Kirya asbobini tayyorlash uchun materialar




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/66
Sana20.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#125004
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   66
Bog'liq
Darslik Prokat va kiryalash (1)

Kirya asbobini tayyorlash uchun materialar 
 
Ishlab chiqarish korxonalarida kirya asbobini tayyorlash uchun uchta guruh 
materiallari foydaniladi: po‘lat, qattiq qotishma va olmos. 
Po‘latdan tayyorlagan kirya asbobni (qattiq qotishma va olmosga nisbatana 
solishtirilganda) tan narxini arzonligi va tayyorlashdagi texnologiyaga mosligi 
uchun ko‘p joylarda qo‘llaniladi. Po‘latli kirya asbobni tayyorlashda asosan 
mahsulotga talab kam bo‘lgan vaqtda juda ham ko‘l keladi, sababi kichik 
hajmdagi kirya asboblarni qattiq qotishmalardan tayyorlash iqtisodiy tomonidan 
maqsadga mofiq emas. 
Kirya asbobni tayorlashda uch guruhdagi markali po‘latlardan foydalanildi: 
• 
U8 - U12 markali sifatli asbobsozlik po‘latlari, termik ishlov berilib 
tugalanshda kirya asboblarni yeyilishga bardoshligini oshirish uchun ishchi 
qismlar xromlanadi; 
• 
X12M markali xrommolibdenli po‘lat bolg‘alanib yarim tayyor mahsulot 
holatida, termik ishlov berilmaydi va xromlanmaydi, eyilishga chidamlilik 
kiryalash kannalari sovuq xolatda puxtalash yo‘li bilan erishiladi;
• 
turli markali po‘latlar, masalan, xromli SHX15, xromotitanli 40X5T 
markali po‘latlarni tayyorlanga kirya asboblar chidamliligi termik ishlov berish 
usuli bilan, bu guruxdagi po‘latdan tayyorlangan kirya asboblarni kiryalash 
kanalarii qattiqligi va chidamliligi xromlash, sementitash, qoplamalar qoplash 
va boshqa usullar bilan oshiriladi. 
Qattiq qotishmalar – 900 - 1150 °S ishchi oraliq haroratida puxta va 
eyilishga bardosh metall material bo‘lib, yuqori qattiq va qiyin eruvchi 
materiallarni kukunsimon uslubi bilan tayyorlanib kobalt asosiga juda katta 
qattiqlikni, katta qiymatda eslastiklikni, siqilish va bukulishga chidamlilikni 
ta’minlovchi volfram, titan, tantal, xrom elementlari qo‘shilgan qotishma 
hisobladi. Undan tashqari bunday qotishmalarni qattiqligi toblangan 
asbobsozlik po‘latlarni qattiqligidan ancha yuqori. Simlarni kiryalash uchun 
qo‘llaniladigan kirya asboblarga quydagi karbidvolframli qattiq qotishmalar 


194 
tavsiya etiladi: VK3, VK3M, VK4, VK6, VK6M, VK8. 
Rangli metall va qotishmalardan tayyorlanadigan simlarni qiryalashdagi 
kirya asboblar tayyorlashda tabiiy va su’niy olmoslardan keng foydalaniladi. 
Tabbiy olmoslar qisman tiniq bo‘ladi, ayrim vaqtlarda ko‘k, yashil, 
qo‘ng‘ir yoki qora ranglarga bo‘yaladi. Katta qismlarni kiryalashda qisman 
shaffof bo‘lgan olmoslar foydalaniladi, ya’ni kiryalash kanalini tashqi 
qismidagi nuqsonlarni aniqlash va ishlov berish sifatini aniqlash uchun qulay 
bo‘lishi inobatga olinadi. 
Olmosli kirya asboblar simlarni kiryalash materialiga qarab ikki tipga 
ajratiladi. M tipi 500 MPa gacha uzulishga qarshlik qiluvchi metall va 
qotishmalarni (mis, oltin, kumush, platina) sovuq xolatda qiryalashda 
ko‘llaniladi. T tipi 500 MPa va undan yuqori darajada uzulishga qarshlik 
qiluvchi metall va qotishmalarni (po‘lat, latun, nikel, nixrom va x.k.) sovuq 
xolatda qiryalashda ko‘llaniladi. Volframa, molibdena, iridiya va ularni 
qotishmalarnini issiq va yuqori issiq xolatlarda kiryalash maydonini diametri 
0,5 mm gacha bo‘lganda T tipi qo‘llaniladi.
Kirya asboblarni tayyorlashda tabiiy olmoslardan tashqari keng ko‘lamda 
su’niy olmoslar qo‘llaniladi, bu olmoslar 4-6 mm diyamerli silindrik yoki aylana 
shaklda qora yoki qora-kulrang rangda bo‘ladi. Kirya asboblarni kiryalash 
maydonini diametri su’niy olmosdan tayyorlanib 0,1 dan 1,5 mm gacha bo‘ladi. 
Su’niy olmosli kirya asboblarni chidamligi qattiq qotishmaga nisbatan bir necha 
barobarga yuqori. Su’niy olmosli kirya asboblar tabiiy olmosli asboblarni 
zahirasi bo‘lishi mumkin. 

Download 6,57 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   66




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirya asbobini tayyorlash uchun materialar

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish