Ko‘p marotobali kiryalash mashinalari
Ishlov berilayotgan metallni bir vaqtning o‘zida bir necha ketma-ket kirya
asbobi orqali cho‘zish uchun ishlatadigan mashinalarga ko‘p marobali kiryalash
mashinalari deyiladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, ko‘p marotobali mashinada
foydalanishda kiryalash tezligi sezilarli darajada oshadi. Kiryalashni qisqarishi,
cho‘ziluvchi materialga bog‘liq, ya’ni cho‘ziluvchi simni mexanik xossasiga va
tugalangan xolatdagi o‘lchamiga asosida (30 yoki undan ortiqgacha) katta
kenglikda farq qilishi mumkin.
Har qanday ko‘p qayta ishlovchi mashinaning tekis ishlashi uchun umumiy
shart, vaqt birligi uchun barcha barabanlarda doimiy cho‘zilgan simni saqlab
turishdir:
𝐹
1
𝜐
1
= 𝐹
2
𝜐
2
= ⋯ = 𝐹
𝑛
𝜐
𝑛
6.19)
bu yerda F
1
, F
2
….. F
n
- 1, 2, ..., p-chi o‘tishlardan so‘ng simni ko‘ndalang
kesmini maydoni;
181
υ
1
, υ
2
........ υ
n
– 1, 2,..., p-chi simni kiryalash tezigi ;
1, 2,..., p – o‘tishlar soni.
Doimiy hajm shartiga rioya qilish sim kesimining o‘zgarishiga muvofiq
cho‘zilish tezligini belgilash orqali erishiladi.
O‘z navbatida har bir keyingi
barabanning aylanish tezligini oshirish yoki ilojsiz qolganda uni diametrini
oshirish orqali cho‘zilishni tezligi o‘zgartiriladi.
Sim kesimi o‘lchamlari bo‘yicha tebranishlarni o‘zgarishi va kirya asbob
kanalning eyilishi natijasida doimiy kiryalash tezliklarda hajmlar tengligi
amalda buziladi, uni tiklash oraliq barabanlardagi sim zahirasini o‘zgartirish
yo‘li orqali amalga oshirilishi mumkin. Sim ta’minotini tartibga solish uchun
oraliq barabanlar maxsus qurilmalar bilan jihozlangan. Ular yordamida hosil
bo‘lgan ortiqcha uzulgan bo‘laklar barabanga o‘raladi.
Ko‘p martali kiryalash mashinalari ikki guruhga bo‘linadi: sirg‘anmasdan
ko‘p martali kiryalash mashinalari va sirg‘anish bilan ko‘p martali kiryalash
mashinalari.
Birinchi turi mashinalari oraliq barabanlarda simni sirg‘altirmasdan
ishlaydi va bu mashinalarni 15 gacha va undan yuqori barabanlarda ishlaydi,
keng oraliqda bir siqilishlar yig‘ilib katta yig‘ilgan siqilishlar imkoniyatini hosil
qiladi. Bu mashinalar magazin tipli va barabanlarni tezligini avtomatik
boshqarishni tiplariga bo‘linadi.
Magazin tipli mashinalar ancha ko‘p qo‘llaniladi, bunga sabab,
birinchidan, rangli metallar va qotishmalardan olinadigan simni og‘irligi amaliy
ahamiyatga ega emas. Ikkichidan, buday mashinalar konstruksiyasi bo‘yicha
sodda, qo‘llash qulay.
Magazin tipidagi mashinalar bir martalik stanlardan tuzilgan, baraban
tezligi belgilangan ketma ketlikda oshirilib boriladi. Bu holda har bir oldingi
baraban keyingi baraban uchun sim zahirasidan ajratuvchi qurilma vazifasini
bajaradi (6.9-rasm).
182
6.9-rasm. Ko‘p martali kiryalashdagi magazin tipidagi sirg‘anmasdan
ishlovchi mashinani sxemasi: 1, 2, 3 – kirya asboblari; 4, 5 – aylantirish
halqalari; 6, 7, 8, 9 – roliklar
Shunday qilib, maxsus qurilmada va oraliq barabanlarda zahira sim
o‘ramlarini mavjudligi uchun, mashinani har qaysi barabani kiryalash
jarayonini xoxlagan vaqtida kirya asbob kanalining haqiqiy kesimi asosida
zahira simni olish imkoni mavjud.
Bu holda cho‘zish kanalining eyilishi va unga bog‘liq holatda cho‘zilishni
o‘zgarishi (yakka siqilishlarda) oraliq barabanlarda sim aylanishlar zahirasining
o‘zgarishi bilan qoplanadi. Ushbu mashinalardagi barabanlar alohida motorlar
bilan harakatlantiriladi.
Magazin tipidagi mashinalarni avzaliklari:
•
simni buramasdan cho‘zish imkoniyati;
•
kiryalash jarayonining uzluksizligi;
•
sodir bo‘lgan ko‘ngilsizliklarni bartaraf qilishda har qanday barabani
boshqa barabanga bog‘liq bo‘lmagan xolatda to‘xtatish mumkinligi;
•
mashinani kinematik va elektr sxemasini soddaligi, dvigitelarni doimiy
tokda ishlashini ta’minlaydi.
