139
4.Iste’molchi hatti-harakati nazariyasi
Bozor mexanizmining amal qilishida talab va taklif qonunlari muhim o’rin tutadi.
Talab va
taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif o’rtasidagi
nisbatni aniqlab beradi. Bu mavzuda dastlab talab va taklifga narxning ta’sirini alohida
qarab chiqamiz. Keyin talab va taklif ta’sirida muvozanatlashgan narxning o’rnatilishi
tushuntirib beriladi. Shu o’rinda
talab va taklif qonunlari, ularning miqdoriga ta’sir
etuvchi
omillarni, ular o’rtasidagi mutanosiblikni bayon etishga alohida e’tibor
beriladi.
Shuningdek, mavzuning yakunida talabning
shakllanishi va amal qilishi, unga
ta’sir etuvchi omillarni o’rganishda iqtisodiyot nazariyasida muhim yo’nalishlardan
biriga aylangan iste’molchi xatti-harakati nazariyasi bilan tanishib chiqamiz.
1.
Talab
tushunchasi
va
uning
miqdoriga
ta’sir
qiluvchi omillar. Talab qonuni
Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo’lgan zaruriyatini
ifodalovchi ilmiy
kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir.
Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko’rinishi talab tushunchasidir.
Talab
ehtiyojdan
farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha)
sifatida amal
qiladi.
Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak,