136
Rasm 47. Kompyuter maxalliy tarmoqlarida ma'lumotlarni uzatish
5. Ma'lum xududda joylashgan tarmoqlar mintaqaviy
tarmoqqa birlashishi
mumkin. Mintaqaviy tarmoqlarda ma'lumot almashish
marshrutizatorlar
yordamida amalga oshiriladi.
6. Mintaqaviy tarmoqlar bir-biri bilan magistrallar orqali birlashtiriladi.
Magistralda tezlik 155 Mb/s va undan yuqori bo`lishi mumkin.
11.3. Lokal, mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlari.
Kompyuter tarmoqlarini
ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda
hajmiga qarab bir nechta turlarga
ajratish mumkin, masalan:
Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi
kompyuterlarni o‗zaro bog‗lagan tarmoq.
Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar,
va viloyatlar darajasida
kompyuterlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya
kanallari orqali o‗zaro bog‗lagan tarmoqlar.
Global tarmoqlar - o‗ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal
va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun‘iy yo‗ldosh)
aloqalari tarmog‗i orqali bog‗lagan yirik tarmoq.
Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari
sig‗imi. Ma‘lum vaqt oralig‗ida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan axborot hajmi -
137
uning uzatilish tezligini belgilaydi. Xar qanday harakatlanuvchi
jism va modda
uchun tezlik tushunchasi va uning o‗lchov birliklari mavjud bo‗lganidek,
axborotning ham uzatish tezligi hamda o‗lchov birliklari mavjuddir, bular:
An example of a WAN
Bit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni;
Kbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti
orqali uzatiladigan minglab
yaxlitlangan bitlar soni;
Mbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab
yaxlitlangan bitlar soni;
Gbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali
uzatiladigan milliardlab
yaxlitlangan bitlar soni.
Axborot kanallarining sihimi ular orqali ma‘lum vaqt oralig‗ida uzatiladigan
axborot hajmi bilan belgilanadi. Bu o‗z navbatida axborot kanallarining o‗tkazish
qobilyatini anglatadi.