Mashinani kamchiligi:
•
yo‘naltiruvchi roliklarda simlarni egilishini ko‘p bo‘lishi, qalin simlarni
183
kiryalashda zahira simini etkazib berishda murakkablik tug‘diradi;
•
oxirgi baraban, ya’ni tezlik katta qiymatga erishadigan joydagi to‘xtatish
lentasida yuqori qizish va eyilishni hosil bo‘lishi.
To‘xtatish lentasida yuqori qizish va eyilishni hosil bo‘lishi tezlikni
oshishini chegaralaydi.
Sirg‘almasdan ko‘p martalik kiryalash mashinalarida oraliq barabanlarni
tezligi avtomatik boshqariladi, halqali va to‘g‘ri aniqlik turlarda mahsulot
olinadi.
Bu tipdagi kiruvchi kiryalash mashinalari barabanlarda siranishlarni oldini
olish uchun har bir oraliq barabanlarda simlarni to‘planishi yoki etishmay qolish
xolatlariga sodir bo‘lmaydi, kiryalash barabanlar orasida sirg‘almasdan
cho‘zlishga qarshlik ko‘rsatish shaklanadi. Halqali kiryalash mashinasida simlar
barabandan barabanga uzatiladi. Rolik kiryalash simni tortadi va uni maxsus
sozlash qurilmasiga ulaydi. Xar qaysi baraban doimiy tokga ulangan alohida
dvigatel yordamida harakatlantiradi. Uzatilgan simdan maxsus qisish
moslamalari yordamida tutash barabanlar orasida uzunligi sim tarangligiga
qarab o‘zgaradigan halqa hosil qilinadi. Halqani kamaytirish yoki uzaytirish
uchun mexanizm, tezlikni rostlash bilan bog‘liq boshqarish sistemasidan
foydalaniladi.
To‘g‘ri aniqlikda kiryalash mashinasida simlar bevosita barabandan
barabanga harakatlanadi. Bunday holda, sim kirya asbobiga kirmasdan oldin
tarang holatda bo‘lishi kerak. Simlarni tarang tortilishi juda muhim, sababi
atrofdagi har bir barabanga bir qancha simlar o‘ralgan bo‘lib, tortilishni
kuchsizlanishi simlarni sirg‘alishiga olib keladi. Har bir baraban dvigatel
yordamida alohada yuritmaga ega, mashinani orqa tomoniga o‘rnatiladi.
Kiryalanayotgan simlar mashinani barcha barabanlarida, ya’ni ishga tushgandan
to‘xtatilguncha tortilgan xolatda bo‘ladi.
6.10-rasmda to‘g‘ri aniq kiryalash tipli mashinani sxemasi keltirilgan.
184
6.10-rasm. To‘g‘ri aniq kiryalash tipli mashinani sxemasi: 1, 2, 3 – kirya
asboblari; 4, 5, 6 – barabanlar; 7 – sim; 8 – qabul qiluvchi baraban
Aniq to‘g‘ri mashinalardan olingan simlarni halqali tipli mashinalardan
farqi, kirya asbobidan o‘tishda va barabanda bir qancha o‘ramlarni hosil
qilishda, to‘g‘ri chiziqda halqa hosil qiluvchisiz va yo‘naltiruvchi roliklarsiz
keyingi barabangan yo‘naltiriladi. Tezlikni boshqarish uzatilgan simning
barabaniga ta’sir etuvchi kuchlanish kuchlari ta’sirida avtomatik ravishda sodir
bo‘ladi.
Har qaysi baraban 6 - 10 o‘ramda o‘raladi. Bu son baraban va simlar
orasidagi zarur ishqalanish kuchini shaklatirish uchun hamda barabanlarda
sirpanmasdan kirya asbobi orqali o‘tishga etarli bo‘ladi.
Nazoratlanuvchi tezlikda kiryalash mashinalari bosqichsiz boshqariluvchi
bo‘lganligi natijasida, magazin tipidagi mashinalarga solishtirilganda, yakka
siqilish maydonini kengligi kattalashishiga va zarur tezlikda kiryalashni
qo‘llashga imkon tug‘iladi.
Bu mashinalarda ishlashi barabandan barabanga sim soddalashtirilgan
holatda o‘tish bilan, yuqori tezliklarida cho‘zishdan foydalanish va shakldor
simlarni kiryalash imkoniyati xarakterlanadi, undan tashqari bu jarayonda
simlarni buralib qolishi kuzatilmaydi.
Surilish bilan ko‘p marotabali mashinalarda barcha kiryalash siklida
cho‘zuvchi shkivlar tezligi doimiy bir xilda bo‘ladi. Bu holda kirya asbob
kanalini eyilshiga bog‘liq holatdagi oraliq shkivlardagi simning nisbiy surilishi
sodir bo‘ladi.
185
Kiyalash kuchi ishqalanish kuchlari natijasida tortish shkivlari tomonidan,
ya’ni shkivning kontakt yuzalari bilan uni qoplovchi sim orasida hosil bo‘lgan
kuch bilan rivojlantiriladi. Simlar miqdori bu xolatlarda har bir rolikda bir –
to‘rt o‘ramlarda chegaralangan, kichik diametrdagi sim kichik sonidagi o‘ramga
mos keladi.
|