• Smola – parafin yotqiziqlarining paydo bo‟lishi
  •  Parafin yotqiziqlar va ular bilan kurashish usullari quduq tubida




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/113
    Sana22.12.2023
    Hajmi7,63 Mb.
    #126439
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113
    3.6. Parafin yotqiziqlar va ular bilan kurashish usullari quduq tubida
    qatlam suvlarining to‟planishi 
    Favvora usulida quduq ishlatilganda birinchi olinadigan neft suvsiz olinadi. 
    Quduqdan neft olinishi davom etishidan ma‟lum bir davr o‟tgandan keyin, qatlam 
    suvi quduqqa to‟planadi.Bunday holat hozirgi davrda Ko‟kdumaloq,, Kuruk, 
    Shimoliy O‟rtabuloq, Janubiy Kemachi va boshqa bir qator konlarda yuzaga kelib 
    qiyinchiliklarni tug‟dirmoqda. Neftning tarkibidagi suvni kamaytirish va 
    quduqlarni favvora holatda suvsiz ishlash davrini uzaytirish uchun kunlik neft olish 
    debit kamaytiriladi. Neftni debiti kamaytirilgandan keyin quduq ustuni boyicha 
    suyuqlikni ko‟tarilish tezligi kamayadi, natijada ma‟lum bir hajmdagi neft bilan 
    suv birgalikda yuqoriga ko‟tarilmaydi, quduq tubida suvni to‟planishi esa 
    kuchayadi. Quduq tubida suvni to‟planishini oldini olish va mexanik 
    aralashmalarning yer ustiga chiqishini ta‟minlash hamda quduqdan suyuqlikning 
    ko‟tarilish tezligini oshirish uchun NKQ-lar quduqning tubigacha tushiriladi. 
    Ba‟zida quduqda to‟plangan suvni olib chiqarish uchun ko‟chma 
    kompressordan foydalaniladi. Buning uchun quvur halqa oralig‟idan kompressor 
    yordamida gaz haydaladi, to‟plangan suv quduq tubida NKQ orqali yer ustiga 
    chiqariladi, quduq qaytadan favvoralanadi. Quduq tubida suvning to‟planganligi 
    NKQ-dagi va quvurning halqa oralig‟idagi bosimning pasayishiga qarab aniqlanadi 
    hamda manometr bilan nazorat qilinadi va aniqlanadi. 
    Smola – parafin yotqiziqlarining paydo bo‟lishi 
    Neft o‟zining uglevodorodlik tarkibi boyicha har xildir. Ko‟pgina neft 
    konlaridagi neftning tarkibida smola – parafin moddalari mavjud bo‟ladi, u 
    murakkab yuqori molekulyar uglevodorod aralashmasini tashkil etadi: parafin, 
    smola, asfalten. Parafinlar tarkibiga qattiq uglevodorodlardan C
    17
    H
    36
    dan C
    71
    H
    144 
    -


