiyotimiz yo’lida bosib o’tilgan tarixiy dovon mamlakatimizda
yangicha
fikrlaydigan, o’z kelajagini jamiyatda demokratik qadriyatlarni
mustahkamlash
bilan,
mamlakatimizning
kelajagini
jahon
hamjamiyatiga
integratsiyalashuvi bilan bog’liq holda ko’radigan yangi avlod vakillarining hayotga
kirib kelishi uchun har tomonlama mustahkam zamin tayyorladi. Bu esa
mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan tub siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy
o’zgarishlarni ortga qaytarib bo’lmasligi, islohotlar muqarrarligining ishonchli
kafolatidir.
Eng muhimi, hali milliy taraqqiyotimiz ikkinchi davrining o’z mantiqiy yakuniga
yetmaganligi, balki mamlakatimizni jadal isloh etish va modernizatsiya qilishning
yangi davri – milliy taraqqiyotimizning keyingi bosqichi izchil davom etayotganidir.
Prezidentimiz o’z ma’ruzasida ushbu bosqichning
muhim dasturiy vazifalarini
belgilab berdi (6.2-chizma).
Bundan ko’rinadiki, milliy taraqqiyotimizning hozirgi pallasida mamlakatimizni
isloh etish va modernizatsiyalash jarayonlari yanada kuchaytirilib, pirovard strategik
maqsadimiz – ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga
asoslangan ochiq
demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo’lidagi
harakatlar izchil ravishda amalga oshiriladi.