137
ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan
bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o’tishdan iboratdir.
4.
Iqtisodiy islohotlar – bu bozor munosabatlarini
shakllantirishga qaratilgan
chora-tadbirlar majmuidir. Iqtisodiy islohotlardan ko’zda tutilgan maqsad mamlakat
aholisi uchun yashash va xo’jalik faoliyati yuritishning eng yaxshi sharoitlarini
yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy
yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy
barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
5.
Iqtisodiy islohotlarning bosh bo’g’ini mulkchilik
munosabatlarini tubdan
o’zgartirishdir, chunki shu orqali ko’p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti
shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o’tishning shart-sharoitlari vujudga
keltiriladi.
6.
Respublikada bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida, iqtisodiyotni
rivojlantirish
borasida bir qator vazifalar turadi. Bular xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini
shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish; makroiqtisodiy
barqarorlikka erishish;
milliy valyutani mustahkamlash; iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o’zgartirish;
ijtimoiy kafolatlari kuchli bo’lgan demokratik davlatni shakllantirish vazifalaridir.
7.
O’tish davrida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni keng aholi qatlamlari
tomonidan qo’llab-quvvatlanishining asosiy sharti
islohotlarning ijtimoiy
yo’naltirilganligidir.
8. Milliy taraqqiyotimizning hozirgi pallasida mamlakatimizni isloh etish va
modernizatsiyalash jarayonlari yanada kuchaytirilib, pirovard strategik maqsadimiz –
ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo
etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo’lidagi harakatlar izchil ravishda amalga
oshiriladi. Modernizatsiya juda keng tushuncha bo’lib,
bugungi kunda uni jamiyat
hayotining turli jabhalarini tubdan o’zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni
jahondagi mavjud ilg’or andozalar tomon yo’naltirish
va takomillashtirish
jarayonlarining majmui sifatida ifodalash mumkin.