Gazsimon fraksiyalarni kondensatsiyasi




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/113
Sana22.12.2023
Hajmi7,63 Mb.
#126439
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   113
3.5. Gazsimon fraksiyalarni kondensatsiyasi 
 
Barqarorlashtirish jarayoni barqarorlashtirish qurilmalari yordamida amalga 
oshiriladi (3.6.- rasm).
Xom neft nasos (1) yordamida issiqlik almashtirgichga (2) uzatiladi, 
barqaror neft II ketuvchi oqimning issiqligi hisobiga qizdiriladi va undan keyin 
suvsizlantirish va tuzsizlantirish (13) bloki orqali – qizdirgichga (3) beriladi va u 
yerda harorat 80
0
S dan 125
0
S gacha ko„tariladi. Undan keyin qaynoq neft trap-
barqarorlashtirgichga (4) yo„naltiriladi, bosimning 1,5..2,5 kgs/sm
2
qiymatida 
keng fraksiyalarga ajralishi sodir bo„ladi. Gaz fraksiyasidan ajratilgan neft 
apparatning pastki qismida yig„iladi va u yerdan nasos (11) yordamida guruhli 
issiqlik almashtirgichlar orqali o„zini issiqligini beradi va 40...45
0
S gacha 
sovutiladi hamda tovar rezervuariga (14) yo„naltiriladi. Keng fraksiyalar sovutish 
zonasiga kondensatga fraksiyalanishi uchun to„planadi. Eng so„nggida tik yoki 
yotiq issiqlik almashtirgich apparatlari bo„lib, quvurlar oralig„idagi fazoda qarshi 
oqim bilan gazsimon keng fraksiya o„tadi, quvur orqali esa – sovutilgan suv o„tadi. 
Gaz pastdan yuqoriga harakatlanganda ba‟zi uchastkalarda gazsimon fraksiyalarni 
sovushi natijasida kondensat hosil bo„ladi va birdaniga pastga oqadi va kiruvchi 
gaz oqimi bilan belgilangan kesimni to„qnashishidan chiqadi. Quduqning devorlari 
orqali oquvchi kondensat unga tomon harakatlanuvchi bug„lar bilan to„qnashadi 
va natijada o„zaro fazalarning almashishi sodir bo„ladi va xuddi shunga o„xshash 
rektifikatsiya sodir bo„ladi. Bir-biri bilan to„qnashishga fazalarning intilishi har bir 
kesimda suyuqlik fazasini muvozanat holatini saqlaydi va pastga qarab 
harakatlanishida 
yuqori 
qaynovchi 
parsial 
kondensatorga 
kirishi 
bilan 


92 
komponentlarga boyiydi. Shunday qilib, bu jarayonning natijasida gaz qoldiqlari 
minimal yuqori qaynovchi komponentlardan tashkil topadi va kondensat esa 
minimal tarkibli past qaynovchi komponentlarga shakllanadi. Kondensat neft
yig„masiga tushadi va so„nggida aralashadi. Gaz kolonnadan ajratish qurilmasi
orqali (5) chiqadi, ketuvchi suyuqlik qo„shilmasiga aylanadi va gazni iste‟mol 
qiluvchilar yoki gaz benzin zavodning uzoqligiga bog„liq holda mos keluvchi
siqish pog„onalari soni bilan kompressorning (6) qabuliga kiradi. Gaz kerakli 
bosimgacha siqilib yog„dan yog„ni ajratgich orqali (7) ajratiladi, kondensator-
sovutgichda (8) 30
0
Sgacha sovutiladi, bunda uning tarkibidan benzinni ajratgich
yordamida (9) nobarqaror ko„rinishdagi og„ir uglevodorodlarning fraksiyasi 
ajratiladi va benzin ajratgichdan benzin sig„imiga (10) beriladi, u yerdan gaz 
benzin zavodiga qayta ishlash uchun nasoslar (12) yordamida maxsus benzin 
uzatma orqali uzatiladi. 
Barqarorlashtirish tugunining asosiy apparaturasiga issiqlik almashtirgichlar, 
qizdirgichlar, trap-barqarorlashtirgichlar, gaz ajratgichlar, benzin ajratgichlar, 
konditsioner-sovutgichlar va boshqalar kiradi. Yuqorida sanab o„tilgan
apparatlardan trap-barqarorlashtirgichga to„xtalib o„tamiz. Bu apparat 
evaporatsion qismdan, fraksiyalarga ajratuvchi-kondensator va neftni yig„gichdan 
tashkil topgan bo„lib, trap-ajratgichni va fraksiyalovchi kondensatorni bir-biriga 
tutashtiradi. Amaliyotda fraksiyalarni kondensatsiyalash jarayoni to„g„ri oqimli 
yoki qarshi oqimli kondensatsiya ko„rinishida bo„ladi.
3.6 - rasm. Neftni tayyorlashda bir karrali barqarorlashtirish va fraksiyalarni 
kondensatsiyalash qurilmasini prinsipial texnologik sxemasi: 


93 
1,11,12 – nasoslar; 2-issiqlik almashgich; 3-qizdirgich; 4-trap-barqarorlashtirgich; 
5 – gaz ajratgich; 6 – kompressor; 7 – yog„ni ajratgich; 8 – kondensator-sovutgich; 
9 – benzin ajratgich; 10 – benzin to„planadigan sig„im; 13 – suvsizlantirish va 
tuzsizlantirish bloki; 14 – tovarlar rezervuari; I – xom neft; II – barqaror neft; III – 
bug„gaz aralashmasi; IV – gaz; V – nobarqaror benzin; VI – suv 

Download 7,63 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   113




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Gazsimon fraksiyalarni kondensatsiyasi

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish