172
kirya asbobini eyilish darajasi pasayadi. Zamonaviy ishlab chiqarish
korxonalarini amaliyotida kirya asbobini kalibirlash maydonini uzunligi (0,1-
1,5)
D
1
nisbatda bo‘lgan holat qabul qilingan. SHuni ham eslatib o‘tish
muhimki, simning diametri
D
1
qanchalik ingichka bo‘lsa, kalibirlash maydonni
shunchalik uzun bo‘ladi. Bunday nisbat simda aniq o‘lcham va yuza qismi
sifatli bo‘lish uchun juda ham muhim.
Chiqish maydoni, kirish kanali singari deformatsiyalangan metallni,
kiryalash vaqtida kirya asbobi kanallarni va kiryalash kuchini to‘g‘ri
taqsimlanmasligi natijasidan hosil bo‘ladigan tirnalishlar saqlash vazifasini
bajaradi.
Deformatsiyalanuvchi metall va asboblarni o‘zaro ta’sir yuzalarida
ishqalanish. O‘zaro ta’sirdagi yuzalardagi ishqalanish, qiryalash kuchi va
kuchlanishlarni kiymatiga bog‘liq, bu kirya asbobi va deformatsiyalanuvchi
metallni xossasidan, kiryalash kanalini va qarshlik ko‘rsatuvchi zagotovkani yuza
qismlarini ishlov berilish sifatidan, moylash moddasini xossasidan va
deformatsiyalanish maydoniga chiqish usulidan, taranganishga qarshlik va kirya
asbobi kanalini konstruksiyasi va boshkalardan aniqlanadi. Masalan, kirya asbobi
tayyorlangan materiali qanchalik qattiq bo‘lsa, uni kanali shunchalik sifatli
pardozlanadi, uning yuza qismiga deformatsiyalanuvchi metall qirindisi
shunchalik kam birikib qoladi va ishqalnish koeffitsenti shuncha past bo‘ladi.
Lekin kirya asbobi kanallarini pardozlash sifati bir xilda bo‘lganda po‘latli kirya
asboblar uchun kiryalanish kuchi qattiq qotishmadan tayyorlangan kirya asbobiga
nisbatan solishtirilganda ancha katta bo‘ladi.
Kiryalash davomida chegeraviy va suyuqlikdagi ishkalanish hosil bo‘ladi.
Suyuqlikdagi ishkalanish ikki kirya asbobi maydonida hosil bo‘ladi, ya’ni birinchi
bosim kirya asbobini kalibirlash maydonini tashqi dametri zagotovka dastlabki
D