    94 
    lar kiradi. Parafinning qattiq holatdagi zichligi 865 kg/m
    3
    – dan 940 kg/m
    3
    – gacha 
    bo‟ladi. Qatlam sharoitida parafin neftning tarkibida suyultirilgan holda bo‟ladi. 
    Neft va gazni quduq tubidan ustigacha ko‟tarilish jarayonida quduqda va yer 
    ustidagi kommunikatsiyalarda harorat va bosim to‟xtovsiz o‟zgarib turadi. Buning 
    natijasida «neft va gaz-neftda erigan smola – parafin moddalarining»- muvozanati 
    buziladi. Neft ko‟tarilish jarayonida tarkibidan gazni ajralib chiqishi evaziga 
    og‟irlashadi. Qovushqoqlikligi ko‟tariladi, eritish qobiliyati og‟ir uglevodorodlarga 
    va zarrachalarga nisbatan pasayadi. Shunday qilib, tarkibida yengil suyuqlik 
    uglevodorodlar kamayadi, katta erituvchanlik xususiyati ham pasayadi. Bir vaqtda 
    neftning harorati NKQ- lari (nasos kompressor quvurida) va ishlatish tizmasi orqali 
    atrofdagi tog‟ jinslariga uzatiladi. Neftdan gazning ajralib chiqish natijasida 
    haroratning pasayishida gaz omili juda yuqori bo‟ladi. 
    Bu ikkita omil (sovush va gaz ajralib chiqishi) neftning tarkibidan parafin 
    moddalarining ajralib qolib ketishiga sabab bo‟ladi. Parafin NKQ-lari devoriga, 
    otma tizimga va hamma neft kon kommunikatsiyalariga o‟tirib qoladi. 
    NKQ-ning 
    boshlanishi 
    nuqtasidan 
    to 
    quduq 
    ustigacha 
    parafin 
    yotqiziqlarining o‟tirib qolishi davom etadi. Parafinning juda mayda zarrachalari 
    muvozanat holatida saqlanib qoladi va suyuqlik bilan birgalikda yer ustiga 
    ko‟tariladi. 
    Parafinning bo‟lakchalari neftdan NKQ-ga tushadi hamda neftdan ajralib 
    chiquvchi smola va parafinlarga yopishadi va qattiq uglevodorodlarni 
    yopishuvchan shaklini hosil qiladi, NKQ-ning g‟adir-budir devorlariga o‟tiradi, 
    uning ko‟ndalang kesim yuzasini kichraytiradi, to‟liq bekilib qolishigacha olib 
    keladi. Natijada NKQ-ning ichki kesimini kichrayishiga, gazneft oqimining 
    qarshilik kuchini ko‟tarilib ketishiga olib keladi. Buning hisobiga neft debiti va 
    bufer bosimi pasayadi. Undan keyin ham chora ko‟rilmasi, NKQ-ning to‟liq 
    bekilishi sodir bo‟ladi va favvoralanish tugaydi. 
    Parafinni neftdan ajralib chiqishi, neftning aniq bir haroratiga mos keladi – 
    bu kristallanish deb ataladi. 
    Neftning tarkibiga va parafin fraktsiyasining tarkibiga bog‟liq holda 
    parafinning kristallanish harorati har xil bo‟ladi. 
    Parafinning erish harorati 30 
    o
    C .dan 70 
    o
    C. gacha.


    95 
    Qatlamga suv haydalganda qatlamning sovushi natijasida parafinning 
    qisman 
    kristallanishi 
    sodir bo‟ladi. Mahsuldor qatlamning filtrlanishi 
    yomonlashadi, neft debiti pasayadi, karbonsuvchanlik koeffitsient past bo‟ladi. 
    Parafinning NKQ-lardagi yotqiziqlarning qalinligi quduq tubidan to quduq 
    ustigacha haroratga va neftdan gazning ajralib chiqish darajasiga bog‟liq holda 
    o‟zgarib boradi. 
    Parafinning NKQ-ning ichki yuzasida jadal o‟tirib qolishiga bir qator 
    sabablar ta‟sir qiladi: 

    NKQ-larning ichki sirtidagi g‟adir-budurlik o‟zaro ta‟sirda bo‟lib, 
    neftdan gazning ajralib chiqishiga va sovishiga olib keladi;

    og‟ir neftlardagi parafinning erishini pasayishi mos holda parafinning 
    neftga tushish jadalligini oshiradi;

    gazsuyuqlik aralashmasi oqimining tezligi. Neft va gaz oqimi tezligi 
    qancha past bo‟lsa, parafinning tushish jadalligi oshadi;

    neftdagi smola – parafin birikmasining kontsentratsiyasi. 
    Kontsentratsiya qancha yuqori bo‟lsa, parafin NKQ devorlariga ko‟p o‟tirib 
    qoladi:

    neft va gaz oqimida mexanik aralashmalarning mavjudligi, 
    parafinning markazda kristallanishi uchun sharoit tug‟diradi;

    neft va gaz oqimida bosim kattaligining pasayishi. Bosimlar farqi 
    qanchalik katta bo‟lsa, neftdan jadal gaz ajralib chiqadi, natijada neft oqimining 
    harorati pasayadi. Bundan tashqari, neft gazsizlanganda undan yengil fraktsiyalar 
    ajralib chiqadi. Bu parafin birikmasini yaxshi erishi uchun qulay bo‟ladi;

    neftning tarkibida suvning mavjudligi. Metallning sirti suv bilan 
    yaxshi namlanadi, neft oqimi va NKQ-ning ichki sirti oralig‟ida yupqa 
    gidratlarning qatlami paydo bo‟ladi, qaysiki unda parafin yotmaydi. 
    Parafinli neft qazib olinadigan favvora quduqlarining normal ishlatishda 
    NKQ-ning sirtidagi parafin yotqiziqlarini o‟z vaqtida olib tashlash uchun 
    profilaktik tadbirlarni amalga oshirish kerak. Parafin yotqiziqlarining oldini olish 
    va favvora quduqlarini normal ishlashi uchun har usullar qo‟llaniladi. 

    Download 7,63 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Parafin yotqiziqlar va ular bilan kurashish usullari quduq tubida

    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish