Repiterlar signallar so`nib qolmasligi uchun ma'lum masofadan keyin  ularni kuchaytiradilar. Marshrutizatorlar




Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/102
Sana16.01.2024
Hajmi6,87 Mb.
#138787
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   102
Bog'liq
QURILISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN Дарслик

Repiterlar signallar so`nib qolmasligi uchun ma'lum masofadan keyin 
ularni kuchaytiradilar.
Marshrutizatorlar. Internetdagi ma'lumotlar oqimini boshqarishda muhim 
ahamiyatga ega. Ularning vazifasi ma'lumotlar joylangan paketlarni har doim 
kerakli yo`nalishda borishini ta'minlashdir. Agar ma'lumotlar bitta mahalliy 
tarmoqqa tegishli kompyuterlar orasida uzatilsa, marshrutizatorlarning keragi yo`q, 
chunki Hubning o`zi mahalliy oqimni boshqara oladi. Marshrutizatorlar ikkita 
tarmoq orasida ma'lumot uzatilayotganda ishlay boshlaydilar. Marshrutizatorlar 
paketlarni tekshirib, ularning oxirgi manzillarini aniqlaydi va paketlarni bu 
manzilga yaqinroq boshqa marshrutizatorga uzatadi. Marshrutizatorlarning ishlashi 
bilan quyida batafsilroq tanishib chiqamiz.
Yuqoridagi barcha qurilmalar ko`plab tarmoqlarni birlashtiradi va bularning 
hammasi Internetni tashkil etadi. Korporativ mahalliy tarmoqlar eng kichik 
tarmoqlardir. Ular birlashib, o`rtacha darajadagi tarmoqlarni tashkil qiladi. Bir 


134 
geografik xududda joylashgan tarmoqlar birlashib, mintaqaviy tarmoqlarni tashkil 
etadi. O`z navbatida bu tarmoqlar ham birlashib, keng hududli tarmoqlar (wide 
area network yoki qisqacha WAN)ni tashkil etadi. 
Bir mintaqaviy tarmoq ichida ma'lumotlar marshrutizatorlar yordamida 
uzatilishi mumkin. Lekin ma'lumotni bir mintaqaviy tarmoqdan ikkinchisiga 
uzatish kerak bo`lsa, bu ma'lumot tarmoqning kirish nuqtasi (network access point 
yoki qisqacha NAP)ga jo`natiladi. Bu nuqtadan ma'lumot magistrallar orqali katta 
tezlikda ikkinchi mintaqaviy tarmoqning kirish nuqtasiga uzatiladi. Bu 
magistrallarda ma'lumotlar 155 Mb/s va undan katta tezlikda uzatiladi. Hozirgi 
kunda tezligi 10-20 Gigabit/s bo`lgan va multimedia koridorlari deb ataluvchi 
magistrallar mavjud. 
Tarmoqning oraliq tugunlari (marshrutizatorlar)da har bar paketning 
nazorat yig`indisi qayta hisoblanadi. Zaruriyat bo`lganda, oraliq tugunlarda 
ma'lumotlarni uzatish marshruti (yo`li) tarmoq kanallarining zo`riqishining oldini 
olish maqsadida o`zgartirilishi mumkin. 

Download 6,87 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   102




Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Repiterlar signallar so`nib qolmasligi uchun ma'lum masofadan keyin  ularni kuchaytiradilar. Marshrutizatorlar

Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish