82
Hozirgi vaqtda yo„ldosh gazlar mash‟alaga asosan kam debitli neft
konlaridan chiqariladi. Kam debitli konlardan olinadigan yo„ldosh mash‟ala
gazlari iste‟molchidan uzoq masofada joylashganligi
uchun gazlarni
utilizatsiya qilish tijorat xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun hamma neft
va gaz konlaridan olinadigan gazlarni iste‟mol uchun ishlatish va sotishni
amalga oshirishda texnologiyalar va jihozlar foydalanilganda mash‟ala
gazlarini utilizatsiya qilish uchun sarflanadigan tijorat xarajatlarini qoplash
muammosi samarali hal qilinishi mumkin bo„ladi. Bu yo„nalishdagi
muammolarni hal qilishning asosiy masalaridan
biri soddalashtirilgan
sxemada keng fraksiyali yengil gazlarni ajratuvchi oddiy sharoitida katta
bo„lmagan hajmdagi gazni qayta ishlab beruvchi mini-zavod modullarning
yaratilgan va tayyorlangan konstruksiyasidan foydalanish talab qilinadi.
Bunday qurilmalarni gazni fraksiyalarga ajratish joylariga o„rnatish
orqali
oxirgi tovar mahsulotlaridan suyuq uglevodorodlarni (propan-butan, benzin,
dizel yoqilg„isi) ajratib olish imkoniyati tug„iladi.
1.
Yo„ldosh neft gazlaridan foydalanish va utilizatsiya qilish holati
bugungi kunda dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Atmosfera muhitini
har xil gaz chiqindilari bilan ifloslanishini oldini olish bo„yicha tejamkor
texnologiyalarni va zamonaviy texnikalarni ishlab chiqish va amaliyotda
qo„llash ehtiyoji ortib bormoqda.
2.
Neft qazib oluvchi korxonalarda neftning tarkibidagi yo„ldosh
gazlarni to„liq utilizatsiya qilishning imkoniyati mavjud emas. Bunday holat
mavjud bo„lgan texnologiyalarning narxining balandligi
hamda ular tadbiq
qilinganda sarflangan xarajatlarni qoplamasligi bilan bog„liqdir. Shuning
uchun o„z navbatida atrof-muhitni ifloslantirishga hamda atmosferaga
chiqariladigan tashlanmalarni belgilangan normadan
oshib ketishiga va har
xil kasalliklarni ko„payishiga yo„l qo„yib bo„lmaydi.